calendar 09 Mar 06:34
eye 77
comments 0
comments Manba: xs.uz

23 yoshli hamyurtimiz Kaliforniyadagi boks oqshomida 36 yoshli charm qoʻlqop ustasini texnik nokaut bilan magʻlub qildi

image
AQSHning Kaliforniya shtatida navbatdagi professional boks turniri boʻlib oʻtdi. Mazkur oqshom Oʻzbekiston boks muxlislari uchun muhim ahamiyat kasb etib, unda havaskor boksda jahon chempioni boʻlgan, 'Parij-2024'da omadi kelmagan Ruslan Abdullayev oʻzining professional boksdagi debyut jangiga chiqdi.

Hamyurtimiz oʻzining ilk jangini meksikalik tajribali bokschi Xose Valenzuyela Alvaradaga qarshi oʻtkazdi. Bahs juda yuqori tempda boshlandi va ikkinchi raunddayoq Abdullayev raqibini kuchli zarba orqali texnik nokautga uchratdi. Bu gʻalaba oʻzbek charm qoʻlqop ustasi uchun professional ringdagi muvaffaqiyatli start boʻldi.

36 yoshli Xose Valenzuyela Alvarada prof boksda tajribali raqiblardan biri sanaladi. U shu kungacha 23 ta jang oʻtkazgan boʻlib, ularning uchtasida gʻalaba qozongan, 19 ta bahsda magʻlub boʻlgan va bitta jangini durang bilan yakunlagan. Shunga qaramay, Ruslan Abdullayev uni katta ustunlik bilan magʻlub etib, oʻzining professional boksdagi imkoniyatlarini koʻrsatdi.

Bahs davomida Ruslan Abdullayevni ring chetida oʻzbekistonlik mashhur bokschilar ' Murodjon Ahmadaliyev va Bektemir Meliqoʻziyev qoʻllab-quvvatlab turishdi. Ular Ruslanning birinchi jangini yaqindan kuzatib borishdi va unga ishonch bildirishdi.

Ruslan Abdullayevning professional boksdagi debyuti juda muvaffaqiyatli boshlandi. Endilikda muxlislar uning kelgusi janglarini yanada kuchli raqiblarga qarshi boʻlishiga ishonch bildirishmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:45
 
150
0
xs.uz

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sport musobaqalarining sport kurashlari bo‘yicha mintaqaviy bosqichiga start berildi

Musobaqada Baliqchi, Bo'ston, Ulug'nor, Shahrixon tumanlarining 15-17 yosh toifasidagi iqtidorli sportchilari kurash maydonida o'zaro kuch sinashmoqda.

17 May 21:48
 
66
0
xs.uz

Taysonni yenggan bloger endi Oleksandr Usikni nishonga oldi

Jeyk Pol va Oleksandr Usik oʻrtasida boʻlishi mumkin boʻlgan MMA jangi sport olamida katta qiziqish uygʻotmoqda. Blogerning biznes hamkori Nakisa Bidaryanning aytishicha, hozirda Pol va mutlaq ogʻir vazn toifasidagi jahon chempioni Oleksandr Usik jamoasi oʻrtasida 2026-yilda MMA jangini tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.Usik avvalroq bir necha bor Jeyk Polni oktagonga chaqirgan edi. Endilikda bu chaqiriqlar jiddiy tus olyapti. Bidaryanning bayonotiga koʻra, Usik jamoasi

17 May 21:48
 
66
0
xs.uz

Tursunoy Jabborova — Osiyo chempionati sovrindori

Biroz avval ayollar o'rtasida -87 kg. vazn toifasida bahslar o'tkazildi. E'tiborlisi, ushbu vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Tursunoy Jabborova dast ko'tarishda 108 kg. natija qayd etib, bronza medalga sazovor bo'ldi.Afuski, Jabborovaga siltab ko'tarish va umumiy hisobda biroz omad yetishmadi u yakunda sakkizinchi pog'onadan joy oldi. Shuningdek, ushbu vaznda qatnashgan yana bir vakilimiz Nigora Suvonova oltinchi natijani qayd etdi.

31 May 08:50
 
32
0
xs.uz

“Universiada — 2025” g‘olib va sovrindorlari tantanali tarzda taqdirlandi

Mazkur tadbirda Hukumat vakillari, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, shuningdek, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo'mitalari rahbariyati, oliy ta'lim muassasalari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.Musobaqada g'alaba qozongan va sovrindor bo'lgan jamoalarga faxriy yorliq, medallar va esdalik sovg'alari topshirildi. Taqdirlash marosimida sportchilarning faolligi, ta'lim muassasalarining mehnati va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish borasida