calendar 27 Jul 13:07
eye 114
comments 0
comments Manba: xs.uz

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tilga kirdi: Bobur haqida film suratga olinayotgani haqiqatdan yiroqligi maʼlum qilindi

image
Maʼlum qilinishicha, Bobur bilan bogʻliq tarix haqida dunyo ahlini chalgʻitish kabi bu holat mamlakat jamoatchiligini, ziyolilarni tashvishga solib, keskin munosabatlarga sabab boʻldi.

'Shu qatori meni ham bu holat qattiq tashvishga soldi va tegishli davlat tashkilotlari, elchixonalar bilan vaziyat yuzasidan maʼlumot olish uchun bogʻlandim. Aytish lozimki, film haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq va bunga oydinlik ham kiritilmoqda. Albatta, bu masalaga yana aniqlik kiritib, qoʻshimcha xabar beriladi.

Kinematografiya milliy agentligi bilan ham suhbatlashdik. Xabaringiz bor, Oʻzbekistonda eng qadimgi oʻtmishdan to yaqin tarixgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga olgan 'Tirik tarix' loyihasi doirasida sarkardalarimiz, allomalar haqida turkum filmlar yaratilmoqda. Bu loyiha ham tez orada oʻz samarasini berib, milliy oʻzligimiz bilan bogʻliq tariximiz ekranlarda gavdalanadi', deb yozadi Otabek Hasanov.

Markaz rahbarining qoʻshimcha qilishicha, milliy gʻurur, vatanparvarlik shunchaki kitoblaru, quruq soʻzlarda emas, xalqimiz ongu shuurida yashamoqda, keng jamoatchilik esa bu kabi holatlarga aslo befarq emas.

'Xalq soʻzi' nashri Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining shu kabi xabarlarga munosabat bildira boshlaganini ijobiy baholaydi. Bu holat tashkilotning maʼlum maʼnida 'uygʻongani'dan darak. Shu kunga qadar markaz rahbariyati ijtimoiy tarmoq muhokamalariga qiziqmagan va biror marotaba oʻz pozitsiyasini bildirmagan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:36
 
11
0
postda.uz

QALBDAGI TUG‘YON

Uchtepa tumani IIofmb PPX inspektori, safdor Jahongir Tog‘ayev Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. Hozirgi kunda Profi universitetining 4-kurs talabasi. Yoshligidan adabiyotga havas qo‘ygan, bo‘sh vaqtlarida ko‘plab kitoblar mutolaa qilgan qahramonimiz maktab davrlaridayoq she’r yozishni mashq qila boshlagan. Havaskor yosh ijodkorning ijodiy ishlari respublika nashrlarida ham chop etilgan. U o‘zining ilk she’riy to‘plamini taqdim etish arafasida. 

09 Oct 12:36
 
11
0
postda.uz

KELAJAK YARATUVCHILARI

Ma’naviyat va ma’rifat darsi(1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni)Biz xalqimizning eng katta boyligini – millionlab farzandlarimiz, jondan aziz o‘g‘il-qizlarimizning taqdirini, O‘zbekiston istiqbolini sizlarga ishonib topshirganmiz. Va bu vazifani mas’uliyat bilan ado etib kelayotgan sizlar kabi fidoyi insonlar, kelajak bunyodkorlariga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi.Shavkat MIRZIYOYEV Har qanday mamlakatning ertangi kuni, kelajagi ta’limga qaratilay

09 Oct 12:40
 
10
0
xs.uz

Xalqchil va dilbar shoir yodi hamisha qalblarda

Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'. Poytaxtimizdagi 'Turkiston' sanʼat saroyida xalqimizning suyukli farzandi, sheʼr-u bitiklari 'qanotli qoʻshiq'larga aylangan ijodkor, Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70-yilligiga bagʻishlangan xotira kechasi boʻlib oʻtdi.Unda shoirning oila aʼzolari, yaqinlari, doʻstlari va shogirdlari, yozuvchi-shoirlar, sanʼat namoyandalari, talaba yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Nazm-u navo kechasidan avval qatnashchilar

03 Sep 21:36
 
36
0
xs.uz

Arxeologiya: faol olim va tadqiqotchilar taqdirlandi

Yaqinda'Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o'rinbosari Tursunali Kuziyev ishtirokida Samarqand arxeologiya institutida soha xodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.Unda arxeolog olimlar tomonidan keyingi yillarda ushbu yo'nalishga berilayotgan katta e'tibor tufayli bir qancha yangi yodgorliklar kashf etilgani va bu borada amalga oshirilishi zarur bo'lgan ishlar xususida so'z yuritildi.Tadbir so'nggida Agentlik rahbariyati Xalqaro arxeologlar kuni munosabati bilan institut xodimlarini