Mashhur hind kino yulduzi Hema Malini Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi

'Qadrli doʻstlarim va oʻzbek xalqi, meni xalqaro kinofestivalga taklif qilganlaringiz uchun minnatdorlik izhor qilaman hamda tez kunlarda Toshkentda boʻlib oʻtadigan uchrashuvlarni intiqlik bilan kutib qolaman', deb taʼkidlagan Hema Malini oʻzbek kino ixlosmandlariga qilgan videomurojaatida.
Kinoaktyor, prodyuser, rejissyor, raqqosa va siyosatchi Hema Malini 'Zita va Gita', 'Qasos va qonun', 'Samrat' hamda boshqa filmlarda oʻynagan rollari bilan yaxshi tanish. Uning mashhurligi, ayniqsa, 'Ali bobo va qirq qaroqchi' filmi kino ekranlariga chiqqanidan soʻng yanada yuksaklikka koʻtarilgan.
Kinotomoshabinlar uning soʻnggi yillarda tushgan filmlaridan biri ' 'Vir va Zara'ni ham katta qiziqish bilan kutib olgan.
XVI Toshkent xalqaro kinofestivali joriy yil 15-19-sentyabr kunlari oʻtkazilishi kutilmoqda.
Barhayot satrlar
Yangi yil munojotiVaqtning chopqirligiga hayratim tugamasdir,Yilning oʻtishi goʻyo chaqnagan chaqmoq misol.Yil nadir, umr oʻzi aslida bir nafasdir,Eshikdan kirib shu on darchadan chiqmoq misol.Besh yuz yil yashar emish togʻ ahli bir qabila,Sabrni maslak bilib, qanoatni toat deb.Uy tiklamas emishlar birgina sabab ila,Shu ozgina umrga ranj chekmoq na hojat deb.Bu-ku bir afsonadir, aslida ahli olamOdamdek yashash istar shu besh kunlik dunyoda.Jahondan umid uzmas umri oʻtib borsa ham,Yoshi ulg
Ijodga oshno qalb
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Sharof Rashidov Nomidagi Samarqand Davlat universitetida adabiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda oʻzining 70 yoshini qarshilagan, Oʻzbekiston va Belarus Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Ismat Koʻchiyevning hayoti va adabiyotga bogʻlangan ijod yoʻli haqida gap bordi.Oʻzbekiston Respublikasi va bir qator xalqaro tashkilotlarda faoliyat koʻrsatgan Ismat Koʻchiyev, shuningdek, taniqli publitsist, yozuvchi va shoir, jamoat arbobidir.Dastlab tadbirda ishtirok et
“Tabassuming yodimda hamon...”
20-yanvar ' Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron tavallud topgan kunERIB KETAR XIRA TUMANLARhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-endErib ketar xira tumanlar,kapalakdek uygʻonar yalpiz.Osmon daryo boʻlib tuyular,oʻtlar uzra chopqillaydi koʻz.Qayragʻochning guli ' mitti jom 'jaranglaydi ' taralar atir.Va tushlarga kirar bu oqshommaysalarni quchoqlab adir.Shamol yelar erkin, quturib,quriy boshlar tomlar toʻsini.Gullayotgan olchani koʻribderazalar ochar koʻksini.Yoritgancha to yurak
Taniqli aktrisa Shafoat Rahmatullayeva vafot etdi
Shafoat Rahmatullayeva 1941-yil 4-yanvar kuni Fargʻona viloyatida tugʻilgan.'U koʻp yillar davomida teatr sohasida faoliyat yuritib kelgan. Shuningdek, kinofilmlarda turli rollarni ham ijro etgan.Rahmatullayeva oʻzining yorqin va mazmunli rollari orqali tomoshabinlar qalbidan oʻrin olgan. Unga 1992-yilda 'Oʻzbekiston xalq artisti' unvoni berilgan.'Shafoat Rahmatullayeva teatr va kino sanʼatini rivojlantirishda fidokorona xizmat qilib, jonkuyar va samimiy inson sifatida barchamizning qalbi