Mazkur haftalik mamlakatimizning tarixiy va madaniy merosini ommalashtirish, Islom sivilizatsiyasi markazini taqdim etish va muzey zallari hamda kutubxonani yanada boyitish uchun hamkorlar topish, shuningdek, Imom Buxoriy majmuasidagi muzey loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratilgani bilan ayniqsa ahamiyatlidir.
8 kun davomida boʻlib oʻtayotgan haftalikda mahalliy va xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan ekspertlar, olimlar, tarixshunoslar, bir qator soha xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.
Tantanali ochilish marosimida yigʻilganlar eʼtiboriga avvalo Yangi Oʻzbekistonda davlat tomonidan fan, madaniyat va taʼlim sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida hujjatli hamda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati toʻgʻrisida hikoya qiluvchi videofilm namoyish etildi.
Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev, Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktori, Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov va boshqalar mamlakatimiz madaniy merosini oʻrganish hamda saqlash borasidagi olib borilayotgan bunday ezgu ishlar xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning maʼnaviy yuksalishi, ularning Vatanimiz tarixiga boʻlgan qiziqishini orttirishi, yurtimiz hamda Sharq xalqlari tarixini oʻrganishdagi muhim qadamligini taʼkidladi.
Ochilishdan soʻng anjumanning birinchi sessiyasi ish boshladi. Unda xorijlik bir guruh olimlar ' Islom tarixi, sanʼati va madaniyati tadqiqot markazi bosh direktori oʻrinbosari Chingiz Tomar, Turkiya Qoʻlyozmalar instituti prezidenti Joshqun Yilmaz, Yaponiya Miho muzeyi maxsus ilmiy xodimi, fan doktori Sergey Laptev va boshqalar anjumanda koʻzda tutilgan mavzular boʻyicha maʼruza qildi. Shuningdek, mavzuga doir loyihalar bilan tanishuv hamda muhokamalar boʻlib oʻtdi.
' Mazkur haftalik joriy yilning avgust oyida Samarqand shahrida tashkil etilgan WOSCU VIII Xalqaro kongressining davomi sanaladi, ' dedi Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov. ' Oʻtgan kongressda biz bir nechta memorandum imzolagan boʻlsak, bu galgisida 60 ga yaqin shartnomani imzolashni rejalashtirganmiz. Albatta, bu ishlar davlatimiz rahbarining madaniy merosni oʻrganish va saqlash boʻyicha qilayotgan saʼy-harakatlari hamda bu borada belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlashga qaratilgan. Haftalikdan koʻzlangan maqsad esa Yangi Oʻzbekistonning madaniy-gumanitar sohadagi taraqqiyot yoʻli, yangi yuksalish davrida erishilayotgan yutuqlar va diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni targʻib etish, xalqimizning boy madaniy va maʼnaviy merosini oʻrganish, asrab-avaylash hamda ommalashtirishda mahalliy olimlar va xalqaro ilmiy ekspertlar hamjamiyati bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdir.
Qayd etish joizki, ushbu haftalik dasturi oʻzida qator tadbirlarni jamlagan boʻlib, ularda ilm-fan, madaniyat va sanʼat sohasi vakillari dolzarb maʼruzalari bilan chiqish qilishi, turli mavzularda muloqotlar, davra suhbatlari, muhokamalar tashkil etilishi koʻzda tutilgan. Xususan, 'Islom ' insonparvarlik, ezgulik, tinchlik va maʼrifatparvarlikka eltuvchi din' xalqaro ilmiy-madaniy simpoziumi, 'Maʼrifat nuri: XIX ' XX asrlar adabiy va ilmiy-madaniy islohotlari' mavzusidagi xalqaro konferensiya, 'Asrlar xazinasi: Oʻzbekiston qoʻlyozmalari' sharqshunoslar xalqaro forumi, 'Birinchi renessans kashfiyotlarining jahon sivilizatsiyasi rivojiga taʼsiri' ellararo ilmiy yigʻini, 'Yangi Oʻzbekiston ' uchinchi Renessansning innovatsion kutubxonasi' mavzusidagi xalqaro anjuman hamda 'Oʻzbekistonda madaniyat va sanʼat sohasidagi islohotlar' xalqaro forumi shular jumlasidan.
Shu bilan birga, haftalik davomida Toshkentda 8 ta ilmiy maydonda koʻrgazmalar bir vaqtning oʻzida ochiladi. Oʻzbekiston Davlat tarix muzeyida 'Arxeologiya va etnografiya durdonalari', WOSCU konferens-zalida 'Qurʼon: tinchlik, ezgulik va maʼnaviy uygʻonish yogʻdusi', Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida 'Asrlar xazinasi: Oʻzbekiston qoʻlyozma merosi', Islom sivilizatsiyasi markazida 'Tarixiy fikr durdonalari' koʻrgazmalari shular jumlasidandir. Shuningdek, Adiblar alleyasi boʻylab ekskursiya va Islom sivilizatsiyasi markazida loyihalar koʻrgazmasi tashkil etilishi ham rejalashtirilgan.
Haftalik 27-oktyabr kuni oʻz ishini yakunlaydi.
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj
Bugun 'Rossiya madaniyat kunlari' doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻri
Faxriylar hamda ustoz-jurnalistlar sharaflandi
'Tadbirda qatnashib, fidokorona mehnati, professional mahorati va serqirra ijodi bilan yurtimizda televideniye va radio sohasining rivojiga xizmat qilgan qadrli ustozlarimiz va faxriylarimizga, nafaqat teleekranlarda, balki kadr ortida xizmat qiladigan hamkasblarimizga ham Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdim', deydi Asadov.U shuningdek, televideniye va radio dargʻalarini ardoqlash, hayot yoʻllarini yoshlarga ibrat qilib koʻrsatish, ustoz-shogi
“Har bahor men Sizga gullar tutaman...”
15-may ' Oliy Majlis Senati aʼzosi, shoir Abdusaid Koʻchimov tavallud topgan kunJAVOBBir nihol ekdingmi Vatan bogʻiga,Mehringni toʻkdingmi choʻl, yantogʻiga,Gullarga chang-gʻubor qoʻngan chogʻidaArta biloldingmi chang-u gʻuborni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Bitta gʻisht qoʻydingmi maydonlariga,Bir vassa oʻydingmi ayvonlariga,Bir misra qoʻshdingmi dostonlariga,Kurab tashladingmi tomlardan qorni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Kimdir uzib ketsa dilbar gullarni,Kimdir buz
Xivada oʻtkazilgan baxshilar bahsi yakunlandi. Gʻolib va sovrindorlar maʼlum
Bugun, 28-aprel kuni Xiva shahrida oʻtkazilayotgan IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining tantanali yopilish marosimi boʻlib oʻtdi. 26-aprel sanasida start olgan mazkur festivalda mahalliy hamda xalqaro ishtirokchilar qatnashdi. Baxshilar bahslari Ichan qalʼa majmuasida joylashgan badiiy sahnada oʻtkazildi.Mazkur festivalda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlaridan hamda Oʻzbekistondan tashrif buyurgan 200 ga yaqin baxshilar ishtirok etishdi. Uch kun davom etgan mazkur tadbir dunyonin