Argentina terma jamoasi Amerika kubogini qo‘lga kiritdi va ketma-ket ikkinchi marta ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Finalda u Kolumbiya terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Yagona golni qo‘shimcha bo‘limlarda hujumchi Lautaro Martines kiritdi.
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi jarohati tufayli o‘yinni yakunlay olmadi va o‘yinning 66-daqiqasida almashtirildi.
Mayamida bo‘lib o‘tgan final starti tartibsizliklar tufayli bir soatga kechiktirildi. Chiptasiz minglab muxlis stadionga kirishga urindi.
Ma’lumot uchun, Argentina 2021 yilda Amerika kubogini yutgan, 2022 yilda esa Lionel Skaloni shogirdlari jahon chempioni bo‘lishgan.