calendar 19 Jul 08:57
eye 67
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Vaskes yana bir yil “Real”da qoladi

image

Madridning “Real” klubi o‘ng qanot himoyachisi Lukas Vaskes bilan shartnomani 2025 yilgacha uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Lukas “Real”ga 2007 yilda, 17 yoshida qo‘shilgan edi. O‘tgan mavsumda 32 yoshli Vaskes barcha turnirlarda 38 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 

“Transfermarkt” internet portalida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 4 million yevroni tashkil etadi, umumiy hisobda Vaskes “qaymoqranglilar” tarkibida 349 ta o‘yin o‘tkazib, 36 ta gol urgan.

Ma’lumot uchun, Vaskes 2015 yildan “qirollik klubi”ning asosiy tarkibida to‘p tepib kemoqda. “Qaymoqranglilar”dagi faoliyati davomida futbolchi 5 marta Yevropa Chempionlar ligasi, 4 marta Ispaniya chempionati, 3 marta klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati va UEFA Superkubogida g‘olib bo‘ldi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

28 Jul 12:56
 
88
0
qalampir.uz

“Xayr Olimpiada”. O‘zbekistonlik futbolchilar Parijdagi yurishini erta yakunladi

Bugun, 27 iyul kuni Fransiyaning Nant shahrida Parij-2024 Olimpiadasi futbol bahslarining 2-tur  o‘yinlari boshlandi. “C” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Misr bilan bahs olib borib, kichik hisobda imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdagi yagona gol 11-daqiqada Ahmed Koka tomonidan kiritildi.  Shunday qilib, Temur Kapadze shogirdlari musobaqadagi yurishini to‘xtatdi. Jamoa 3-turda Dominikan ustidan g‘alaba qozonsa ham, chorak finalga chiq

26 Jul 10:42
 
59
0
qalampir.uz

Parij-2024: Ibrohimhalil Yo‘ldoshev terma jamoa safini tark etdi

Parijda davom etayotgan Olimpiada o‘yinlarida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi safida to‘p tepayotgan Ibrohimhalil Yo‘ldoshev terma jamoa safini tark etdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi. QALAMPIR.UZ manbasiga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi farzandining betobligi bois, Parij shahrini tark etishga majbur bo‘lgan. Ma’lumot uchun, Yo‘ldoshev Qozog‘istonning “Qayrat” klubi a’zosi hisoblanadi. Transfer na

26 Jul 10:19
 
35
0
qalampir.uz

Kichik xatolar evaziga imkoniyatni boy berdik – Eldor Shomurodov

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Olimpiada guruh bosqichi 1-turi doirasidagi Ispaniyaga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. “Raqibdan kelib chiqib aytishim mumkinki, birinchi o‘yinni yomon o‘tkazmadik. Kichik xatolar evaziga imkoniyatni boy berdik. Birinchi vazifamiz avvalo guruhdan chiqish hisoblanadi. Ispaniyani mag‘lub eta olmagan bo‘lsak ham, qolgan raqiblar bilan bahslarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Hozircha hech narsa

26 Jul 10:19
 
31
0
qalampir.uz

Messi MLS yulduzlari o‘yinini o‘tkazib yuboradi

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi, “Inter Mayami”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi jarohati tufayli MLS yulduzlari o‘yinida ishtirok etmaydi. Bu haqda liga o‘z bayonotida ma’lum qildi. MLS va Meksika ligasining eng yaxshi futbolchilari o‘rtasidagi uchrashuv 26 iyul kuni Kolumbusda bo‘lib o‘tadi. Messi Kolumbiya terma jamoasi bilan Amerika kubogi final uchrashuvida oyog‘idan olgan jarohati tufayli jamoasining ikkita o‘yinini o‘tkazib yuboradi.