Italiyada “Boburnoma” asarining taqdimoti boʻlib oʻtdi

Florensiya shahridagi tarixiy 'Palazzo Strozzi' saroyida tashkil etilgan tadbirda tarixchilar, sharqshunos olimlar, jamoat va madaniyat arboblari ishtirok etdi. Unda Boburning hayoti va ijodi, 'Boburnoma' asarining ahamiyati haqida atroflicha soʻz yuritildi.
Tadbir davomida Italiya Senati aʼzosi Rikardo Nenchini, 'Sandro Teti Editore' nashriyoti rahbari Sandro Teti, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, professor Bahrom Abduhalimov, Oʻzbekistonning Italiyadagi elchisi Abat Fayzullayev, Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov va boshqa nufuzli mehmonlar 'Boburnoma'ning Italiyada nashr etilishi ikki davlat oʻrtasidagi ijtimoiy-maʼnaviy hamkorlikning muhim voqeasi ekanini taʼkidlashdi.
Rikardo Nenchini ushbu asarni XV-XVI asrlarda Markaziy Osiyo, Afgʻoniston, Hindiston va Eron tarixiy voqealarini yorituvchi noyob ensiklopediya deb atadi. Shuningdek, 'Boburnoma'ning XVIII asrdayoq Yevropa tillariga tarjima qilinganini, bugungi nashr esa Oʻzbekiston va Italiya oʻrtasidagi adabiy-madaniy aloqalarning yorqin namunasi ekanini qayd etdi.
Bahrom Abduhalimov esa asarning italyan tiliga ilk bor tarjima qilinishi Bobur ijodining Italiyada va umuman Yevropada keng ommaga tanilishiga xizmat qilishini bildirdi. Mazkur loyiha oʻzbek va italyan olimlari oʻrtasidagi ilmiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishi taʼkidlandi.
Taqdimot davomida Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov madaniy merosni asrab-avaylash va targʻib etish borasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning olib borayotgan islohotlari alohida ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
Tadbir ishtirokchilari Italiyada Amir Temur va temuriylar, Bobur va boburiylar merosiga boʻlgan katta qiziqishdan mamnun ekanini bildirishdi. Shuningdek, Florensiyadagi Uffitsi galereyasida Amir Temurning noyob portreti saqlanishi, Bolonya universiteti kutubxonasida Ibn Sinoning qoʻlyozma asarlari mavjudligi haqida ham soʻz bordi. Tadbir doirasida Vatikandagi mashhur kutubxonaga tashrif ham rejalashtirilgani maʼlum qilindi.
Italiyaning 'Vico' kinokompaniyasi prezidenti Viktoriya Petrosyants esa ushbu tarjima yirik madaniy voqea ekanini qayd etib, Oʻzbekiston madaniy merosining boyligi va betakrorligini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, kompaniya bir necha yildan buyon Oʻzbekistonlik hamkorlar bilan buyuk allomalar hayoti haqida filmlar yaratmoqda.
Mazkur taqdimot va ilmiy-maʼrifiy tadbirlar Bobur merosiga boʻlgan qiziqishni yanada oshirdi va ikki xalq oʻrtasidagi madaniy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi
Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini
“Umida” (Fudziyama haqida tush) filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabariga ko'ra, ushbu film O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan, 'O'zbekfilm' kinokonserni tomonidan suratga olingan.Premerada taniqli kinoijodkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va san'at ixlosmandlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida film mazmuni, g'oyasi va dolzarbligi haqida chuqur fikrlar bildirildi.Film voqealari o'z kasbiga sodiq, insonlarga chin dildan yordam beruvchi psix
“Har bahor men Sizga gullar tutaman...”
15-may ' Oliy Majlis Senati aʼzosi, shoir Abdusaid Koʻchimov tavallud topgan kunJAVOBBir nihol ekdingmi Vatan bogʻiga,Mehringni toʻkdingmi choʻl, yantogʻiga,Gullarga chang-gʻubor qoʻngan chogʻidaArta biloldingmi chang-u gʻuborni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Bitta gʻisht qoʻydingmi maydonlariga,Bir vassa oʻydingmi ayvonlariga,Bir misra qoʻshdingmi dostonlariga,Kurab tashladingmi tomlardan qorni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Kimdir uzib ketsa dilbar gullarni,Kimdir buz
“Har bahor men Sizga gullar tutaman...”
15-may ' Oliy Majlis Senati aʼzosi, shoir Abdusaid Koʻchimov tavallud topgan kunJAVOBBir nihol ekdingmi Vatan bogʻiga,Mehringni toʻkdingmi choʻl, yantogʻiga,Gullarga chang-gʻubor qoʻngan chogʻidaArta biloldingmi chang-u gʻuborni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Bitta gʻisht qoʻydingmi maydonlariga,Bir vassa oʻydingmi ayvonlariga,Bir misra qoʻshdingmi dostonlariga,Kurab tashladingmi tomlardan qorni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Kimdir uzib ketsa dilbar gullarni,Kimdir buz