calendar 26 Jul 10:18
eye 21
comments 0
comments Manba: postda.uz

YЕTMISh YILLIK YO‘L

image

Adolatli, halol, mehnatsevar insonlar doimo xalqimizning hurmat-e'tiborida bo‘lgan. Uzoq yillar ichki ishlar organlarida samarali xizmat qilgan iste'fodagi podpolkovnik Shavkat Otajonov ham ana shunday fidoyi insonlardan biridir.

Yoshlikdan ilm olishga, o‘qimishli, ma'rifatli inson bo‘lishga intilgan Shavkat Otajonov maktabni tamomlagach, Urganch davlat pedagogika institutida tahsil oldi. 

U 1975–1981-yillar Urganch tumanidagi maktabda o‘quvchilarga ingliz tilidan saboq berdi va kelgusidagi faoliyatini xalq ta'limi sohasida davom ettirdi.

1984-yil Urganch tumani IIB boshlig‘ining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Shavkat Otajonov yetti yillik samarali xizmati davomida kadrlar bilan ishlash sohasidagi bilim va malakasini boyitdi. 

1991-yil mayor Shavkat Otajonov viloyat IIB boshlig‘ining shaxsiy tarkibni ijtimoiy-huquqiy himoyalash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlanib, viloyat va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlarning ma'naviy-ma'rifiy bilimlarini oshirish, ularga ijtimoiy yordam berish, yurtga va kasbga sadoqat ruhida tarbiyalashda o‘zining rahbarlik va tashkilotchilik qobiliyatini namoyon qildi. Bir qator uslubiy va tahliliy qo‘llanmalar ishlab chiqilishiga bosh-qosh bo‘ldi.

Ustoz-shogird an'analariga amal qilib, Kenja Otajonov, Qalandar Xudoyberganov, Ozod Abdullayev, Komil Ibragimov, Xudargan Boltayev, Ramonbergan Avezovlar keyinchalik ichki ishlar organlarining turli sohaviy xizmatlarida rahbarlik lavozimlarida uzoq yillar samarali xizmat qilishdi. 

Shavkat Otajonov viloyat IIB huzuridagi Qo‘riqlash hamda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalarida mas'ul lavozimlarda ham samarali xizmat qildi va yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta'minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashishda faol ishtirok etdi. El-yurt tinchligi uchun qilingan fidoyi xizmat besamar ketmadi va u Ichki ishlar vazirligining faxriy yorliqlari, ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

Hayotini yurtimiz osoyishtaligi, jamiyatimiz farovonligiga baxshida etgan bu fidoyi insonning pensiyaga chiqqaniga o‘n yetti yildan oshgan bo‘lsa-da, u hamon jamiyatimiz rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Qolaversa, yosh xodimlarni Vatanga muhabbat, kasbiga mehr, burchiga sadoqat ruhida tarbiyalashda o‘z maslahatlarini ayamayapti. 

Yaqinda viloyat IIB rahbariyati tomonidan qutlug‘ yetmish yoshni qarshilagan lavhamiz qahramoniga «Ichki ishlar organlari faxriy xodimi» ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda Shavkat Otajonov bunday e'tibor va e'tirof uchun IIV hamda viloyat IIB rahbariyatiga o‘z minnatdorligini izhor etdi. 

– Vatanga xizmat qilish, el-yurt tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash ishi har kimga ham nasib etavermaydi, – deydi Shavkat Otajonov. – Taqdirimga mana shunday mas'uliyatli va sharafli vazifa yozilganiga behisob shukronalar qilaman. Bugun shogirdlar e'tibori va e'tirofidan ko‘nglim tog‘dek ko‘tarildi. Shirin xotiralar gavdalandi. Buyam bir baxt, axir. Yoshlarga baxt va omad, xizmatlariga muvaffaqiyatlar tilayman. Yurtimiz doimo tinch va obod bo‘lsin.

Xudoybergan JABBOROV,

o‘z muxbirimiz.

Xorazm viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 13:07
 
110
0
xs.uz

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tilga kirdi: Bobur haqida film suratga olinayotgani haqiqatdan yiroqligi maʼlum qilindi

Maʼlum qilinishicha, Bobur bilan bogʻliq tarix haqida dunyo ahlini chalgʻitish kabi bu holat mamlakat jamoatchiligini, ziyolilarni tashvishga solib, keskin munosabatlarga sabab boʻldi.'Shu qatori meni ham bu holat qattiq tashvishga soldi va tegishli davlat tashkilotlari, elchixonalar bilan vaziyat yuzasidan maʼlumot olish uchun bogʻlandim. Aytish lozimki, film haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq va bunga oydinlik ham kiritilmoqda. Albatta, bu masalaga yana aniqlik kiritib, qoʻshimcha xabar

26 Jul 16:06
 
55
0
qalampir.uz

Shohjahon Jo‘rayevga qarshi ochilgan ish sudga oshirildi

Avvalroq xonanda Shohjahon Jo‘rayev sobiq turmush o‘rtog‘ini haqorat qilganlikda ayblanib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140-moddasi (Haqorat qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi. Endilikda mazkur holat sudga oshirildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. Shohjahon Jo‘rayev jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining 2023 yil 7 fevraldagi qaror

14 Aug 06:38
 
33
0
xs.uz

“Qarshimda bir olam turar bahorroʻy…”

Usmon AZIM tavallud topgan kunVATAN HAQIDA SHEʼROpa, esingizda-ku,('O, hanuz ogʻriydi dil')Ochliqdan qorni shishganQirq beshinchi mashʼum yil.Yetti yoshda edingizSizga emasdi pinhon:Urush ' oʻlim, shodlik ' xat,Tiriklik-ku, aniq ' non.Opa, esingizda-ku,Kelganda javzo oyi,Sargʻayib dumbul tortdiBolgʻalining bugʻdoyi.Yuvoshgina qush kabiHayotning isin sezib,Dala kezar edingiz,Kaftingizda don ezib,Siz aniq bilardingiz,Tiriklikning ismi ' non,html5-dom-document-internal-entity1-hellip-endBosi

26 Jul 10:18
 
29
0
postda.uz

YЕTMISh YILLIK YO‘L

Adolatli, halol, mehnatsevar insonlar doimo xalqimizning hurmat-e'tiborida bo‘lgan. Uzoq yillar ichki ishlar organlarida samarali xizmat qilgan iste'fodagi podpolkovnik Shavkat Otajonov ham ana shunday fidoyi insonlardan biridir.Yoshlikdan ilm olishga, o‘qimishli, ma'rifatli inson bo‘lishga intilgan Shavkat Otajonov maktabni tamomlagach, Urganch davlat pedagogika institutida tahsil oldi. U 1975–1981-yillar Urganch tumanidagi maktabda o‘quvchilarga ingliz tilidan saboq berdi va kel