calendar 11 Jul 15:12
eye 112
comments 0
comments Manba: xs.uz

Xorazm va Toshkentda «valyutchik»lar ushlandi

image
Toshkent shahar Yashnobod tumani va Xorazmning Qoʻshkoʻpir tumanlarida noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament'xabar berdi.

Bildirilishicha, holatlardan biri departamentning Yashnobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda aniqlandi. Unda tumandagi Visol koʻchasida joylashgan xonadonlardan birida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan M.X. fuqaro J.X.ga jami 5 150 AQSH dollarini 65 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, yonidan 90,5 million soʻm ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, departamentning Qoʻshkoʻpir tuman boʻlimi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan T.R. fuqaro E.Q.ga jami 3 500 AQSH dollarini 43,7 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
58
0
xs.uz

Dollar kursi ikki kunlik pastlashdan keyin yana koʻtarildi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'40,76'soʻmga koʻtarildi va'12 625,04'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'10,21'soʻmga oshib,'13 686,81'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'1, 73'soʻmga koʻtarilib,'146,11'soʻmni tashkil qildi.

11 Aug 03:44
 
53
0
xs.uz

Fargʻonada metan “zapravka” davlat va jamiyat manfaatlariga 792,5 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlandi

Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanidagi metan gaz quyish shoxobchasida 304,8 ming kub. metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti'xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi va 'Oʻzenergoinspeksiya' xodimlari hamkorligida nazorat tadbiri oʻtkazilgan . Unda 'F.M.' MChJ masʼul shaxslari Oʻzbekiston tumani Qaynar MFY hududi

19 Aug 07:04
 
32
0
xs.uz

Dollar kursi uch kunlik pastlashdan soʻng yana koʻtarila boshladi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 15-avgust kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 2,81 soʻmga oshdi va 12 622,77 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 138,14 soʻmga koʻtarilib, 13 917,87 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 3,63 soʻmga pastlab, 139,46 soʻmni tashkil qildi.

24 Aug 17:27
 
26
0
xs.uz

Qishloq ayollariga elektr separatorlar topshirildi — FAO

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan 'Hech kim ortda qolmasligi kerak: Turkiya va Markaziy Osiyoda qishloq ayollarining faol ishtiroki va imkoniyatlarini kengaytirishga koʻmaklashish' loyihasi doirasida Boʻstonliq tumanidagi qishloq ayollariga sutni qayta ishlash uskunalari (elektr separatorlar) topshirildi. Qayd etilishicha, bu qishloq ayollarining iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash va oʻziga ishonchi uchun yangi imkoniyatlar esh