calendar 26 Jul 10:18
eye 31
comments 0
comments Manba: postda.uz

YЕTMISh YILLIK YO‘L

image

Adolatli, halol, mehnatsevar insonlar doimo xalqimizning hurmat-e'tiborida bo‘lgan. Uzoq yillar ichki ishlar organlarida samarali xizmat qilgan iste'fodagi podpolkovnik Shavkat Otajonov ham ana shunday fidoyi insonlardan biridir.

Yoshlikdan ilm olishga, o‘qimishli, ma'rifatli inson bo‘lishga intilgan Shavkat Otajonov maktabni tamomlagach, Urganch davlat pedagogika institutida tahsil oldi. 

U 1975–1981-yillar Urganch tumanidagi maktabda o‘quvchilarga ingliz tilidan saboq berdi va kelgusidagi faoliyatini xalq ta'limi sohasida davom ettirdi.

1984-yil Urganch tumani IIB boshlig‘ining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Shavkat Otajonov yetti yillik samarali xizmati davomida kadrlar bilan ishlash sohasidagi bilim va malakasini boyitdi. 

1991-yil mayor Shavkat Otajonov viloyat IIB boshlig‘ining shaxsiy tarkibni ijtimoiy-huquqiy himoyalash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlanib, viloyat va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlarning ma'naviy-ma'rifiy bilimlarini oshirish, ularga ijtimoiy yordam berish, yurtga va kasbga sadoqat ruhida tarbiyalashda o‘zining rahbarlik va tashkilotchilik qobiliyatini namoyon qildi. Bir qator uslubiy va tahliliy qo‘llanmalar ishlab chiqilishiga bosh-qosh bo‘ldi.

Ustoz-shogird an'analariga amal qilib, Kenja Otajonov, Qalandar Xudoyberganov, Ozod Abdullayev, Komil Ibragimov, Xudargan Boltayev, Ramonbergan Avezovlar keyinchalik ichki ishlar organlarining turli sohaviy xizmatlarida rahbarlik lavozimlarida uzoq yillar samarali xizmat qilishdi. 

Shavkat Otajonov viloyat IIB huzuridagi Qo‘riqlash hamda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalarida mas'ul lavozimlarda ham samarali xizmat qildi va yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta'minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashishda faol ishtirok etdi. El-yurt tinchligi uchun qilingan fidoyi xizmat besamar ketmadi va u Ichki ishlar vazirligining faxriy yorliqlari, ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

Hayotini yurtimiz osoyishtaligi, jamiyatimiz farovonligiga baxshida etgan bu fidoyi insonning pensiyaga chiqqaniga o‘n yetti yildan oshgan bo‘lsa-da, u hamon jamiyatimiz rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Qolaversa, yosh xodimlarni Vatanga muhabbat, kasbiga mehr, burchiga sadoqat ruhida tarbiyalashda o‘z maslahatlarini ayamayapti. 

Yaqinda viloyat IIB rahbariyati tomonidan qutlug‘ yetmish yoshni qarshilagan lavhamiz qahramoniga «Ichki ishlar organlari faxriy xodimi» ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda Shavkat Otajonov bunday e'tibor va e'tirof uchun IIV hamda viloyat IIB rahbariyatiga o‘z minnatdorligini izhor etdi. 

– Vatanga xizmat qilish, el-yurt tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash ishi har kimga ham nasib etavermaydi, – deydi Shavkat Otajonov. – Taqdirimga mana shunday mas'uliyatli va sharafli vazifa yozilganiga behisob shukronalar qilaman. Bugun shogirdlar e'tibori va e'tirofidan ko‘nglim tog‘dek ko‘tarildi. Shirin xotiralar gavdalandi. Buyam bir baxt, axir. Yoshlarga baxt va omad, xizmatlariga muvaffaqiyatlar tilayman. Yurtimiz doimo tinch va obod bo‘lsin.

Xudoybergan JABBOROV,

o‘z muxbirimiz.

Xorazm viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:36
 
25
0
xs.uz

“Sharq taronalari”: oʻzbekcha kuylagan yapon qizi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Registonning muazzam maydoni uzra turli tillarda ijro etilayotgan kuy-qoʻshiqlarni ezgulik jarchisi, deyish mumkin.Dunyoning 80 yaqin davlatidan 400 nafardan ortiq musiqa sanʼati namoyandalari qatnashayotgan 'Sharq taronalari' XIII xalqaro musiqa festivali tanlovining dastlabki kunida Bolgariya, Latviya, Sudan, Gretsiya, Hindiston, Qozogʻiston, Eron, Turkmaniston, Yaponiya, Malayziya, Mongoliya, Ozarbayjon vakillari oʻz dasturlarini namoyish etdi.Yaponiya

03 Sep 21:36
 
29
0
xs.uz

Oʻzbek sanʼati ogʻir judolikka uchradi

Oʻzbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq artisti Bobomurod Hamdamov 2024-yilning 2-sentyabr kuni 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.Bobomurod Hamdamov 1940-yilda Turkmanistonning Chorjoʻy shahrida tugʻilgan. U oʻzbek milliy qoʻshiqchilik sanʼatining rivojlanishida salmoqli hissa qoʻshib, bir nechta oʻlmas asarlar yaratdi va tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻldi. Ayniqsa uning 'Sulton Jaloliddin', 'Kim ekan', 'Devona',

26 Jul 10:18
 
72
0
postda.uz

MAHALLA — QADRIYATLAR MASKANI

Jonajon diyorimizda mahallalar juda ko‘p bo‘lib, ularning o‘ziga xos nomlari bizga tarixdan so‘zlaydi. Chunki ularda xalqimizning uzoq va shonli tarixi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti, madaniy merosi aks etadi. Sharqqa xos madaniyatni o‘zida jamlagan mahallalarimiz nufuzini oshi­rish, mahalla orqali yurtimiz rivoji uchun xizmat qilish eng oliy burch­larimizdan biridir. Prezidentimiz o‘z nutqlarida «Biz faoliyatimizning birinchi kunlaridan hamma ishni mahallada, xalqimiz bilan

26 Jul 16:08
 
59
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Ozarbayjon Xalq artisti Firudin Safarov vafot etdi

'Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi jamoasi marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi', deyiladi xabarda.Aytish joiz, Firudin Safarov opera teatr sanʼatida oʻziga xos oʻchmas iz qoldirgan noyob isteʼdod egasi, oʻz kasbiga sadoqatli va fidoyi sanʼatkor boʻlgan. Shuningdek, u Oʻzbekistondagi ommaviy bayramlarning badiiy rahbari va sahnalashtiruvchi-rejissyori sanalgan.