calendar 17 May 21:47
eye 314
comments 0
comments Manba: xs.uz

Putin Istanbulga kelmaydi. Muzokaralar haqida nima maʼlum?

image
Bugun, 15-may kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasida 2022-yildan buyon ilk marta toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Istanbuldagi muzokaralarda ishtirok etishini rad etdi. Rossiya prezidenti tomonidan tasdiqlangan delegatsiyaga uning yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchilik qiladi.

Muzokaralar Turkiya iltimosiga koʻra kunning ikkinchi yarmiga qoldirilgan. Avvaliga Vladimir Zelenskiy Anqarada Rejep Tayyip Erdogʻan bilan uchrashadi. 'Sky News' xabariga koʻra, shundan keyingina u muzokaralar boʻyicha yakuniy qarorni qabul qiladi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinning Turkiyadagi muzokaralarda ishtirok etishini rad etdi. 'Yoʻq', deb javob berdi u 'Putin muzokaralar uchun Istanbulga keladimi yoki yoʻqmi?' degan savolga.

Shu bilan birga, 'Sky News' telekanali Ukraina maʼmuriyatidagi manbalariga tayanib, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy turkiyalik hamkasbi Rejep Tayyip Erdogʻan bilan bugungi uchrashuvdan soʻng Rossiya bilan muzokaralar boʻyicha qaror qabul qilishini maʼlum qildi.

Dastlab TASS agentligining manbasi uchrashuv Dolmabaxche saroyida Moskva vaqti bilan soat 10:00da boshlanishini xabar qildi. Ukraina tomoni bu maʼlumotni rad etdi, shundan soʻng 'RIA Novosti' ham manbaga tayanib, Istanbuldagi muzokaralar taxminan tushlikdan keyin boshlanishini maʼlum qildi.

Kecha kechqurun Kreml Rossiya delegatsiyasi tarkibini oshkor qildi. Putinning farmoniga muvofiq, unga prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy rahbarlik qiladi. Medinskiydan tashqari asosiy muzokaralar guruhiga Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi Bosh razvedka boshqarmasi boshligʻi Igor Kostyukov, tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Mixail Galuzin va mudofaa vaziri oʻrinbosari Aleksandr Fomin kiradi. Ular Moskva manfaatlarini siyosiy va harbiy darajada himoya qiladi. Ekspertlar guruhiga Bosh shtab axborot boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Aleksandr Zorin, Rossiya TIV MDH davlatlari boʻyicha ikkinchi departamenti direktori Aleksey Polishchuk, prezident maʼmuriyatining davlat siyosati boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Yelena Podobrevskaya va Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Xalqaro harbiy hamkorlik bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Viktor Shevov kirdi.

Kiyevdan kelgan delegatsiya tarkibida prezident devoni rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibixa, mudofaa vaziri Rustem Umerov va prezidentning diplomatik maslahatchisi Igor Jovkva bor. Manbaning qoʻshimcha qilishicha, muzokaralar formati va ularning boʻlib oʻtishi boʻyicha yakuniy qaror shaxsan Istanbulda Vladimir Zelenskiy tomonidan qabul qilinadi.

Ukraina rahbarining oʻzi maʼlum qilishicha, mamlakat delegatsiyasi tarkibida 'yuqori darajadagi' vakillari bor.

Shu bilan birga, 'The Guardian' gazetasi Buyuk Britaniya bosh vazirining xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jonatan Pauell Zelenskiyga yordam berish uchun Istanbulga uchib ketganini xabar qildi. Gazetaning yozishicha, u Ukraina prezidentiga Rossiya delegatsiyasi bilan muzokaralar boʻyicha maslahat beradi.

14-may kuni AQSH Davlat kotibi Marko Rubio NATO tashqi ishlar vazirlarining norasmiy uchrashuvi uchun Turkiyaga keldi. AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff Rubio bilan Istanbulga tashrif buyurishini aytdi, biroq muzokaralarning ertasiga, 16-may kuni. AQSH prezidenti Donald Tramp ham Turkiyaga borishga tayyorligini bildirdi, lekin faqat Vladimir Putin ishtirok etgan taqdirdagina.

AQSH prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinning uchrashuvga bormasligi haqida izoh berishi siyosatshunos va jurnalistlarning reaksiya bildirishiga sabab boʻldi. 'Agar men bormasam, nega u borishi kerak?', ' degan Tramp.

'Exo Moskva' radiosi bosh muharriri Aleksey Venediktovning aytishicha, 15-may kungi uchrashuv siyosiy hujjatlarni toʻgʻrilashdan iborat boʻladi. Yaʼni, Istanbul muzokarasi bir necha kun davom etadi va juma kuni AQSHdan ham yuqori darajadagi siyosatchilar tashrif buyurishi kutilmoqda. Gap payshanba kungi voqealarga bogʻliq boʻladi.

Siyosatshunos Georgiy Bovt ham muzokaralarning keyingi kunlarida Moskva va Vashington koʻp narsani hal qilishga ishonadi. Bu Vashington va Kiyevning sahna ortidagi kelishuvlariga bogʻliq. Shunday qilib, uchrashuv yaxshi davom etsa, Trampning maxsus vakili Uitkoff 16-may kuni Istanbulga kelishi mumkin.

Oʻz navbatida, Vladimir Zelenskiy Istanbulda Vladimir Putindan boshqa birorta Rossiya vakili bilan uchrashmasligi maʼlum qilindi. Uning idorasi maslahatchisi Mixaylo Podolyak soʻzlariga koʻra, davlat rahbari boshqa shaxs oʻrtasidagi uchrashuv 'toʻgʻri format emas'. Rossiya prezidenti yordamchisi va Istanbuldagi birinchi muzokaralarda Moskva delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy esa fundamental masalalarni muhokama qilish uchun yetarli vakolatga ega emas.

Zelenskiy Turkiyaga yetib kelganidan soʻng Putinga ikki soʻzdan iborat murojaat qildi. 'Men shu yerdaman', dedi u jurnalistlarning Rossiya rahbariga nima demoqchi ekanligi haqidagi savollariga javob berar ekan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
102
0
xs.uz

Ilon Mask Oq uyni tark etdi

Mashhur milliarder va tadbirkor Ilon Mask AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi faoliyatini yakunladi. U 'X' ijtimoiy tarmogʻidagi bayonotida:'Maxsus davlat xodimi sifatida mening muddatim tugaydi. Samarasiz xarajatlarga qarshi kurashish imkoniyati uchun prezidentdan minnatdorman. Samaradorlik departamentining missiyasi vaqt oʻtishi bilan yanada mustahkamlanadi, chunki u butun hukumatning turmush tarziga aylanadi', ' deb yozdi Mask.Uning davlat xizmatidagi ishtiroki hukumat xarajatlari

17 May 21:47
 
41
0
xs.uz

Isroilning navbatdagi hujumlari oqibatida Gʻazoda yana ellik nafardan ortiq odam halok boʻldi

Chorshanba kuni Isroilning Gʻazo sektoriga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida halok boʻlganlar soni 50 nafardan oshdi. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Isroilning chorshanba kuni ertalabdan Gʻazoga bergan zarbalari oqibatida 56 kishi halok boʻldi', ' deyiladi manbada.Avvalroq, Gʻazo sektori shimolidagi Jabaliya shahri va shu nomdagi lagerning bombardimon qilinishi oqibatida 30 nafardan ortiq odam halok boʻlgani xabar qilingandi.Falastin

15 Jun 10:46
 
31
0
xs.uz

“...Huquqiy, siyosiy, harbiy yoki maʼnaviy nuqtayi nazardan oqlab boʻlmaydi”, “Ochiq-oydin tajovuz…”, “Nomaqbul voqea” — xalqaro hamjamiyat Isroilning hujumiga qanday munosabatda

Bugun, 13-iyun tonggida Isroil Eronga zarbalar berib, yadroviy inshootlar, raketa zavodlari va harbiy qoʻmondonlarni nishonga oldi. Eron ommaviy axborot vositalari va guvohlar portlashlar haqida xabar berishdi.Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu buni 'Isroil tarixida hal qiluvchi lahza' deb taʼriflar ekan, operatsiya 'qancha kerak boʻlsa, shuncha' davom etishi kutilayotgani, unda Eron yadroviy olimlarini ham nishonga olinganini aytdi.Oʻz navbatida, uzoq vaqtdan beri yadroviy faoliyati tinc

31 May 08:50
 
102
0
xs.uz

Zelenskiy Germaniyaga tashrif buyurdi

Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Tashrif doirasida Kiyevni qoʻllab-quvvatlash masalalari va Rossiya bilan sulh tuzish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. Zelenskiy shuningdek Germaniya prezidenti Frank'Valter Shtaynmayer bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.Berlinga kelgan Ukraina delegatsiyasi tarkibida prezident idorasi rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga va mudofaa vaziri Rustem Umerov ham bor. Vladimir Zel