calendar 10 Oct 16:59
eye 74
comments 0
comments Manba: xs.uz

Isroil BMTning Livandagi missiyasiga hujum qildi

image
Isroil harbiylari BMTning Livandagi muvaqqat kuchlari (UNIFIL) tinchlikparvar qoʻshinlari shtab-kvartirasi hududidagi obyektga qarata oʻt ochgan. Bu haqda 'Al Jazeera' telekanali missiyadagi manbaga tayanib xabar tarqatdi.

'Isroil armiyasi Ras an-Nakuradagi shtab-kvartirasida UNIFIL kuchlarining kuzatuv minorasiga hujum qildi', ' deyiladi telekanal saytida.

'Al Jazeera' manbalariga koʻra, jami Isroil harbiylari Livan janubidagi BMT tinchlikparvar kuchlarining uchta pozitsiyasiga oʻt ochgan, ikki kishi yengil yaralangan.

'Times of Israel' avvalroq yozganidek, Isroil mudofaa kuchlari 'Hizbulloh'ga qarshi quruqlikdagi operatsiya vaqtida tinchlikparvarlik missiyasi yonida oʻz pozitsiyalarini joylashtirgan va BMT vakillarini xavf ostiga qoʻygan. Missiya vakillarining gazetaga aytishicha, Isroil tinchlikparvar kuchlarni qayta joylashtirishni soʻragan, biroq rad javobi berilgan. 'Hizbulloh' matbuot xizmatining xabar berishicha, Marun Ar-Ras aholi punkti hududidagi Isroil harbiy otryadi BMT tinchlikparvar kuchlaridan tirik qalqon sifatida foydalangan.

Shu yilning 23-sentyabridan beri Isroil mudofaa kuchlari 'Hizbulloh' manzillarini ommaviy bombardimon qilmoqda. Bunda harakat yetakchilari, jumladan, Bosh kotib Hasan Nasrulloh va uning ehtimoliy vorislari halok boʻlgan. 1-oktyabr kuni Isroil armiyasi Livanda quruqlikdagi operatsiyani boshladi.

Isroilda harbiy kampaniyaning asosiy maqsadi bir yil avval 'Hizbulloh' tomonidan HAMASni qoʻllab-quvvatlash maqsadida boshlangan oʻqqa tutilishi tufayli evakuatsiya qilishga majbur boʻlgan mamlakatning shimoliy hududlarida yashovchi 60 ming aholining qaytishi uchun sharoit yaratishdan iborat.

Kuzatuvchilarning qayd etishicha, Isroil 2006-yildagi Ikkinchi Livan urushidan beri Livanga bunday shiddat bilan hujum qilmagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:47
 
285
0
xs.uz

Putin Istanbulga kelmaydi. Muzokaralar haqida nima maʼlum?

Bugun, 15-may kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasida 2022-yildan buyon ilk marta toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Istanbuldagi muzokaralarda ishtirok etishini rad etdi. Rossiya prezidenti tomonidan tasdiqlangan delegatsiyaga uning yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchilik qiladi.Muzokaralar Turkiya iltimosiga koʻra kunning ikkinchi yarmiga qoldirilgan. Avvaliga Vladimir Zelenskiy Anqarada Rejep T

21 Apr 08:34
 
428
0
xs.uz

Isroilning Gʻazoga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida yana 20 nafarga yaqin falastinlik halok boʻldi

Isroilning Gʻazo sektoriga bergan ertalabki zarbalari oqibatida 20 nafarga yaqin odam halok boʻlgan. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalarga tayanib xabar tarqatdi.'Juma kuni ertalabdan beri Isroilning Gʻazo sektorining shimoliy va janubiy hududlariga bergan zarbalari natijasida 17 falastinlik halok boʻldi', ' deyiladi xabarda.Telekanal maʼlumotlariga koʻra, bu safar Isroil tomonidan Xon-Yunis hududidagi turar-joy binolari va Jabaliyadagi qochqinlar joylashgan maktab bom

01 Jun 03:48
 
12
0
xs.uz

Ukraina Germaniyadan qanday yordam olmoqda?

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Berlinga qilgan tashrifi matbuot anjumani bilan yakunlandi. Tashrif davomida harbiy yordam masalasiga oid aniq maʼlumotlar berilmadi. Faqatgina Germaniya kansleri Fridrix Mers Germaniyaning Ukraina hududini 'Starlink' tizimi bilan qamrab olishga qaratilgan dasturni moliyalashtirishda muhim rol oʻynashini taʼkidladi.Ayni paytda mazkur xarajatlarning asosiy qismi Polsha tomonidan qoplangan. Polsha 90 million yevro miqdorida mablagʻ ajratib, Ukrainaga 2

31 May 08:50
 
22
0
xs.uz

AQSH sudi Tramp qoʻygan bojlarni toʻxtatish haqida qaror chiqardi

Sud qaroriga koʻra, Tramp bu tariflarni joriy etar ekan oʻz vakolatlaridan foydalanishda chegaradan oshib ketgan. Maʼmuriyat 10 kun ichida tariflarni bekor qilish jarayonini yakunlashi kerak.Uch nafar sudyadan iborat hayʼat qarorida aytilishicha, u 1977-yildagi Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar toʻgʻrisidagi qonunga asoslanib, AQSHda favqulodda holat eʼlon qilib, katta tariflar joriy qilgan vaqtida oʻz vakolatlaridan chetga chiqqan.Shuningdek, AQSH Konstitutsiyasiga koʻra, Kongres