calendar 09 Oct 12:40
eye 44
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yilning eng nufuzli ikkita kurash musobaqasi Termiz shahrida oʻtkaziladi

image
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Joriy yilning 15-19-oktyabr kunlari dunyo polvonlari Prezident sovrini ' 20 ming AQSH dollari uchun bellashadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun 'World Series Pro' xalqaro turnirining final bosqichi hamda Al Hakim at-Termiziy xalqaro musobaqasida sayyoramizning eng kuchli polvonlari bahslarga kirishadi.



'World Series Pro' xalqaro turnirining Osiyo, Yevropa, Afrika va Pan-Amerika qitʼasidan saralangan 80 nafar kurashchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash olib boradi. Turnirning umumiy sovrin jamgʻarmasi 170 ming AQSH dollarini tashkil etadi.

Shuningdek, Al Hakim at-Termiziy xalqaro turniri 18-oktyabr kuni oʻtkaziladi. Uning umumiy sovrin jamgʻarmasi 130 ming AQSH dollari etib belgilangan. Mazkur yoʻnalishda bosh sovrinni qoʻlga kiritgan kurashchi Prezident sovrini ' 20 ming AQSH dollariga ega chiqadi.

Yilning eng nufuzli ikkita kurash musobaqasi Termiz shahridagi 'Alpomish' oʻyingohida boʻlib oʻtadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:22
 
16
0
xs.uz

Murodjon Ahmadaliyev umidlari soʻnib borayotganini maʼlum qildi

Ikkinchi eng yengil vazn toifasida WBA yoʻnalishi boʻyicha vaqtinchalik chempion Murodjon Ahmadaliyev 'Boxing Scene' nashriga intervyu berdi.Ushbu intervyuda charm qoʻlqop ustamiz yana bir bor divizionning mutlaq chempioni Naoya Inoue haqida gapirdi.'Men buni har doim aytganman: boksda qoidalar bor. Men u bilan jang qilmoqchiman. Men majburiy daʼvogarman. Ikki yoʻnalish boʻyicha sobiq chempionman. Eng yaxshi janglarni oʻtkazayotgan ham menman. Bu vazndagi eng yaxshi bokschi ' Inoue. Negad

31 Jan 15:22
 
20
0
xs.uz

Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasiga yangi rais saylandi

Milliy olimpiya qoʻmitasida Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasining 2024-yil yakunlari, 2025-yilgi rejalarga bagʻishlangan hisobot-saylov yigʻilishi boʻlib oʻtdi.Unda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sherzod Xidoyatov mamlakat ogʻir atletika federatsiyasi raisi etib saylandi.U 1980-yil 20-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahrida tugʻilgan. 2006-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan.Sherzod Hidoyatov mehnat faoliyati davomida Oliy xoʻjali

27 Jan 00:54
 
21
0
xs.uz

Rasman “Man Siti” klubi Abduqodir Husanov transferini eʼlon qildi. Futbolchi “Lans”ga xayrlashuv maktubini qoldirdi

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov rasman 'Manchester Siti' futbolchisiga aylandi. Tanishtiruv videosi klubning rasmiy sahifasida paydo boʻlgan.Shuningdek, 'shaharliklar' klubi rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari ushbu transferini tasdiqladi.Transfer qiymati bonuslar bilan birga 50 million yevroni tashkil qiladi. Shartnoma yana bir yil uzaytirish imkoniyati bilan 2029-yilga qadar imzolangan. 20 yoshli himoyachimiz yangi klubi safida 45-raqamda toʻp suradi.Taxminlarga koʻra, Husano

27 Jan 00:54
 
24
0
xs.uz

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi ishdan ketdi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes oʻz lavozimidan isteʼfoga chiqdi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (OʻFA) matbuot xizmati xabar berdi. Sloveniyalik murabbiy sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar tufayli terma jamoani boshqarishdagi vazifalarini toʻlaqonli bajara olmasligini bildirib, shartnomani oʻzaro rozilik asosida bekor qilishga qaror qildi.Srechko Katanes oʻz murojaatida hozirgi holatida professional darajada ishlash imkoniyati yoʻqligini a