Ma’naviyat va ma’rifat darsi
(1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni)
Biz xalqimizning eng katta boyligini – millionlab farzandlarimiz, jondan aziz o‘g‘il-qizlarimizning taqdirini, O‘zbekiston istiqbolini sizlarga ishonib topshirganmiz. Va bu vazifani mas’uliyat bilan ado etib kelayotgan sizlar kabi fidoyi insonlar, kelajak bunyodkorlariga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi.
Shavkat MIRZIYOYEV
Har qanday mamlakatning ertangi kuni, kelajagi ta’limga qaratilayotgan e’tiborga bog‘liq. Bu haqiqatning isbotini taraqqiy topgan jamiyatlar bosib o‘tgan yo‘llar misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Ularning barchasi ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishni eng ustuvor va muhim vazifa, bilimli, iqtidorli yoshlarni oltin xazina deb bilgan.
Bugun mamlakatimizda boshqa jabhalar qatori, ta’lim sohasiga bo‘lgan qarash keskin o‘zgardi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ilk bor o‘qituvchi maqomi alohida belgilanib, ta’lim tizimini rivojlantirish davlatning bosh vazifalari sirasiga kiritildi. «O‘zbekiston – 2030» taraqqiyot strategiyasidan ta’lim tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha yangi maqsad va rejalar o‘rin oldi. Ushbu ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yangi avlodning yetishib chiqishiga xizmat qilishi, shubhasiz.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda tizimga oid muhim qonun va dasturlar, farmon va qarorlar qabul qilindi. Amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasi o‘laroq, ko‘plab yangi maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, kasb-hunar bilim yurtlari barpo etildi. Buyuk allomalarimiz, atoqli shoir va adiblarimiz nomi bilan ataladigan ijod maktablari, tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablar, «Temurbeklar maktablari», Prezident maktablari kabi mutlaqo yangi namunadagi zamonaviy ta’lim muassasalari ish boshladi. Yangi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yaratildi.
Oliy ta’lim tizimida ham tub o‘zgarishlar amalga oshirilib, yangi oliy o‘quv dargohlari, dunyodagi yetakchi universitetlarning filiallari tashkil qilindi. Ta’lim va ilm-fan muassasalarining moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyati mustahkamlandi.
O‘qituvchi va murabbiylarning jamiyatimiz hayotidagi nufuzini yuksaltirish, soha xodimlarining mashaqqatli mehnatini qadrlash va munosib rag‘batlantirish masalasiga ham jiddiy e’tibor qaratildi. Avvalo, pedagog xodimlarni majburiy mehnatga, turli jamoatchilik ishlariga jalb qilish holatlariga chek qo‘yildi. Qolaversa, ular tayyorlaydigan hisobotlar, qog‘ozbozliklar soni keskin kamaytirildi. O‘qituvchilarning oylik maoshlari ko‘paytirilib, olis hududlardagi maktablarga dars berish uchun jalb etilgan yuqori toifali pedagoglarni moddiy rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Xuddi shuningdek, o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘qituvchilar katta miqdordagi pul mukofotlari bilan rag‘batlantirib kelinmoqda.
Bilim va salohiyatini yoshlar ta’lim-tarbiyasiga bag‘ishlagan fidoyi o‘qituvchi va murabbiylar «O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi
xodimi», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» kabi faxriy unvonlar, shuningdek, davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanmoqda.
O‘qituvchi, tarbiyachi va murabbiylar, ilm-fan sohasi xodimlari uchun munosib sharoitlar yaratish, ularning mashaqqatli mehnatini rag‘batlantirish borasidagi ishlar kelgusida ham izchil davom ettirilishiga ishonchimiz komil.
Fidoyi ustoz va murabbiylarning zahmatli mehnatlari tufayli yoshlarimiz fan-texnika, madaniyat va san’at, sport sohalarida katta yutuqlarni qo‘lga kiritayotgani barchamizga cheksiz quvonch bag‘ishlaydi. Bilimli, shijoatli o‘g‘il-qizlarimiz xalqaro fan olimpiadalarida, nufuzli sport musobaqalari va san’at tanlovlarida zafar quchayotgani ta’lim sohasidagi islohotlar samarasiga dalildir.
Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashga mas’ul tuzilma – ichki ishlar organlari tizimiga qarashli ta’lim muassasalarida hozirgi kunda ko‘plab yuqori malakaga ega bo‘lgan jonkuyar professor-o‘qituvchilar va murabbiylar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning muayyan qismi oliy toifali, ilmiy daraja va unvonlarga ega. O‘qituvchi va murabbiylar samarali ish olib borishi uchun ta’lim maskanlarida barcha sharoitlar yaratilgan. Xizmat faoliyatida yuksak natijalarga erishayotgan pedagog xodimlar munosib rag‘batlantirilyapti. Bundan tashqari, soha faxriylari hamda ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan tajribali xodimlarning yosh kadrlarni tarbiyalash borasidagi mehnatlarini ham alohida e’tirof etish joizdir.
Buyuk ajdodimiz Abu Nasr Forobiyning fikricha, «kishi uchun tub g‘oya – saodatdir». Bu saodatning kaliti esa bilim. Bilim, ta’lim-tarbiya insonni o‘zgartirsa, ma’naviy boy, tafakkuri yuksak shaxs jamiyatni o‘zgartiradi. Demak, o‘qituvchi inson va jamiyatni o‘zgartirish kuchiga qodir bo‘lgan shaxsdir.
Xalqimiz hamisha ustoz-murabbiylarni e’zozlab, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatib kelgan. «Ustoz ota kabi ulug‘» degan naql ham bejiz aytilmagan. Haqiqatan ham, ko‘z nuri, qalb qo‘rini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar – kelajak yaratuvchilarining mehnati, matonati va jasorati har qanday yuksak bahoga munosib. Ularsiz biz, davlatimiz rahbarining ta’biri bilan aytganda, eng katta qashshoqlik – bilimsizlikka duchor bo‘lib, eng katta boylik – aql-zakovat va ilmdan, eng katta meros – yaxshi tarbiyadan mosuvo qolamiz.
Kamol OLLOYOROV,
o‘z muxbirimiz.
NAHOTKI, TO‘G‘RI O‘G‘RIGA SHERIK BO‘LSA...
Ona tilim – jon-u dilimYaqinda Germaniyada yashayotgan qizinikida bir muddat mehmon bo‘lib kelgan akamizdan safar taassurotlarini so‘raganimizda shunday dedi:– Nemis o‘qituvchilari hayot tarzi haqida gapirar ekan, ular chetdan borib ishlayotganlarga: «Sizlar farzandlaringiz bilan uyda bemalol o‘z tilingizda gaplashavering, ammo nemis tilini bolangizga biz, o‘zimiz o‘rgatamiz», – der ekan. Avvaliga hayron bo‘ldik, deydi qizim. Keyin buning sababi nimada, deb so‘rabdi.«Siz
YEGANDEK BO‘LDIM
«Yegandek bo‘ldim» nomli masjid haqida eshitganmisiz?!Istanbulning Fotih mintaqasida shu nomdagi masjid bor. Bu turkchada «Sanki yedim» bo‘ladi. Bu g‘aroyib nom ortida ajib bir hikoya bor. Hikoya zamirida esa ajoyib bir ibrat mujassam.Naql qilishlaricha, Fotih mintaqasida Xayriddin ismli bir kishi istiqomat qilar edi. U qachon bozorning oldidan o‘tayotib nafsi mevanimi, go‘shtnimi, halvonimi xohlab qolsa, «egandek bo‘ldim» deb shunga yetadigan pulni bir sandiqqa tashlab qo‘ya
"Bobur – umumarmiya yoshlari nigohida"
O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi arafasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyati kengashi tashabbusi bilan, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida yosh ichki ishlar xodimlari va IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchilarining ma'naviy-ma'rifiy bilim va salohiyatini oshirish maqsadida "Bobur – umumarmiya yoshlari nig
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov vafot etdi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati'xabar berdi.Mansur Temirovich Ravshanov 1937-yilning 4-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tugʻilgan. 1961-yilda Toshkent Teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan.Mansur Ravshanov Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida avval aktyor, keyinchalik rejissyor, bosh rejissyor boʻlib ishlagan. Surxondaryo viloyat qoʻgʻirchoq teatrining vujudg