VATAN HAQIDA SHEʼR
Opa, esingizda-ku,
('O, hanuz ogʻriydi dil')
Ochliqdan qorni shishgan
Qirq beshinchi mashʼum yil.
Yetti yoshda edingiz
Sizga emasdi pinhon:
Urush ' oʻlim, shodlik ' xat,
Tiriklik-ku, aniq ' non.
Opa, esingizda-ku,
Kelganda javzo oyi,
Sargʻayib dumbul tortdi
Bolgʻalining bugʻdoyi.
Yuvoshgina qush kabi
Hayotning isin sezib,
Dala kezar edingiz,
Kaftingizda don ezib,
Siz aniq bilardingiz,
Tiriklikning ismi ' non,
html5-dom-document-internal-entity1-hellip-endBosib ketdi dalani
Ot dupuri nogahon.
Kaftingizga jonsarak
Yashirdingiz boshoqni.
E voh, yer shuncha qattiq,
Osmon shuncha uzoqmi?!
Qanotingiz boʻlsa ham.
Qayga uchardingiz, xoʻsh?
Ot kelar, chavandozning
Bir yengi hilpirar ' boʻshhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end
Tanidingiz bu ' rais,
Undan titraydi qishloq.
'Rais' desa jim hotar.
'Yigʻlayotgan' qoʻgʻirchoq,
html5-dom-document-internal-entity1-hellip-endEslaysiz, magazinda,
Boʻlgan edi 'ur-yiqit'.
'Yoʻq, yana quyasan', deb
Hayqirdi birqoʻl yigit.
U yigʻladi goʻdakdayhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end
'Shahid qolgan doʻstlarning
Qasosini albatta,
Olaman', deb boʻzladi.
Boqilgan qoʻyday semiz,
Magazinchi Shoyimning
Yoqasiga yopishdi:
'Topdim!' deya xoinni.
Ertasi xotin-xalaj
Yigʻildi ' umummajlis.
Yigit oʻrindan turdi:
' Saylanglar, boʻlay raishtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end
Saylashsa saylasharda,
Odam kam-u, rais moʻl!
Mayli, yarab qoladihtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end'
Xotinlar koʻtardi qoʻl.
Keyin rais hayqirdi:
'Agar kelguncha zafar,
Kim oʻzini ayasa,
Mana qamchi!.. Xotinlar!'
Nonning lazzatini-ku,
Toʻlab boʻlmas qamchisizhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end
Boshingizni qoʻl bilan
Bekitib choʻkdingiz tilhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end
' Bu yurganing nimasi,
Oyoqyalang, boshyalang.
(Don toʻla kaftingizni
Siqdingiz qoʻrqib mahkam)
' Qani, qoʻlingda nima?
(Qoʻrquv, dahshat aralash
Kaftingizni ochdingiz '
Endi mumkin savalash).
Koʻzingiz yoshsiz edi,
Jiddiy ' tayyor xoʻrlikka.
Kim ham rahm qilardi
Sagʻir qolgan shoʻrlikka.
Hamma butun tayoqlar
Yetim boshda sinadihtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end
Rais otidan tushib
Boshingizni siladi.
Ishonmasdan boqdingiz
Koʻzlariga umidvor.
Hayrat ichra qotdingizhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end
U yigʻlardi shashqator.
Yigʻlar edihtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end Qizimni
Ezmasin, deb choʻng qaygʻu.
Tunda sassiz ezilgan
Onangizga oʻxshab u.
Siz ham zor yigʻlab birdan
Osildingiz boʻynigahtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end
Ot oʻynatib u ketdi
Bugʻdoyzorning qoʻynidan.
Javzo. Bir erka shamol
Bugʻdoyzorga urar toʻsh.
Ot yelar. Chavandozning
Bir yengi hilpirar ' boʻsh.
Opa, oʻshandan buyon
Vatan haqida suhbat
Qoʻzgʻalsa kirib kelar
Koʻzingizga bir surat:
Javzo. Bir erka shamol
Bugʻdoyzorga urar toʻsh.
Ot yelar. Chavandozning
Bir yengi hilpirar ' boʻsh..
Opa, Vatan ' ulugʻ dard,
Opa, Vatan bogʻ boʻlsin!
Sheʼrda suratin chizsam,
Toʻrt muchasi sogʻ boʻlsin!
* * *
Tong chogʻi tun bilan kunduz uchrashdi,
Tunda armon bilan yulduz uchrashdi,
Bahor bilan kuzak ' baxtxush uchrashdi,
Toshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.
Bulut zamin bilan yigʻlab uchrashdi,
Shamol kurtaklarni ilgʻab uchrashdi.
Visol hijron bilan minglab uchrashdi,
Yoshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.
Oʻlik zil tuproqni otdi koʻtarib,
Gʻofil tiriklarni topdi axtarib,
Yoʻqlik va borliqni oralab, gʻarib '
Boshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.
Sarxush ari bilan uchrashdi gullar.
Erka shodlik bilan uchrashdi munglar,
Nigohlar, bagʻirlar, lablar-u qoʻllar,
Qoshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.
Yoningda turibman dalli devona,
Yorima, ketdimi ishq yona-yona?
Men seni quchamanhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end Sovuq, begona '
Loshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.
* * *
Bizni chalkashtirdi soat millari,
Soating toʻxtadi oʻn yil muqaddam.
Oʻn marta aylandi mening yillarim,
Sen oʻn yil kechikib kelding, Muharram.
Havo quyuq edi. Kecha bejon, kenghtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end
Hech umid yoʻq edi oydin roʻzimdan.
Vaqtga (oʻn yil avval) kelolmadim teng,
Vaqt uchdi ajratib meni oʻzimdan.
Bir soʻzim bor edi ' u soʻz toʻzidi,
Bir oʻyim bor edi ' quridi u oʻy.
Sen kelding eritib yillar muzini,
Qarshimda bir olam turar bahorroʻy.
Besabr boqursan, notinch boqursan,
Uyqu bermagaysan sheʼrlar yozdirib.
Bormasam olamni oʻtda yoqursan,
Koʻzlaring qalbimga kirar bostirib.
Toqat qil. Shoshirma. Men borayapman.
Poyimdan nur kabi oqa boshlar Yer.
Ketmagin. Men sendan oʻn yil nariman.
Oʻn yildan oʻtishga oʻn daqiqa berhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj
Bugun 'Rossiya madaniyat kunlari' doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻri
Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi
Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini
Vatan manzumasi
Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra
“Nimaga unutay dard, kulfatimsan, sevgim eding, men axir...”
20-iyun ' taniqli shoir Abduvali Qutbiddin tavallud topgan kunQASAMFaromush bogʻlarda sollanib mahzun,Zarrin sarpolarda, davlati fuzun,Qalbimga ataydi non hamda tuzin,Yo jonim muhabbat,Sim-sim-ey, sim-sim,Mabodo aldasam, qoʻllarim sinsin.Oʻtkinch tilaklarda bolalik badbaxt,Sevgining nomidan yozadi tilxat.Agarda yashasam qaldirgʻochsifat,Qizgʻaldoq enamdir,Sim-sim-ey, sim-sim,Mabodo aldasam, qoʻllarim sinsin.Ortimda choʻl dedim, koʻrsam, Badaxshon,Qadimiy tangaday behamyon, beshon.Oʻzimn