Ma’naviyat va ma’rifat darsi
XIX asr boshida boshlangan to‘rtinchi sanoat inqilobi yutuqlari asosida shakllangan postindustrial modelning o‘z taraqqiyot yo‘lida jadal rivojlanishi kutilmagan oqibatlarga olib keldi. Ayniqsa, XXI asrga kelib, uning global modelga o‘tishi dunyodagi mavjud geosiyosiy vaziyatni o‘zgartirib yubordi. Bugunga kelib esa jahon arxitekturasining insoniyatni birlashtirishga qaratilgan yagona geosiyosiy modelini xavf ostida qoldirdi.
Turli qarama-qarshi kuchlar va markazlar o‘z manfaatlari yo‘lida xalqaro huquq normalariga ochiqdan-ochiq zid ravishda harakat qilishlari eski va yangi ixtiloflar, mojarolarni qo‘zg‘ab yubordi. Natijada hozirgi kunda dunyoning 22 ta mamlakatida notinchlik hukm surib, urushlar alanga olganligini kuzatish mumkin. Fikrimizcha, bu ayanchli holatlardan to‘rtta jahon geosiyosati yo‘nalishlarini belgilab bermoqda.
Birinchisi, harbiy qudrat va salohiyatga ega bo‘lgan davlatlar o‘z hudud va ta’sir doiralarini kengaytirish maqsadlaridan voz kechmasdan, qurollanish poygasiga zo‘r berishmoqda. Natijada 2022-yildan e’tiboran, Ukrainada, Isroil–Falastin, Armaniston–Ozarbayjon, Pokiston–Hindiston, Janubiy va Shimoliy Koreya, Serbiya–Kosovo, Turkiya–Gretsiya, Isroil–Eron kabi mamlakatlarda azaldan mavjud bo‘lgan mojarolar yangi tus olmoqda.
Ikkinchisi, 2024-yilda dunyoning 70 ta mamlakatida prezidentlik yoki parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi va ularda jahon aholisining yarmidan ko‘pi ishtirok etib, o‘z yetakchilarini saylab olishadi. Ushbu elektoral saylovlar natijalari nafaqat mazkur davlatlarga, balki jahon siyosati va xavfsizligiga ham muayyan ta’sir o‘tkazishi va yangi o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.
Uchinchisi, Amerika–Xitoy munosabatlarining rivojlanish dinamikasi xalqaro xavfsizlik tizimi kelajagini belgilashi mumkin. Zero, Pekin va Vashington munosabatlarida hali hanuz keskinlik va ziddiyatlar mavjud.
To‘rtinchisi, mintaqalashuv tendensiyasi tobora kuchayib va kengayib bormoqda. BRIKS, SHHT, Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqa mintaqaviy tashkilotlarga a’zo davlatlar «Katta yettilik» mamlakatlariga muqobil bo‘la oladigan, o‘zining global boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan, iqtisodi barqaror o‘sishni uzluksiz ta’minlayotgan va barqaror rivojlanayotgan davlatlardir. Ularning soni muttasil o‘sib borayotganligi, hamkorlikda turli sohalarda erishayotgan yutuq va muvaffaqiyatlari ko‘plab davlatlarda qiziqish uyg‘otmoqda. O‘z navbatida bu davlatlar ham ular safiga kirish xohish-istaklarini bildirishmoqda.
Mazkur mintaqaviy tashkilot va birlashmalar faoliyatiga chuqurroq e’tibor qaratilsa, bugungi geosiyosiy manzara yanada oydinlashadi. Masalan, BRIKS mintaqaviy iqtisodiy birlashmasiga 2009-yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy a’zo bo‘lgan, 2011-yilda esa Janubiy Afrika Respublikasi qo‘shilgan. 2023-yilda BRIKSning Yoxanesburg shahrida bo‘lib o‘tgan sammitida yangi 5 ta davlat – Eron, Saudiya Arabistoni, Misr, Efiopiya va BAA qo‘shildi. Birlashmaga a’zo bo‘lish uchun yana 23 ta davlat ariza topshirgan.
BRIKS nafaqat iqtisodiy birlashma, balki o‘ziga xos siyosiy brend sifatida ham tanildi. Masalan, uning Taraqqiyot banki tomonidan a’zo mamlakatlar uchun o‘z raqamli valyutasiga o‘tishga hozirlik e’lon qilinishi xalqaro maydonda AQSHni asosiy moliyaviy-iqtisodiy manbayi bo‘lgan dollarning milliy iqtisodlaridan mosuvo qilishi mumkinligi haqida bashorat qilinmoqda. Birlashmaning bunday qadamlari jahon geosiyosati va iqtisodiy munosabatlariga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin.
Jahon siyosati va iqtisodiyotida tobora nufuzi ortib borayotgan SHHT 2001-yilda tuzilgan mintaqaviy xalqaro tashkilot bo‘lib, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston uning asoschilari hisoblanadi. Bugungi kunda tashkilotga 10 ta davlat a’zo, uchta davlat kuzatuvchi maqomiga, 14 ta davlat tashkilot bilan muloqot qilish bo‘yicha hamkor maqomiga ega. Bu esa tashkilotning xalqaro siyosatdagi o‘rni va nufuzining ortib borayotganligi hamda hozirgi murakkab geosiyosiy vaziyatda mintaqa mamlakatlari birlashuvi mustahkamlanayotganligidan dalolatdir.
SHHTning yaqinda Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan «SHHT plyus»formatidagi uchrashuvda nutq so‘zlagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Global siyosiy va iqtisodiy «parchalanishlar», urushlar va mojarolar xalqaro munosabatlar tizimi asosi va hal qiluvchi tamoyillarining yemirilishiga olib kelmoqda», deb ta’kidladi.
Yangi jahon tartiboti shakllanayotgan hozirgi davrda Turkiy davlatlar tashkiloti butun mintaqamiz xavfsizligi garovi bo‘lishi lozimligi haqida fikrlar bildirilmoqda. Ushbu tashkilotga a’zo davlatlarning iqtisodiy va inson resurslari uning global tinchlik va xavfsizlik masalalarida jahonning asosiy geosiyosiy kuchlaridan biriga aylanishiga imkoniyat yaratadi. Zero, siyosiy o‘zgarishlarning yangi bosqichida uzoq muddatli xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun ijtimoiy va tabiiy omillarni inobatga olish zarurligi, hamkorlar bilan raqobat emas, faqat birgalikda harakat qilish va kelajak avlod oldidagi mas’uliyatni his etgan holda, barqaror tinchlik va xavfsizlikka erishish mumkinligi isbotlanmoqda.
Xulosa o‘rnida ta’kidlashimiz lozimki, jahonda kechayotgan murakkab hamda xavfli tahdid va tajovuzlar jarayonida faqatgina ezgulik, tinchlik, barqarorlik, hamkorlik va do‘stlik yo‘lini tanlagan mamlakatlargina birgalikda ushbu muammolarni hal etishlari mumkin. Davlatimiz rahbarining bu boradagi tashabbus va takliflari jahon hamjamiyati, BMT, shuningdek, boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hamda davlatlar rahbarlari, siyosatchilar tomonidan iliq kutib olinmoqda, ma’qullanmoqda, bu esa ko‘p vektorli O‘zbekiston tashqi siyosatining naqadar pragmatik va ochiq ekanligining dalolatidir.
Shuhrat G‘OYIBNAZAROV,
siyosiy fanlar doktori, professor,
iste’fodagi polkovnik.
Navoiydan bahra olgan Gʻarb
Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan buyuk mutafakkirdir. Shu paytga qadar turk dunyosida uningchalik katta va sermazmun merosga ega boʻlgan shoirni uchratish qiyin. Alisher Navoiy nafaqat shoir va mutafakkir, balki yirik davlat va jamoat arbobi ham edi. U haqli ravishda oʻziga qadar turkiy tilda hech kim bu qadar yuksak choʻqqilarga chiqa olmaganini namoyish etdi. 'Gʻaroyibus-sigʻar'dan oʻrin olgan bir masnaviyda oʻqiymiz:Men ulmenki,
Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi
Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini
Vatan manzumasi
Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj
Bugun 'Rossiya madaniyat kunlari' doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻri