Toshkentdagi shaxmat musobaqasida 4 mezbon, 4 hindistonlik, 2 eronlik shaxmatchilar “Prezident kubogi” uchun kurashadi

Turnirning eng yuqori reytingli oʻyinchisi, Nodirbek Abdusattorov, 2777 reyting bilan Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. U jahonning 6-raqamli shaxmatchisi hisoblanadi.
Parham Magsudlu, 2712 reyting bilan, musobaqaning ikkinchi kuchli ishtirokchisi hisoblanadi. Eronlik grossmeyster oʻz mamlakatining shaxmat tarixida muhim oʻrin tutadi. Uning murakkab strategik oʻyinlari turnirning qiziqarli kechishiga hissa qoʻshadi.
Oʻzbekistonning yana bir kuchli shaxmatchisi Javohir Sindorov 2682 reyting bilan musobaqada ishtirok etadi. U yoshligiga qaramay, xalqaro miqyosda koʻplab gʻalabalarga erishgan. Sindorovning musobaqadagi ishtiroki yosh shaxmatchilar uchun ilhom manbaidir. Shuningdek, Oʻzbekiston sharafini Shamsiddin Vohidov va Nodirbek Yoqubboyevlar ishtirok etadi.
Hindistonlik shaxmatchilar, jumladan Nixal Sarin (2676), Abhimanyu Puranik (2652) va Murali Kartikeyan (2625), musobaqaga raqobatbardoshlik qoʻshishi kutilmoqda. Ularning strategik mahoratlari va yangi avlod shaxmat uslublari muxlislarga qiziqarli tomosha hadya etishi mumkin.
Qayd etilishicha, musobaqa formati klassik turda, har bir shaxmatchi uchun 90 daqiqa va har bir yurish uchun 30 soniya qoʻshilib boradi.
Avvalroq, Nodirbek Abdusattorov Hindistondagi turnirda muvaffaqiyatsiz ishtirok etgani haqida xabar berilgandi.
Futbol tarixidagi eng katta “oʻgʻirlik” yoxud Neymar “Al Hilol” bilan shartnomani bekor qildi
Saudiya Arabistonining 'Al Hilol' klubi braziliyalik futbolchi Neymar bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bergan.Maʼlum boʻlishicha, tomonlar oʻzaro kelishuv asosida shartnomani bekor qildi. Neymar shartnomaning oson bekor qilinishi uchun kelasi yozgacha amal qiladigan shartnomasidagi 65 million dollarning deyarli yarmidan voz kechgan.Futbolchining Saudiya Arabistonidagi faoliyati koʻngildagidek boʻlmadi. Neymar 'Al Hilol'ga 2023-yil yozida 'PSJ'dan 9
Murodjon quvib, Inoue qochib charchamayapti — Eddi Xirn. Taniqli promouter yaponiyalik bokschini kamaridan mahrum qilishni talab qilmoqda
'Matchroom Boxing' promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn WBA rahbarlari yaponiyalik jahon chempionidan kamarini olib qoʻyishi shartligini taʼkidladi. Bu haqida 'Boxing News' nashri xabar bergan.Britaniyalik promouterning soʻzlariga koʻra, ikkinchi yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni boʻlib turgan Naoya Inoue WBA kamari uchun majburiy daʼvogar Murodjon Ahmadaliyevga qarshi jang oʻtkazishdan ochiqchasiga qochmoqda.'Naoya Inoue Murodjon Ahmadaliyevdan qochyapti. Uni bir emas, i
1 ta golli xato, 1 ta kartochka, 83 foiz aniqlik: Husanovning “Man Siti”dagi debyuti qanday oʻtdi?
Quvonarlisi shundaki, ushbu bahsda 'shaharliklar' tarkibida hamyurtimiz Abduqodir Husanov oʻzining ilk debyut oʻyinini oʻtkazdi.Taʼkidlash joizki, Husanov 'Man Siti' tarkibiga atigi 5 kun oldin kelib qoʻshilgan va bor yoʻgʻi bir marta toʻlaqonli mashgʻulot oʻtkazgan. Shunga qaramay, dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri Pep Gvardiola hamyurtimizga ishonch bildirib, eng muhim bahsda asosiy tarkibda tushirgani oʻzbek futboli tarixidagi yorqin voqeiylik sanaladi.Uchrashuv hamyurtimiz
Nodirbek Yakubboyev hindistonlik shaxmatchiga qoʻl bermagani uchun tanqidlarga uchradi
Oʻzbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yakubboyev 'Tata Steel Chess 2025' turniri doirasidagi bahsda hindistonlik shaxmatchi Vaishali Rameshbabu bilan oʻyin oldidan qoʻlini siqib qoʻymagani sababli ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab muhokamalar sabab boʻldi va tanqidlarga uchradi.Ushbu holat turnirning 4-turi doirasidagi bahsda kuzatilgan. Odatda shaxmatchilar oʻyin boshlanishidan oldin bir-birlarining qoʻlini siqib qoʻyishadi. Ammo Yakubboyev Vaishali uzatgan qoʻlni siqib qoʻyishni istamagan.N