“Bir necha soniyaga kech qolganimizda biz ham oʻlgan boʻlardik”: Isroil Gʻazodagi xonadon hamda kasalxonani bombardimon qildi

Maʼlumotlariga koʻra, mazkur hujum oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻlgan hamda bir necha kishi turli darajadagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Guvohlarning taʼkidlashicha, Isroil askarlari asosan hududdagi turar-joy binolarini yoʻq qilishga harakat qilgan.
Shuningdek, 13-aprel, yakshanba kuni Isroil harbiylari Gʻazoning 'Al-Ahli' kasalxonasini ham oʻqqa tutgan. Ushbu hujum oqibatida shifoxonadagi falastinliklar bemor yaqinlarini olib, hududdan qochishga urinishgan.
Voqea qatnashchisi falastinlik Yusuf Abu Sakran 'Al Jazeera' bilan boʻlgan suhbatda holat haqida oʻz kechinmalarini aytib oʻtdi.
Yusuf yaralangan farzandi va rafiqasi bilan kasalxona hududidagi chodirda uxlab yotgan mahal, baland qichqiriq ovozlaridan uygʻonib ketgan. Maʼlumotlarga koʻra, Isroil harbiylari shifoxona yon atrofidagi mahalliy aholi vakillariga telefon qilib, zudlik bilan tibbiy muassasadagi barchani chiqarib yuborib, kasalxonani boʻshatishni talab qilgan.
29 yoshli ota vaziyatni tushunib, besh yashar oʻgʻli Muhammadni koʻtargancha rafiqasi bilan shifoxona darvozasi tomon yugurgan.
'Muhammadning tanasida ogʻir jarohatlar bor edi. Jumladan, orqa va oyoqlarida uchinchi darajali kuyishlar mavjud. U ogʻriqdan yigʻlardi. Farzandimning belidan qon oqayotganini ham his qildim. Shunday boʻlsada, men oilamni qutqarishga majbur edim. Shifoxona darvozasi tomon yugurishda toʻxtamadim', ' deydi falastinlik ota.
Kuchli vahima va sarosima natijasida koʻplab bemorlar jiddiy jarohatlari boʻlishiga qaramay shifoxonani tark etishga harakat qilishgan. Ayrim bemorlarning yaralari ochilib ketib, yanada ogʻir ahvolga tushib qolgan.
'Men oilam bilan kasalxona hududini tark etishga ulgurdik. Oradan bir necha soniya oʻtar-oʻtmas ikkita raketa kelib shifoxonani vayron qildi. Ayolimga qarab, agar bir necha soniyaga kech qolganimizda biz hozir oʻlgan boʻlardik, dedim', ' deydi Yusuf Abu Sakran.
Isroilning Gʻazo hududlaridagi muhim obyektlarga yoʻllayotgan toʻxtovsiz zarbalari oqibatida mamlakatdagi sogʻliqni saqlash tizimi allaqachon izdan chiqqan.
Gʻazoga kiritilishi kerak boʻlgan insonparvarlik yordamlari, jumladan, oziq-ovqat, dori-darmon hamda tibbiy buyumlar Isroil taqiqi tufayli hududga kiritilmayapti. Natijada mahalliy aholining ahvoli yanada ogʻirlashib, eng zarur boʻlgan birlamchi ehtiyojlarni ham qondirish mushkul ishga aylangan.
'Al-Ahli' shifoxonasi direktori Fadel Naimning taʼkidlashicha, Isroil hukumati kasalxona xodimlariga bemorlarni evakuatsiya qilish uchun yetarlicha vaqt bermagan. Shifokorning qoʻshimcha qilinishicha, Isroil harbiylari mamlakatdagi muhim tibbiy obyektlar, jumladan, favqulodda vaziyatlar, radiologiya, laboratoriya va markaziy dorixona boʻlimlarini ham yoʻq qilgan.
'Bizga kasalxonani tiklash uchun haftalar yoki oylar kerak boʻladi. Ushbu shifoxona xizmat koʻrsatish markazi boʻlib, barcha zarur jihozlarni, shu jumladan mamlakatdagi yagona kompyuter tomografiyasini oʻz ichiga oladi. Bemorlar va yaradorlarning taqdiri hozircha nomaʼlum. Biz ularni boshqa shifoxonalarga tarqatishimiz kerak, ammo hech bir shifoxona toʻliq xizmat koʻrsatish uchun jihozlanmagan', ' deydi shifokor Fadel Naim.
Avstriyada xavfli vaziyat: maktabdagi otishma mamlakat rasmiylarini oʻylantirib qoʻydi
Avstriya hukumati mamlakatdagi maktab otishma voqeasidan soʻng qurolga egalik qilishga oid qonunlarni kuchli nazoratga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Avstriya bosh vaziri Kristian Shtoker ORF radiosiga bergan intervyusida maʼlum qildi. Unga koʻra, qonunchilikdagi oʻzgarishlar asosan qurol xaridi va egasi boʻlish shartlariga qaratiladi.Shtokerning aytishicha, yangi chora-tadbirlar orasida qurol egalik qilish uchun yosh cheklovlarini aniqlashtirish, ayrim qurollarni tartibga solish mexani
Tramp 36 ta davlat fuqarolarini AQSHga kirishini cheklamoqchi. Ular orasida Oʻzbekiston ham bormi?
AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati yana 36 ta davlat fuqarolari uchun viza taqiqlari yoki kirish cheklovlarini joriy etishni koʻrib chiqmoqda. Bu joriy oy boshida eʼlon qilingan sayohat cheklovlarini keskin kengaytirish boʻladi. 'The Washington Post' nashrining yozishicha, hujjat 60 kun ichida belgilangan talablarga javob bermagan mamlakatlar uchun qisman yoki toʻliq kirish taqiqlari kiritilishini nazarda tutadi.Yangi roʻyxatga kiritilgan davlatlar orasida 25 ta Afrika mamlakati, Kar
Polshaning saylangan prezidenti Ukraina boʻyicha kutilmagan bayonot berdi
Polshaning saylangan prezidenti Karol Navroskiy Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga tezlashtirilgan qabul qilinishiga qarshi chiqdi. Bu haqda u Vengriyaning 'Mandiner' jurnaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Hozirda men Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishiga qarshiman', ' deydi u. Navroskiyning taʼkidlashicha, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga aʼzoligi Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti va qishloq xoʻjaligiga zarar yetkazadi.'Saylov kampaniyasi davomida men prezident sifatida Polsha qishloq
Tramp Gʻazo bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga vaʼda berdi
Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSH) Gʻazo sektoridagi vaziyatni kuzatib boradi va Falastin anklavidagi muammolarni hal qilish niyatida. Bu haqda AQSH yetakchisi Donald Tramp Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi chogʻida maʼlum qilgan.'Biz [Gʻazo sektori] va aholisi muammolari bilan shugʻullanamiz', ' dedi Oq uy rahbari.Uning soʻzlariga koʻra, hozir Falastin anklavida koʻp yomon narsalar sodir boʻlmoqda. Mahalliy aholi ochlikdan aziyat chekmoqda.Shu yilning 14-may kuni 'Maan' axborot age