calendar 26 Jul 16:06
eye 51
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Shohjahon Jo‘rayevga qarshi ochilgan ish sudga oshirildi

image

Avvalroq xonanda Shohjahon Jo‘rayev sobiq turmush o‘rtog‘ini haqorat qilganlikda ayblanib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140-moddasi (Haqorat qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi. Endilikda mazkur holat sudga oshirildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Shohjahon Jo‘rayev jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining 2023 yil 7 fevraldagi qarori bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasida (Haqorat qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan va 1,5 mln so‘m jarimaga tortilgan. Biroq oradan ko‘p o‘tmay, shu yilning 15 martida xonanda sobiq turmush o‘rtog‘iga Telegram orqali ovozli xabar yuborib, haqoratlagan holda uning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlagan.

Bundan tashqari, Jo‘rayev o‘zining shu kabi harakatlarini davom ettirib, 2023 yil 12 dekabr kuni ham sobiq turmush o‘rtog‘i istiqomat qiladigan ko‘p qavatli uy yoniga borib, uni haqorat qilgan. 

“Mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudyasiga kelib tushgan. Voqea Mirzo Ulug‘bekda bo‘lgani uchun sudya ishni Mirzo Ulug‘bek tuman sudiga ko‘chirishni so‘ragan”, deydi Zokirjon Qo‘ziboyev.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 15:48
 
174
0
postda.uz

BUGUNGI DUNYONING GEOSIYOSIY MANZARASI

Ma’naviyat va ma’rifat darsiXIX asr boshida boshlangan to‘rtinchi sanoat inqilobi yutuqlari asosida shakllangan postindustrial modelning o‘z taraqqiyot yo‘lida jadal rivojlanishi kutilmagan oqibatlarga olib keldi. Ayniqsa, XXI asrga kelib, uning global modelga o‘tishi dunyodagi mavjud geosiyosiy vaziyatni o‘zgartirib yubordi. Bugunga kelib esa jahon arxitekturasining insoniyatni birlashtirishga qaratilgan yagona geosiyosiy modelini xavf ostida qoldirdi.Turli qarama-qarshi kuchlar v

11 Jul 15:13
 
42
0
xs.uz

Oʻtkir Hoshimovning “Nur borki, soya bor” asari xitoy tiliga tarjima qilindi

Tadbirda mamlakatimiz elchixonasi diplomatlari, Xitoy davlat matbuot muassasalari, nashriyot va bosma uylari vakillari, yetakchi adabiyotshunos olimlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.Asar Xitoyda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan vatandosh Dildora Ismoilova tomonidan elchixona koʻmagida xitoy tiliga tarjima qilindi.Taqdimotda soʻzga chiqqanlar, Oʻzbekiston va Xitoy qadimiy Buyuk ipak yoʻlidagi koʻp asrlik tarix, boy madaniyat va noyob anʼanalarga ega mamlakatlar ekanligini taʼkid

11 Jul 15:13
 
32
0
xs.uz

Namanganda Forobiy qalamiga mansub nodir kitob topildi

Namanganda XI va XIV asrga oid noyob qilich, Baqtriya va Xitoy tangalari, Abu Nasr Forobiy qalamiga mansub nodir kitob topildi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati'xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasidagi bebaho eksponatlar soni yana oʻn adadga ortgan. Mutaxassislar tomonidan XI asrga oidligi aytilayotgan qilich jangdan chiqqan holatda saqlangan. U qattiq poʻlatdan Axsikent temirchilari tomonidan yasalgan.Ikkinchi aslaha

26 Jul 10:18
 
17
0
postda.uz

YЕTMISh YILLIK YO‘L

Adolatli, halol, mehnatsevar insonlar doimo xalqimizning hurmat-e'tiborida bo‘lgan. Uzoq yillar ichki ishlar organlarida samarali xizmat qilgan iste'fodagi podpolkovnik Shavkat Otajonov ham ana shunday fidoyi insonlardan biridir.Yoshlikdan ilm olishga, o‘qimishli, ma'rifatli inson bo‘lishga intilgan Shavkat Otajonov maktabni tamomlagach, Urganch davlat pedagogika institutida tahsil oldi. U 1975–1981-yillar Urganch tumanidagi maktabda o‘quvchilarga ingliz tilidan saboq berdi va kel