calendar 11 Aug 03:44
eye 54
comments 0
comments Manba: xs.uz

Fargʻonada metan “zapravka” davlat va jamiyat manfaatlariga 792,5 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlandi

image
Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanidagi metan gaz quyish shoxobchasida 304,8 ming kub. metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti'xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi va 'Oʻzenergoinspeksiya' xodimlari hamkorligida nazorat tadbiri oʻtkazilgan . Unda 'F.M.' MChJ masʼul shaxslari Oʻzbekiston tumani Qaynar MFY hududidagi avtomobillarga metan gaz quyish shoxobchasida oʻrnatilgan gaz hisoblagichga avtomatik oʻchirib yoqish qurilmasini oʻrnatib, 304,8 ming kub. metr tabiiy gazdan tijorat maqsadida noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 792,5 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:35
 
14
0
xs.uz

Mustaqillik bayrami munosabati bilan sentyabr pensiyasi oldindan to‘lab beriladi

Oʻzbekistonda Mustaqillik bayrami munosabati pensiya toʻlovlarini bank kartasida oluvchi fuqarolarning sentyabr oyi uchun pensiya toʻlovlari 1-sentyabr kuniga qadar oʻtkazib beriladi. Bu haqda pensiya jamgʻarmasi xabar qildi.Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistondagi keksa yoshdagi fuqarolarni, pensiya oluvchilarni, nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda bayramni koʻtarinki ruhda kutib olishlarini taʼminlash maqsadida, pensiya toʻlovlarini bank plastik kartada oluvchi fuqa

11 Aug 03:44
 
32
0
xs.uz

Xorazmda gʻisht zavodi qariyb 4,8 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagani maʼlum boʻldi

Xorazm viloyatida gʻisht ishlab chiqarish zavodi 4 mlrd 786 mln soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlagani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, energiya resurslari talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davomida Gurlan tumanidagi gʻisht ishlab chiqarish zavodida yirik oʻgʻrilik holati fosh etilgan.Unga koʻra, Tumandagi 'X.Sh.' MChJ rahbari E.S. jamiyatga qarashli gʻisht ishlab chiqarish zavodidagi hisobga olish

11 Aug 03:44
 
27
0
xs.uz

Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi qiymati belgilandi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 8,98 soʻmga oshdi va 12 643,00 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 18,66 soʻmga koʻtarilib, 13 806,16 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 2,58 soʻmga pastlab, 143,33 soʻmni tashkil qildi.

26 Jul 16:07
 
94
0
xs.uz

Elektromobillar importi uchun bojlarni qayta tiklash taklif qilindi

Unga koʻra, Oʻzbekistondagi avtomobil bozori 'haddan tashqari toʻyingan va qizib ketgan'. Shuning uchun u jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan avtomobillar importini tartibga solish kerak degan fikrda.Qayd etishicha, agar avtomobil ishlab chiqaruvchisi 60 dan ortiq texnik talablarga javob berishi kerak boʻlsa, unda import mahalliy standartlarga javob bermaydi.Bundan tashqari, 'ADM Jizzakh' bosh direktori avtotransport vositalarini rasmiy dilerlar orqali olib kirish tartibini tiklash