Uchtepa tumani IIofmb PPX inspektori, safdor Jahongir Tog‘ayev Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. Hozirgi kunda Profi universitetining 4-kurs talabasi.
Yoshligidan adabiyotga havas qo‘ygan, bo‘sh vaqtlarida ko‘plab kitoblar mutolaa qilgan qahramonimiz maktab davrlaridayoq she’r yozishni mashq qila boshlagan. Havaskor yosh ijodkorning ijodiy ishlari respublika nashrlarida ham chop etilgan.
U o‘zining ilk she’riy to‘plamini taqdim etish arafasida.
G‘ayrat-shijoatga to‘la safdor J. Tog‘ayev ko‘nglidagi orzularni amalga oshirishga shoshiladi. Xayolida turli rejalar, g‘oyalar hamisha qaynab toshadi. Shuning uchun hammasiga ulguradi. Tilagimiz, uni yoshlik zavqi hech qachon tark etmasin.
O‘z muxbirimiz.
Toshkent shahri.
OTANG BO‘LSA...
Ota-quyosh, uni to‘smas bulut ham,
Parvozingda ortda qolar burgut ham,
Qadding egmas, ezg‘ilamas seni g‘am,
Shukr deyman, yonginamda otam bor.
Otang bo‘lsa, tulporing ham samandir,
Otang bo‘lsa, sahrolar ham chamandir,
Boshingga tosh kelsa ham u omondir,
Boshim omon, yonginamda otam bor.
Suyanganim misoli tog‘ otamdir,
Muhabbatda, mehrda u Hotamdir,
Qirolimning malikasi onamdir,
Shahzodaman, yonginamda otam bor.
Har onimda to‘q turadi ko‘nglim ham,
Yaqinlashmas, yiroq yurar mendan g‘am,
Badavlatman, davlatmanddan nimam kam,
Boshim ko‘kda, yonginamda otam bor.
Jahongir TOG‘AYEV,
safdor.
Yurtimizda «Milliy qadriyatlar oyligi» tashkil etiladi
Madaniyat vazirligidan ma'lum qilishlaricha, bunda milliy liboslar targ'iboti, xalq o'yinlari, badiiy jamoalarning chiqishlari, qo'shiqchilik san'ati, o'lan, lapar, xalq o'yinlari, terma, marosim qo'shiqlari, xalfachilik, baxshichilik va raqs san'ati namunalari, milliy cholg'uchilik san'ati, arqon tortish, dor o'yinlari, tosh ko'tarish kabi qadimiy o'yinlarimiz, milliy kurash musobaqalariga keng o'rin beriladi.Shohsanam YO'LDOSHEVA,O'zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi..
Italiyada “Boburnoma” asarining taqdimoti boʻlib oʻtdi
Buyuk vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan Italiyada 'Boburnoma' asarining italyan tilidagi tarjimasi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Ushbu loyiha Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi, Oʻzbekistonning Italiyadagi elchixonasi hamda Rimdagi 'Sandro Teti Editore' nashriyot uyi hamkorligida amalga oshirildi. Kitob Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning soʻzboshisi bilan nashr etildi.Florensiya shahridagi tarixiy 'Palazzo Strozzi' s
Jahon ahli ardogʻidagi meros
14-fevral ' Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kunKeyingi yillarda mamlakatimizda buyuk ajdodlarimizning ilmiy-maʼnaviy merosini teran oʻrganish, ularning asarlarini yurtimiz va xorijiy davlatlarda targʻib qilish, xususan, boburshunoslik fanini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu boradagi barcha ezgu va xayrli ishlar davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi hamda qoʻllab-quvvatlovi bilan amalga oshirilayotgani, ayniqsa, eʼtiborga molik. Zotan, jahon sivilizatsiyasi r
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Mirzo Ulugʻbekning saroy kutubxonasiga bagʻishlangan burchak tashkil etiladi
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini ekspozitsiyalar bilan boyitish jarayoni davom etmoqda. Jumladan, Mirzo Ulugʻbek davri saroy kutubxonasi boy ilmiy va maʼnaviy merosiga bagʻishlangan maxsus burchak tashkil etilishi ham koʻzda tutilgan. Kutubxona tarixan mukammal oʻrganilib, u haqidagi barcha manbalar yigʻilmoqda. Mirzo Ulugʻbekning ilmiy merosi, qoʻlyozmalari toʻplanadi va ekspozitsiya fondlari orasidan ularning faksimil nusxalari joy oladi. Bu haqda ushbu Markaz axborot