Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Mirzo Ulugʻbekning saroy kutubxonasiga bagʻishlangan burchak tashkil etiladi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini ekspozitsiyalar bilan boyitish jarayoni davom etmoqda. Jumladan, Mirzo Ulugʻbek davri saroy kutubxonasi boy ilmiy va maʼnaviy merosiga bagʻishlangan maxsus burchak tashkil etilishi ham koʻzda tutilgan. Kutubxona tarixan mukammal oʻrganilib, u haqidagi barcha manbalar yigʻilmoqda. Mirzo Ulugʻbekning ilmiy merosi, qoʻlyozmalari toʻplanadi va ekspozitsiya fondlari orasidan ularning faksimil nusxalari joy oladi. Bu haqda ushbu Markaz axborot xizmati maʼlum qildi.
Xabarda qayd etilishicha, Sharqda saroy kutubxonalari, nafaqat, ilm-fan, madaniyat va maʼrifat maskani, qolaversa hukmdorlar yashaydigan qarorgoh ham boʻlgan. Mirzo Ulugʻbekning saroy kutubxonasi oʻrta asrlar Sharq olamidagi eng nufuzli ilmiy markazlardan biri boʻlgan. Bu kutubxona Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan boʻlib, Ulugʻbekning shaxsiy tashabbusi bilan tashkil etilgan.
Kutubxona fondi nodir va kamyob kitoblar bilan toʻldirilgan. Ziyo maskanida astronomiya, matematika, falsafa, tibbiyot, tarix va boshqa fanlarga oid noyob qoʻlyozmalar jamlangan. Unda Sharq va Gʻarb olimlarining mashhur asarlari saqlangan.
Bu kutubxona Oʻrta Osiyoda ilm-fan taraqqiyotida muhim oʻrin tutgan. Kutubxona faqat kitoblar jamlangan joy emas, balki astronomlar, matematiklar va boshqa ilmiy xodimlar uchun oʻziga xos tadqiqot markazi boʻlgan. Ulugʻbekning oʻzi ham bu yerda ilm bilan shugʻullangan. Atrofiga zamon olimlarini yiqqan. Temuriylar hukmronligi zaiflashganligi Mirzo Ulugʻbek kutubxonasiga ham oʻz taʼsirini oʻtkazgan. Fonddagi noyob kitoblarning aksariyati yoʻqolgan.
Ulugʻbek vafotidan soʻng uning Samarqanddagi 15 ming kitobdan iborat mashhur kutubxonasi xavf ostida qoladi. Kutubxonani 'oʻz davrining Ptolomeyi' nomini olgan Ali Qushchi saqlab qolgan. Kutubxonadagi kitoblarning koʻp qismini Ali Qushchi Samarqand yaqinidagi Hazrat Bashir qishlogʻiga koʻchirgan. Koʻp oʻtmay, oʻzi ham taʼqiblarga uchrab Samarqandni tark etgan. Hozirgi kunda uning asl oʻrni va qoldiqlari haqida aniq dalillar mavjud emas. Uning Samarqanddagi Ulugʻbek madrasasi hududida joylashgani taxmin qilinadi.
Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi
Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini
“Umida” (Fudziyama haqida tush) filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabariga ko'ra, ushbu film O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan, 'O'zbekfilm' kinokonserni tomonidan suratga olingan.Premerada taniqli kinoijodkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va san'at ixlosmandlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida film mazmuni, g'oyasi va dolzarbligi haqida chuqur fikrlar bildirildi.Film voqealari o'z kasbiga sodiq, insonlarga chin dildan yordam beruvchi psix
“Har bahor men Sizga gullar tutaman...”
15-may ' Oliy Majlis Senati aʼzosi, shoir Abdusaid Koʻchimov tavallud topgan kunJAVOBBir nihol ekdingmi Vatan bogʻiga,Mehringni toʻkdingmi choʻl, yantogʻiga,Gullarga chang-gʻubor qoʻngan chogʻidaArta biloldingmi chang-u gʻuborni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Bitta gʻisht qoʻydingmi maydonlariga,Bir vassa oʻydingmi ayvonlariga,Bir misra qoʻshdingmi dostonlariga,Kurab tashladingmi tomlardan qorni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Kimdir uzib ketsa dilbar gullarni,Kimdir buz
“Har bahor men Sizga gullar tutaman...”
15-may ' Oliy Majlis Senati aʼzosi, shoir Abdusaid Koʻchimov tavallud topgan kunJAVOBBir nihol ekdingmi Vatan bogʻiga,Mehringni toʻkdingmi choʻl, yantogʻiga,Gullarga chang-gʻubor qoʻngan chogʻidaArta biloldingmi chang-u gʻuborni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Bitta gʻisht qoʻydingmi maydonlariga,Bir vassa oʻydingmi ayvonlariga,Bir misra qoʻshdingmi dostonlariga,Kurab tashladingmi tomlardan qorni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Kimdir uzib ketsa dilbar gullarni,Kimdir buz