calendar 26 Jul 10:19
eye 33
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Kichik xatolar evaziga imkoniyatni boy berdik – Eldor Shomurodov

image

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Olimpiada guruh bosqichi 1-turi doirasidagi Ispaniyaga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

“Raqibdan kelib chiqib aytishim mumkinki, birinchi o‘yinni yomon o‘tkazmadik. Kichik xatolar evaziga imkoniyatni boy berdik. Birinchi vazifamiz avvalo guruhdan chiqish hisoblanadi. Ispaniyani mag‘lub eta olmagan bo‘lsak ham, qolgan raqiblar bilan bahslarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Hozircha hech narsa yo‘qotganimiz yo‘q”, deydi Shomurodov. 

Qayd etish joiz, Eldor Shomurodov Ispaniyaga qarshi bahsda penaltidan to‘p kiritib, O‘zbekistonning Olimpiadadagi birinchi goliga mualliflik qildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi keyingi o‘yinlarini Misr va Dominikan jamoalariga qarshi o‘tkazadi. 27 iyul kuni Kapadze shogirdlari Misr bilan kuch sinashsa, 30 iyulda Dominikan bilan bahs olib boradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Jul 11:55
 
77
0
qalampir.uz

Shohasan Mirzamatov raqibini “uxlatib qo‘ydi”

Kecha, 19 iyul kuni o‘zbekistonlik MMA jangchisi Shohasan Mirzamatov navbatdagi jangida qozog‘istonlik Mohir Mamedovga qarshi oktagonga chiqib, g‘alaba qozondi. Olmaota shahrida o‘tkazilgan Octagon 60 turnirida Mirzamatov 2-raundning 3-daqiqasini yakunlayotgan paytda mezbon sportchining qorniga tizza bilan zarba berib, raqibini oktagonga qulatdi.  Shunday qilib, 33 yoshli Mirzamatov faoliyatidagi 13-g‘alabasini tantana qildi.  Ma’lumot uchun, Mirzamatov navbatdagi

15 Jul 12:02
 
39
0
qalampir.uz

Yevro finalidagi natijadan qat’i nazar Sautgeyt Angliya termasi murabbiyligida qoladi

Angliya futbol assotsiatsiyasi Garet Sautgeytni Yevro-2024’dan keyin, turnir natijalaridan qat’i nazar, terma jamoa bosh murabbiyi lavozimida saqlab qolmoqchi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano X sahifasida ma’lum qildi. Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida ichki muzokaralar allaqachon bo‘lib o‘tgan. Qayd etish joiz, 2024 yilgi Yevropa chempionati finalida Angliya terma jamoasi Ispaniya terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Ushbu uchrashuv 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

15 Jul 12:02
 
52
0
qalampir.uz

“Al-Nasr” Ronaldu bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” futbol klubi rahbariyati portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshladi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs X'dagi sahifasida ma’lum qildi. Manbaga ko‘ra, futbolchi bilan yangi kelishuv 2026 yilgacha amal qiladi. Yangi shartnoma Ronalduning 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatini oshiradi, chunki futbolchi mundialda ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Shartnoma muddati tugag

26 Jul 10:19
 
25
0
qalampir.uz

Olimpiada vaqtida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Fransiya politsiyasi Olimpiya o‘yinlari paytida vaziyatni beqarorlashtirishga urinishda gumon qilingan rossiyalikni qo‘lga oldi. Bu haqda “France-Presse” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, 23 iyul kuni Olimpiada o‘yinlari vaqtida terakt uyushtirishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olingan.  Fransiya hukumati 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida teraktlar sodir etilishi xavfidan o‘z xavotirini bildirdi. “23 iyul kuni Fransiyada adovat qo‘zg‘atish maqsadida xo