calendar 10 Oct 18:40
eye 92
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkentda qoʻlbola aroq ishlab chiqarayotgan yashirin sexlar fosh etildi

image
Qoʻlbola alkogol mahsulotlari ishlab chiqargan yashirin sexdan 850 litr etil spirti ashyoviy dalil sifatida olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti'xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqarolar M.A., M.M. va boshqalar Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumani Qovunchi MFY hududidagi xonadonda yashirin sex tashkil etgan.

Maʼlum boʻlishicha, ular qalbaki aksiz markalardan foydalangan holda sotish maqsadida qoʻlbola alkogol mahsulotlarini ishlab chiqargan. Tadbir davomida ushbu xonadondan 'Toshkent oqshomi' nomli 185 dona isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsuloti hamda 85 dona yelim idishdagi jami 850 litr etil spirti ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Yakkasaroy tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'S.N.' MChJ rahbari B.X. xaridorga 2 dona aksiz markasi shubhali boʻlgan spirtli ichimlikni sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida ushbu doʻkondan turli nomdagi qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Manbaga koʻra, hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:44
 
36
0
xs.uz

Fargʻonada fermer xoʻjaligi 1,8 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalandi

Fargʻona viloyati Yozyovon tumanida fermer xoʻjaligi tomonidan 1,8 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'HET' AJ Energosavdo filiali xodimlari tomonidan Yozyovon tumanida navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazilgan. Unda 'A.A.F' fermer xoʻjaligi tomonidan ikkilamchi (kommutatsion) kuchlanish zanjirlarini qasddan uzib qoʻyib, hisoblagichdan tashqari elektr tarmogʻidan foydalanib kelinga

04 Jun 02:44
 
33
0
xs.uz

Andijonda 6 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi

Andijon viloyati Shahrixon tumanida 6 ta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, voqea bugun, 3-iyun kuni soat 16:30 larda Shahrixon tumani 'Begbachcha' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro avtomobil yoʻlining 415 kilometrida sodir boʻlgan.Aniqlik kiritilishicha, 42 yoshli Q.S. 'Toshkent-Andijon' yoʻnalishi boʻyicha 'Hyundai' rusumli yuk mashinasini boshqarib ketayotib, rulda chalgʻib qolgan

04 Jun 02:44
 
114
0
xs.uz

“Insonparvarlik yordami bilan sogʻligimni tikladim”

Farhod ESONOV'Xalq soʻzi'. Yangi Oʻzbekistonda kambagʻallikni qisqartirish va kuchli ijtimoiy himoyaning mukammal tizimini yaratish ijtimoiy siyosatning asosiy yoʻnalishiga aylangan. Bu yoʻlda har bir insonning farovonligi, jamiyatda oʻz oʻrnini topishi va kelajakka ishonch bilan qarashi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.Bu jarayonda 'Inson qadri uchun', 'Xalq davlatga emas, davlat xalqqa xizmat qiladi' kabi xalqchil tamoyillarga asoslangan islohotlar, 'Temir daftar', 'Ayollar da

04 Jun 02:44
 
123
0
xs.uz

Bundan 58 yil muqaddam qurilgan oʻyingoh zamonaviy qiyofa kasb etdi

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Kogon shahridagi 'Lokomotiv' oʻyingohi 1967-yilda barpo etilgan. Vaqt oʻtishi bilan u zamonaviy talablarga javob bermay qoʻydi. Taʼmirtalab holga tushdi. Vaholanki, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishi, sportning u yoki bu turi bilan professional darajada shugʻullanish uchun bu inshoot juda kerak.Ana shuni hisobga olgan Buxoro viloyati hokimligi bu yerdagi eski binolarni demontaj qilish va ular oʻrniga yangi, zamonaviy qulayliklarga ega inshoot