calendar 09 Mar 06:34
eye 76
comments 0
comments Manba: xs.uz

Abdumalik Halokov yana bir nufuzli turnirida ishtirok etadi

image
Oʻzbekistonlik professional bokschi Abdumalik Halokov WBC tomonidan 'Riyadh Season' doirasida tashkil etilayotgan Gran-Pri turnirida ishtirok etadi.

Ushbu nufuzli musobaqada toʻrtta vazn toifasida jami 128 nafar bokschi bahs olib boradi. Turnir yarim yengil, birinchi yarim oʻrta, oʻrta va superogʻir vazn toifalarida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Gran-Pri tartibiga koʻra, barcha janglar 1/16 finaldan boshlanadi va 6 raunddan iborat boʻladi. Final janglari esa 8 raunddan tashkil topadi.

Musobaqada 26 yoshdan kichik boʻlgan va prof boksda 10 tadan koʻp jang oʻtkazmagan bokschilar qatnashadi. Barcha ishtirokchilar VADA (Dopingga qarshi ixtisoslashtirilgan tashkilot) protokoliga koʻra tasodifiy testdan oʻtkaziladi.

Abdumalik Halokovning bu musobaqada ishtirok etishi uning professional boksdagi navbatdagi muhim sinovi hisoblanadi.

Avvalroq, u 27-fevral kuni Ispaniyaning Sevilya shahrida boʻlib oʻtgan professional boks oqshomida ishtirok etgandi. Ushbu jangda Halokov venesuelalik Marlembron Akunyaga qarshi bahs olib borib, oʻzining ustunligi va kuchli zarbalaridan foydalanib, raqibini uchinchi raundda texnik nokaut orqali taslim etgandi.

Abdumalik Halokovning kelayotgan WBC Gran-Prisida qanday natija qayd etishi boks muxlislari uchun katta qiziqish uygʻotmoqda. Turnirda ishtirok etish uchun unga kuchli tayyorgarlik va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
33
0
xs.uz

Javohir Sindarov Shvetsiyadagi nufuzli turnir chempioniga aylandi

Shvetsiyaning Malmyo shahrida oʻtkazilgan yirik xalqaro shaxmat turniri oʻz yakuniga yetdi. Aylana tizimida boʻlib oʻtgan mazkur musobaqada Oʻzbekiston sharafini grossmeyster Javohir Sindarov muvaffaqiyatli himoya qildi.Mamlakatimizning ikkinchi raqamli shaxmatchisi yetti nafar kuchli raqiblari bilan sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordi.Kecha boʻlib oʻtgan 7-tur bahsida Sindarov qora donalarda ukrainalik shaxmat afsonasi Vasiliy Ivanchukka qarshi bahs olib bordi va oʻyinni durang b

31 May 08:50
 
32
0
xs.uz

“Sport – tinchlik elchisi” musobaqasi mamlakatimiz talabalarini birlashtirdi

Marosimda so'z olgan rasmiylar oliy va diniy ta'lim muassasalari o'rtasida sportni ommalashtirish, talabalarni sog'lom turmush tarzi va jismoniy faollikka jalb qilish, ta'lim muassasalari o'rtasida sportni targ'ib qilish orqali do'stona aloqalarni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlashdi.Musobaqa doirasida yoshlar mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka, kibersport, kurash, arqon tortish, tosh ko'tarish kabi turlar bo'yicha bellashishmoqda.Shuningdek, sport sohasid

31 May 08:50
 
100
0
xs.uz

Mamlakatimizda taekvondo WTF bo‘yicha 16-html5-dom-document-internal-entity1-quot-endBek Mun Jonghtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end an’anaviy xalqaro turniri start oldi

Turnir doirasida universitetga Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlari, taekvondo assotsiatsiyasi hamda Janubiy Koreya Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.Mazkur xalqaro turnir doirasida universitet rektori Rashid Matkarimov va xorijiy mehmonlar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.Unda universitetlar o'rtasida taekvondo sportini rivojlantirish bo'yicha xalqaro aloqalarni yo'lga qo'yish va mustahkamlash hamda universitet hududida Koreya inv

31 May 08:50
 
27
0
xs.uz

html5-dom-document-internal-entity1-quot-endYangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end musobaqalarining mintaqaviy bosqichi davom etmoqda

Tantanali ochilish marosimida Mirzaobod tumani hokimi Abdurahim Umarov, viloyat Sport boshqarmasi boshlig'i Anvar Buranov, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining Sirdaryo viloyati bo'limi ijrochi direktori Bahodurxo'ja Eshonov, O'zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi hududiy bo'limlari uchun mas'ul Husniddin Xo'jamqulov, mutasaddi tashkilot rahbarlari, jamoatchilik vakillari hamda yosh sportchi va murabbiylar ishtirok etdi.Bugungi mintaqaviy bosqichda viloyatning Sardoba, Oqoltin, Mirzaobo