AQSH va Fransiya kelishuv yoʻlini qidirmoqda – Livan

Livan muvaqqat bosh vaziri Najib Mikatining aytishicha, AQSH va Fransiya oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvini tiklash maqsadida aloqalar olib borilmoqda. Bu Isroil oʻtgan oy rad etgan sulhga erishish uchun diplomatik saʼy-harakatlarga ishoradir. Lekin bu toʻgʻrisida Vashington yoki Parijdan hech qanday izoh berilmagan.
Oʻtgan oy AQSH, Fransiya va boshqa davlatlar Isroil hamda 'Hizbulloh' oʻrtasida 21 kunlik sulh tuzishga chaqirgan edi.
Isroilning bildirishicha, Livan hujumi bir yil avval Gʻazoda HAMASni qoʻllab-quvvatlash uchun oʻt ochgan 'Hizbulloh' tomonidan uchirilgan transchegaraviy raketalar tufayli Isroil shimolidan evakuatsiya qilingan oʻn minglab isroilliklarning uylariga qaytishini taʼminlashdan iborat.
Livan sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlum qilishicha, Isroil tunda bergan zarbasi chegaradan 10 km uzoqlikda joylashgan qishloq fuqarolik mudofaasi markaziga zarba bergan va besh nafar tez tibbiy yordam va qutqaruvchilar halok boʻlgan. Isroil harbiylari hozircha holatga hech qanday izoh bermagan.
Isroil payshanba kuni Livan janubidagi quruqlikdagi amaliyotlar chogʻida 12 askarining halok boʻlgani haqida xabar berdi.
Shuningdek, Isroil Eronning 1-oktyabr kungi raketalariga javob qaytarishga tayyorlanayotganini aytib kelmoqda. Baʼzi tahlilchilar fikricha, Isroil Eron harbiy obyektlarini, ayniqsa hujumda qoʻllanilgan ballistik raketalarni ishlab chiqaradigan binolarini nishonga olishi mumkin. Shuningdek, u Eronning havo hujumidan mudofaa tizimlari va raketalarni uchirish moslamalarini yoʻq qilishga intilishi mumkin.
Garvardda oʻqishni xohlovchi xorijliklarning AQSHga kirishi cheklandi
AQSH prezidenti Donald Tramp Garvard universitetida oʻqish yoki uning almashinuv dasturida qatnashishni xohlovchi xorijliklarning mamlakatga kirishini kamida olti oyga chekladi. Bu haqda Oq uy veb-saytida eʼlon qilingan bayonotda aytib oʻtildi.AQSH Taʼlim vazirligi 15-aprel kuni Garvard universitetiga grant sifatida taqdim etiladigan 2,2 milliard dollar miqdoridagi mablagʻdan mahrum qilishini eʼlon qildi.22-may kuni AQSH ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem universitet xorijlik talabalarni
Polshaning saylangan prezidenti Ukraina boʻyicha kutilmagan bayonot berdi
Polshaning saylangan prezidenti Karol Navroskiy Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga tezlashtirilgan qabul qilinishiga qarshi chiqdi. Bu haqda u Vengriyaning 'Mandiner' jurnaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Hozirda men Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishiga qarshiman', ' deydi u. Navroskiyning taʼkidlashicha, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga aʼzoligi Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti va qishloq xoʻjaligiga zarar yetkazadi.'Saylov kampaniyasi davomida men prezident sifatida Polsha qishloq
AQSH va Xitoy “savdo urushida” tanaffus oldi
Dushanba kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari va Xitoy qoʻshma bayonot chiqarib, oʻzaro tariflarni 90 kunga pasaytirish toʻgʻrisidagi kelishuvni eʼlon qildi. Bayonotda ikkala tomon ham barqaror, uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli iqtisodiy va savdo munosabatlarining muhimligini tan olgani keltirilgan.AQSH va Xitoy rasmiylari ushbu hafta oxirida Shveysariyaning Jeneva shahrida kengroq potensial savdo kelishuvi boʻyicha muzokaralarga asos yaratish uchun muhokamalar oʻtkazdi.Prezident Donald Tram
Tramp va Mask omma oldida janjallashdi
AQSH prezidenti Donald Tramp oʻzining sobiq doʻsti va ittifoqchisi, milliarder Ilon Maskni birinchi marta oshkora tanqid qildi. U tadbirkordan hafsalasi pir boʻlganini aytdi va Maskning 'Tesla' va 'SpaceX' kompaniyalariga davlat subsidiyalarini toʻlashni toʻxtatishni taklif qildi. Bunga javoban Mask uning yordamisiz respublikachi hech qachon prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozona olmasligini aytdi va Trampni voyaga yetmaganlarni zoʻrlashga aloqadorlikda aybladi. Sobiq doʻstlar oʻrtasi