Yapon “samurayi” nihoyat hamyurtimiz bilan jang qilishga rozi boʻldi

Tomonlarning roziligiga qaramasdan, ushbu jang sodir boʻlishi bir shartning bajarilishiga bogʻliq. Ushbu kelishuvga binoan, Inoue avval 4-may kuni Las-Vegasda Kardenas bilan ringga chiqadi. Agar ushbu jangda gʻalaba qozonsa, 14-sentyabr kuni Tokioda Ahmadaliyevga qarshi jang qiladi.
Murodjon Ahmadaliyev ayni paytda WBA vaqtinchalik chempionlik kamariga ega va uzoq vaqtdan beri Inoue bilan jang qilishni talab qilib kelmoqda. Agar yapon 'samurayi' hamyurtimizga qarshi ringga chiqishdan bosh tortganda, WBA tashkiloti undan chempionlik kamarini olib qoʻyishi mumkin edi. Aynan shu sababli Ahmadaliyevning promouteri Eddi Xirn va menejeri Vadim Kornilov Inouening jamoasi bilan muzokaralar olib borib, jang tashkil etilishiga erishdi.
Ahmadaliyev bu jangni uzoq kutganini va Inouening undan qochayotganini bir necha bor taʼkidlagan, biroq 'The Monster' laqabli yaponiyalik chempion bu daʼvolarni rad etib kelayotgandi.
Agar Naoya Inoue Ahmadaliyevni magʻlub etsa, u dekabr oyida Saudiya Arabistonidagi 'Riyadh Season' musobaqasida navbatdagi jangini oʻtkazishi rejalashtirilgan. Ahmadaliyev esa ushbu imkoniyatdan foydalanib, divizionning mutlaq chempioni boʻlishni maqsad qilgan. Hamyurtimiz uchun bu jang unutilmas fursat boʻlishi mumkin, chunki u Inoueni magʻlub etish orqali butun dunyo eʼtiborini oʻziga qaratishi mumkin.
Toshkentda yengil atletika va sinxron suzish bo‘yicha xalqaro turnirlar boshlandi
O'zbekiston yengil atletika federatsiyasining stadionida o'tayotgan 'UNG Meeting Continental' turniri Xalqaro yengil atletika federatsiyasining taqvimidan o'rin olgan bronza darajasidagi turnir bo'lib, unda 13 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar g'oliblik uchun bahs olib borishmoqda. Musobaqa bir kunga mo'ljallangan.Shuningdek, O'zbekiston kasaba uyushmalariga qarashli suv sporti saroyida sinxron suzish bo'yicha 'Suv parisi' Markaziy Osiyo ochiq chempionati tashkil etilmoqda. 6 mamlakat spo
Bu yil kim “oltin bola” boʻladi?
Yevropada eng iqtidorli yosh futbolchilarga beriladigan 'Golden Boy' mukofoti 2025-yilgi nomzodlar roʻyxati maʼlum boʻldi. 2003-yildan buyon har yili oʻtkazib kelinayotgan ushbu mukofot Yevropaning eng yirik klublarida toʻp surayotgan 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilardan biriga topshiriladi.Dastlab Italiya nashri 'Tuttosport' tomonidan tashkil etilgan mukofotga hozirda 'LʻEquipe' (Fransiya), 'Bild' (Germaniya) va 'The Times' (Angliya) kabi ommaviy axborot vositalari ham baho berishda isht
Javohir Sindarov Shvetsiyadagi nufuzli turnir chempioniga aylandi
Shvetsiyaning Malmyo shahrida oʻtkazilgan yirik xalqaro shaxmat turniri oʻz yakuniga yetdi. Aylana tizimida boʻlib oʻtgan mazkur musobaqada Oʻzbekiston sharafini grossmeyster Javohir Sindarov muvaffaqiyatli himoya qildi.Mamlakatimizning ikkinchi raqamli shaxmatchisi yetti nafar kuchli raqiblari bilan sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordi.Kecha boʻlib oʻtgan 7-tur bahsida Sindarov qora donalarda ukrainalik shaxmat afsonasi Vasiliy Ivanchukka qarshi bahs olib bordi va oʻyinni durang b
“Sport – tinchlik elchisi” musobaqasi mamlakatimiz talabalarini birlashtirdi
Marosimda so'z olgan rasmiylar oliy va diniy ta'lim muassasalari o'rtasida sportni ommalashtirish, talabalarni sog'lom turmush tarzi va jismoniy faollikka jalb qilish, ta'lim muassasalari o'rtasida sportni targ'ib qilish orqali do'stona aloqalarni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlashdi.Musobaqa doirasida yoshlar mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka, kibersport, kurash, arqon tortish, tosh ko'tarish kabi turlar bo'yicha bellashishmoqda.Shuningdek, sport sohasid