calendar 24 Aug 17:27
eye 27
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qishloq ayollariga elektr separatorlar topshirildi — FAO

image
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan 'Hech kim ortda qolmasligi kerak: Turkiya va Markaziy Osiyoda qishloq ayollarining faol ishtiroki va imkoniyatlarini kengaytirishga koʻmaklashish' loyihasi doirasida Boʻstonliq tumanidagi qishloq ayollariga sutni qayta ishlash uskunalari (elektr separatorlar) topshirildi. Qayd etilishicha, bu qishloq ayollarining iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash va oʻziga ishonchi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Ushbu tashabbus FAO tomonidan Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida tashkil etilgan qishloq ayollarining bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan seminarlarning mantiqiy davomi hisoblanadi. Oʻtkazilgan amaliy seminarlarda ishtirokchilar uy sharoitida sutni qayta ishlab, yogurt, kefir, tvorog, mayizli tvorog, brinza kabi mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻrgandi. Taqdim etilgan uskuna ushbu ayollarga oʻz oilalari uchun barqaror daromad manbalarini yaratishga yordam beradi.

'Qishloq xoʻjaligida ayollar hal qiluvchi rol oʻynaydilar, ammo gender tafovuti ularning imkoniyatlarini cheklab, barcha sohalarda rivojlanishini sekinlashtirmoqda. FAO faqat oʻqitmaydi ' biz ayollarga oʻz hayoti va biznesini rivojlantirish uchun vositalar beramiz. Seminarimiz orqali ishtirokchilar ilgʻor bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirish bilan birga, sutni qayta ishlash uchun zarur boʻlgan texnikalarga ham ega boʻldilar. Bu shunchaki qoʻllab-quvvatlash emas ' balki ularning agrobiznesdagi rolini mustahkamlash va gender tengligini ragʻbatlantirish, qishloqlarining barqaror rivojlanishiga hissa qoʻshadigan haqiqiy oʻzgarishlar uchun poydevordir', deydi FAOning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy byurosi katta maslahatchisi, loyiha rahbari Dono Abdurazzoqova.

Sut mahsulotlari ishlab chiqarish qishloq joylarda nafaqat bandlikni taʼminlaydi, balki muhim daromad manbai sifatida oilalarning turmush darajasini yaxshilaydi. FAO tomonidan koʻrsatilayotgan yordam qishloq ayollariga yangi texnologiyalarni joriy qilish imkoniyatini yaratib, ularning iqtisodiy holatini yaxshilashga va mahalliy hamjamiyatlarni mustahkamlashga yordam beradi.

Ushbu loyiha FAOning Markaziy Osiyoda gender tengligini va iqtisodiy rivojlanishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan uzoq muddatli strategiyasining bir qismidir. FAO kelgusida ham qishloq ayollarini qoʻllab-quvvatlashni davom ettiradi va ularning iqtisodiy faolligi va, oʻz navbatida, moddiy farovonligini oshirishga yordam beradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Aug 07:04
 
19
0
xs.uz

Oʻzbekistonda qonuniy taksi bozori hajmi 3 trln soʻmga yetdi

Soliq qoʻmitasining axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan taksi agregatorlari soni 142 taga yetdi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati maʼlum qildi.Ulardan 136 ta kompaniya maydan avgust oyining oʻrtalariga qadar maʼlumotlar bazalariga ulangan. Aprel oyida 6ta taksi xizmati, jumladan 'Yandex Go' va 'Uklon' soliq organlari tizimlari bilan integratsiya qilingandi.15-avgust holatiga koʻra, fiskal cheklarning umumiy summasi 3 trln soʻmni tashkil etdi. Safarning oʻrtacha narxi ' 18

03 Sep 21:35
 
9
0
xs.uz

Umumiy ovqatlanish korxonalari 750 milliard soʻmdan ortiq soliq toʻlagan

'Fiskal tahlillar' portali yanvar-iyul oylarida umumiy ovqatlanish korxonalari 750 milliard soʻmdan ortiq soliq toʻlaganini maʼlum qildi.Maʼlum qilinishicha, joriy yil yanvar-iyul oylarida umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shugʻullanuvchi 19 ming 427 ta yuridik shaxs tomonidan 750,2 milliard soʻm soliq toʻlangan. Shundan 126,2 milliard soʻmi, yaʼni 16,8 foizi 20 ta korxona hisobiga toʻgʻri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 1,8 trillion soʻmdan oshgan, qoʻllagan soliq imtiyozlar

19 Aug 07:04
 
22
0
xs.uz

Chiqindi xizmatlari bo‘yicha debitor qarzdorlikni qisqartirishga erishildi

2024 yil 1 apreldan boshlab qattiq maishiy chiqindilarni to'plash va olib chiqish xizmatlari uchun mavjud qarzdorlik bartaraf etilganidan keyin notarial harakatni amalga oshirish va SMS xabarnoma yuborish tizimlari yo'lga qo'yildi.Yarim yillik hisobida respublikada mavjud 9'442 ta mahalladan 9'319'tasi, ya'ni (86'foizi), 36,8 mln nafar istiqomat qiluvchi aholining esa 26,5'mln nafari, ya'ni (62 foizi) qamrab olindi. Xizmat ko'rsatiladigan aholi soni 204'ming nafarga oshdi. Abonentlar soni esa 7'

19 Aug 07:04
 
22
0
xs.uz

Elektr energiyasidan asossiz tarzda qarzdorlik vujudga kelayotganiga munosabat bildirildi

'Hududiy elektr tarmoqlari' ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasidan asossiz tarzda qarzdorlik vujudga kelayotgani toʻgʻrisida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.Tarmoqlarda ayrim isteʼmolchilarda shunday holatlar kuzatilib, tuman elektr tarmoqlariga borib aniqlik kiritilganda, oʻtgan yillar mobaynida qolib ketgan qarzdorlik sifatida tushuntirilgani toʻgʻrisida videoxabarlar tarqalgan.'Hududiy elektr tarmoqlari' holat yuzasidan qoʻshimcha axborot berilishini maʼlum qiladi.