calendar 29 Oct 20:50
eye 46
comments 0
comments Manba: xs.uz

Isteʼdodli ijodkordan ikki tuhfa

image
Tadbir avvalida soʻzga chiqqanlar mehnatkash va isteʼdodli ijodkorning asarlari, bosib oʻtayotgan hayot yoʻli, soʻnggi yillardagi ijodiy izlanishlari, ushbu yangi nashrdan chiqqan kitoblarning mazmun-mohiyati borasida soʻz yuritishdi.

' Humoyun Akbar nomini bugun adabiyot ixlosmandlari yaxshi biladi, ' dedi Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali. ' U nazmu nasrda ham, tarjima sohasida ham birday faol va bu koʻpchilikning havasini keltirishi bor gap. Ijodkor ukamizga adabiyotning shonli yoʻlida hamisha zafar yor boʻlishi tilayman.

Darhaqiqat, uning 'Yurakdagi rangin kamalak', 'Unutilmagan gul', 'Dilxiroj' kabi bir qator sheʼriy kitoblari keng oʻqirmanlar qoʻliga yetib borgan. Shuningdek, taʼlim sohasida orttirgan tajribalari, taassurotlari natijasida yozilgan 'Yetti saboq' nomli pedagogik dostoni, 'Talabalar shaharchasi', 'Saboqlar' singari sheʼriy kitoblari ham oʻz muxlislarini topgan. Humoyun Akbar ijodining yana bir jihati ' tarjima sanʼatidir. Bu yoʻlda uning yoshlarga oʻrnak boʻluvchi asarlarni tanlab olganiga guvoh boʻlamiz. Lev Tolstoy, Herman Hesse, Marsel Prust, Gabriel Garsiya Markes, Chingiz Aytmatov kabi oʻttizdan ortiq taniqli adiblar asarlari shular jumlasidandir. Uning publitsist sifatida yozgan koʻplab esse va maqolalari ham mushtariylar eʼtibori, mehru muhabbatiga sazovor boʻlgan.

Yakunda sheʼrlar, kuy-qoʻshiqlar yangradi. Yigʻilganlarga toʻplamlar sovgʻa qilindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:39
 
42
0
xs.uz

Teatr san’ati rivoji yo‘lidagi muhim qadam

Festival doirasida teatr jamoasi 'Bremen musiqachilari' spektaklini namoyish qilib, xalqaro tomoshabinlar e'tiborini qozondi. Shu bilan birga, yosh tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.Mazkur ishtirok'O'zbekiston teatr san'ati rivoji yo'lida muhim qadam bo'lib, mahalliy ijodkorlarning xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyatini namoyon etadi.

31 May 08:51
 
32
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj

Bugun 'Rossiya madaniyat kunlari' doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻri

31 May 08:51
 
34
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra

31 May 08:51
 
379
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra