calendar 15 Jul 12:02
eye 41
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Yevro finalidagi natijadan qat’i nazar Sautgeyt Angliya termasi murabbiyligida qoladi

image

Angliya futbol assotsiatsiyasi Garet Sautgeytni Yevro-2024’dan keyin, turnir natijalaridan qat’i nazar, terma jamoa bosh murabbiyi lavozimida saqlab qolmoqchi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida ichki muzokaralar allaqachon bo‘lib o‘tgan.

Qayd etish joiz, 2024 yilgi Yevropa chempionati finalida Angliya terma jamoasi Ispaniya terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Ushbu uchrashuv 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Qarama-qarshilikka Berlindagi Olimpiya stadioni mezbonlik qiladi.

Ma’lumot uchun, Sautgeyt 2016 yil sentyabrida “uch sherlar” bosh murabbiyi etib tayinlangandi. Murabbiylik faoliyati davomida Sautgeyt “Midlsbro” futbol klubi va Angliya yoshlar terma jamoasida ish olib borgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
63
0
qalampir.uz

Shahram G‘iyosovning raqibi aniq bo‘ldi

O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini 31 iyul kuni o‘tkazadi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi. 31 yoshli G‘iyosovga meksikalik 30 yoshli Migel Parra raqiblik qiladi. Jang “Riyadh Season” tomonidan Amerikaning Santa-Monika shahrida tashkil etiladigan boks kechasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Ma’lumot uchun, Shahram G‘iyosov shu vaqtga qadar profboksda 15 marta ringga ko‘tarilib, barchasida raqib

26 Jul 10:19
 
43
0
qalampir.uz

“Real” stadionining VIP-o‘rindiqlar chiptasi rekord summada sotiladi

Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolanishi munosabati bilan Madridning “Real” klubi katta miqdorda pul ishlab olmoqchi, jumladan, jamoaning uy uchrashuvlari uchun chiptalar narxi oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda Ispaniya OAV xabar berdi. Klub o‘zining uy stadioni “Santyago Bernabeu”da VIP o‘rindiqlar narxi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatmoqchi. “Real Madrid” arenani 1,5 milliard yevroga ta’mirlash ishlaridan so‘ng 300 ta hashamatli Super VIP o‘

26 Jul 10:19
 
41
0
qalampir.uz

Parij-2024: Argentinalik futbolchining qimmatbaho narsalari o‘g‘irlandi

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Tiago Almadaning buyumlari futbol bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarining guruh bosqichining ochilish bosqichi oldidan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Argentina olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Maskerano “TyC Sports”ga bergan intervyusida aytdi. “Tiago Almadaning buyumlari o‘g‘irlangan, uzuklar va soatlar mashg‘ulotdan so‘ng yo‘qolgan, ammo biz bu haqda qayergadir murojaat qilishni istamadik”, deydi Maskerano

26 Jul 10:19
 
39
0
qalampir.uz

Parij-2024: Bugun o‘zbekistonlik futbolchilar o‘z yurishini boshlaydi

Bugun, 24 iyul kuni Fransiya poytaxti Parij mezbonlik qilayotgan Olimpiada o‘yinlarining futbol bahslari boshlanadi. Musobaqa O‘zbekiston-Ispaniya Olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan boshlanadi. Jamoalar “C” guruhida keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun bahsga kirishadi. Guruhning ikkinchi o‘yinida Misr va Dominikan 3 ochko uchun kurash olib boradi. O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Ispaniyaga qarshi o‘yinda to‘liq oq libosda, darvozabon esa qora libosd