calendar 03 Sep 21:35
eye 11
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet elliklar soni ochiqlandi

image
Statistika agentligi Oʻzbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari necha nafarni tashkil etishini ochiqladi. Bu haqda Agentlik rasmiy sahifasida xabar qilingan.

Maʼlum qilinishicha, 2024-yilning yanvar-iyul oylarida jami 80,5 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 51,4 ming nafarga yoki 2,8 barobarga oshganini maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, 2024-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha Turkmaniston 48 ming 186 bilan birinchi, Tojikiston 25 ming 729 bilan ikkinchi, Afgʻoniston esa 1 ming 866 nafar fuqaro bilan uchinchi boʻldi.

Bundan tashqari, Xitoy (822), Hindiston (648), Turkiya (615 ), Qirgʻiz Respublikasi (465), Janubiy Koreya (400), AQSH (261) va Rossiya (215) kabi davlatlar fuqarolari ham mamlakatimizga koʻp tashrif buyurishgan.

Avvalroq, IBA Osiyo mamlakatlari boʻyicha muhim bayonoti eʼlon qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Aug 06:37
 
36
0
xs.uz

Birvarakayiga dollar yevro va rubl kursi pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'12,04'soʻmga oshdi va'12 630,96'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'4,31'soʻmga koʻtarilib,'13 801,85'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'4,24'soʻmga pastlab,'139,09'soʻmni tashkil qildi.

26 Jul 16:07
 
93
0
xs.uz

Elektromobillar importi uchun bojlarni qayta tiklash taklif qilindi

Unga koʻra, Oʻzbekistondagi avtomobil bozori 'haddan tashqari toʻyingan va qizib ketgan'. Shuning uchun u jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan avtomobillar importini tartibga solish kerak degan fikrda.Qayd etishicha, agar avtomobil ishlab chiqaruvchisi 60 dan ortiq texnik talablarga javob berishi kerak boʻlsa, unda import mahalliy standartlarga javob bermaydi.Bundan tashqari, 'ADM Jizzakh' bosh direktori avtotransport vositalarini rasmiy dilerlar orqali olib kirish tartibini tiklash

03 Sep 21:35
 
12
0
xs.uz

Super-kontrakt miqdori tasdiqlandi (+toʻliq jadval)

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi super-kontrakt miqdori tasdiqlanganini maʼlum qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, 2024/2025 oʻquv yili qabulida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi

03 Sep 21:35
 
9
0
xs.uz

“Oʻzbekneftgaz”ga nisbatan ish qoʻzgʻatildi

Maʼlum qilinishicha, Raqobat qoʻmitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan, Toshkent shahrida oʻtkazilayotgan davlat xaridlarida 'Raqobat toʻgʻrisida'gi hamda 'Davlat xaridlari toʻgʻrisida'gi qonunlariga rioya etilishi yuzasidan elektron maxsus axborot portallaridagi maʼlumotlardan foydalangan holda doimiy monitoring oʻtkazilmoqda.Olib borilgan oʻrganishlar natijasiga koʻra, 'Oʻzbekneftgaz' AJ tomonidan maxsus axborot portali orqali oʻtkazilgan 2 ta jami 4,8 milliard s