calendar 27 Jul 08:50
eye 85
comments 0
comments Manba: postda.uz

Olti oylik faoliyat sarhisob qilindi

image

Qashqadaryo viloyati IIBda joriy yilning birinchi yarmi yakuniga bag‘ishlangan tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Ramazon Ashropov, viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Abduvohid Ismoilov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, barcha sohaviy xizmat rahbarlari, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, bo‘linma boshliqlari, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari shaxsiy tarkibi videoselektor orqali qatnashdi. 

Yig‘ilishda o‘tgan olti oy davomida viloyatda jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi. 

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda viloyatda jamoat tartibini saqlash, qonun ustuvorligini ta'minlash, mol-mulk daxlsizligi, yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil etildi. Erishilgan yutuqlar bilan birga faoliyatda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilinib, jinoyatchilikning ayrim turlari oshgan shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari rahbarlariga bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar xususida ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi. Xizmatda muvaffaqiyatga erishgan, korrupsion holatlarning oldini olib, ichki ishlar organlarining imijini oshirishga qo‘shga hissasi uchun bir guruh xodimlar faxriy yorliq va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. 

Tadbirda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari so‘zga chiqib, korrupsiya va tamagirlikka yo‘l qo‘ymaslik, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish borasida rahbariyatning qat'iy talab va topshiriqlarini xodimlarga yetkazdi. 

O‘z muxbirimiz.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Aug 03:44
 
33
0
xs.uz

Oʻzbekistonda avgustdagi pensiya va nafaqa toʻlovlari boʻyicha maʼlumot berildi

2024-yil avgust oyida pensiya toʻlovlarini naqdsiz shaklda oluvchilarga mablagʻlar toʻliq moliyalashtirildi. Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi xabar berdi.Qayd etilishicha, toʻlov roʻyxatlariga kiritilgan 4 million nafardan ortiq pensiya oluvchilar uchun talab etilgan mablagʻlar tijorat banklariga oʻtkazilgan. Pensiya toʻlovlarini naqd pulsiz shaklda, yaʼni bank plastik kartalari orqali oluvchi 3,1 million nafar (yoki jami oluvchilarning 78 foizi) fuqarolarga pullar toʻliq oʻtkazilgan.Bir

17 Jul 13:24
 
109
0
xs.uz

1 milliard dollar mablagʻ ishlatilmasdan turibdi - Prezident

Yigʻilishda prezident investitsiya va tashqi savdo, qishloq xoʻjaligi komplekslaridagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Taʼkidlanganidek, oʻtgan olti oyda iqtisodiyotga 15,5 milliard dollar xorijiy, shundan 14 milliard dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya kiritildi. Oʻsish - 2,1 barobar. Biroq, har bir dollar investitsiya hisobiga yaratilgan qoʻshilgan qiymat koʻrsatkichi barcha tarmoq va hududlarda ham qoniqarli emas. Bu toʻqimachilik, charm, farmatsevtika tarmoqlarida

26 Jul 10:21
 
41
0
xs.uz

Dollar kursi ikki kunlik pastlashdan keyin yana koʻtarildi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'40,76'soʻmga koʻtarildi va'12 625,04'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'10,21'soʻmga oshib,'13 686,81'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'1, 73'soʻmga koʻtarilib,'146,11'soʻmni tashkil qildi.

26 Jul 17:40
 
93
0
postda.uz

TANQIDIY-TAHLILIY RUHDA

IIV Qorovul qo'shinlari qo'mondonligida vazir o'rinbosari, general-mayor B. Mirzarahimov boshchiligida joriy yilning 6 oyi davomida jangovar xizmat va harbiy intizom hamda shaxsiy tarkib tomonidan sodir etilgan qonunbuzilish holatlarini tahlil qilish va kelgusidagi vazifalarni belgilashga bag'ishlangan kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.Video-konferens-aloqa tarzida tashkil etilgan ushbu tadbirda qo'shinlarga qarashli barcha harbiy qism va qo'shilmalarda xizmat qilayotgan ona Vatanimiz himoya