calendar 28 Jul 12:56
eye 91
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Xayr Olimpiada”. O‘zbekistonlik futbolchilar Parijdagi yurishini erta yakunladi

image

Bugun, 27 iyul kuni Fransiyaning Nant shahrida Parij-2024 Olimpiadasi futbol bahslarining 2-tur  o‘yinlari boshlandi. “C” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Misr bilan bahs olib borib, kichik hisobda imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 11-daqiqada Ahmed Koka tomonidan kiritildi. 

Shunday qilib, Temur Kapadze shogirdlari musobaqadagi yurishini to‘xtatdi. Jamoa 3-turda Dominikan ustidan g‘alaba qozonsa ham, chorak finalga chiqa olmaydi.

Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Ispaniya Dominikanni 3:1 hisobida mag‘lub etib, muddatidan avval chorak finalga yo‘l oldi. O‘z navbatida, O‘zbekistondan ustun kelgan misrlik futbolchilar ham pley-off yo‘llanmasini naqd qildi.

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi musobaqadagi oxirgi o‘yinini 30 iyul kuni Dominikanga qarshi o‘tkazadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

“Real Madrid” yana bir rekord o‘rnatdi

“Real Madrid” bir mavsumda daromadi 1 milliard yevrodan oshgan birinchi futbol klubi bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Futbolchi transferlarini hisobga olmaganda, “Real Madrid”ning daromadi 1,073 milliard yevroni tashkil etdi. Bu moliyaviy yil davomida klubning sof foydasi taxminan 16 million yevroni tashkil qildi. 2023/24 yilgi mavsum yakunida “Real” Yevropa Chempionlar ligasi, Ispaniya chempionati va mamlakat Superkubogini qo‘lga k

26 Jul 16:49
 
53
0
xs.uz

Oʻzbekistonlik bokschilar Olimpiadada qachondan jangga chiqadi? Barcha juftliklar maʼlum boʻldi

Maʼlum boʻlishicha, bokschilarimizning 6 kunlik taqvimi 27-iyuldan 1-avgustgacha davom etadi. Keyingi bahslar esa ularning koʻrsatgan natijalariga bogʻliq boʻladi.27-iyul:-57 kg: Nigina Oʻktamova ' Yomna Ayad (Misr)28-iyul:-92 kg: Lazizbek Mullojonov ' Aziz Muhiddin (Italiya)29-iyul:-63,5 kg: Ruslan Abdullayev ' Migel Martinez (Meksika)+92 kg: Bahodir Jalolov ' Omar Shiha (Norvegiya)30-iyul:*-54 kg: Nigina Oʻktamova ' Cholmi Pang (KXDR) ' *keyinga bosqichga chiqsa-57 kg: Sitora Turdibekov

27 Jul 11:29
 
54
0
qalampir.uz

Misrning kuchli tomonlarini yaxshi bilamiz – Temur Kapadze

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi ustozi Temur Kapadze Olimpiada o‘yinlarining futbol bahslari guruh bosqichi 2-turi doirasida Misrga qarshi o‘tkaziladigan bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. “Kecha Nant shahriga yetib keldik, tayyorgarlikni davom ettirmoqdamiz. Oldimizda Misrga qarshi uchrashuv kutib turibdi. Eng asosiysi – hamma sog‘-salomat, biroq bitta yo‘qotishimiz bor. Himoyachimiz Ibrohimhalil oilaviy sabablarga ko‘ra terma jamoa ixtiyorini tark

26 Jul 14:51
 
104
0
qalampir.uz

Parij-2024: O‘zbekistonlik bokschilarning raqibi aniq bo‘ldi

Kecha, 25 iyul kuni Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekistonga eng ko‘p va yuqori probadagi medallar olib kelishi kutilayotgan boks bahslariga qur’a tashlandi va o‘zbek charm qo‘lqop ustalari dastlabki raunddagi raqiblarini bilib oldi. Boks bahslari 27 iyuldan start olib, 10 avgustga qadar davom etadi. O‘zbekiston erkaklar jamoasi to‘liq tarkibda, ayollar jamoasidan esa 4 nafar bokschi Olimpiada medallari uchun kurash olib boradi. Erkaklar: -51 kg: Hasanboy Do‘stmatov -