calendar 03 Sep 21:35
eye 11
comments 0
comments Manba: xs.uz

Mustaqillik bayrami munosabati bilan sentyabr pensiyasi oldindan to‘lab beriladi

image
Oʻzbekistonda Mustaqillik bayrami munosabati pensiya toʻlovlarini bank kartasida oluvchi fuqarolarning sentyabr oyi uchun pensiya toʻlovlari 1-sentyabr kuniga qadar oʻtkazib beriladi. Bu haqda pensiya jamgʻarmasi xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistondagi keksa yoshdagi fuqarolarni, pensiya oluvchilarni, nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda bayramni koʻtarinki ruhda kutib olishlarini taʼminlash maqsadida, pensiya toʻlovlarini bank plastik kartada oluvchi fuqarolarning 2024-yil sentyabr oyi uchun pensiya toʻlovlari 1-sentyabr kuniga qadar oʻtkazib beriladi.

Oʻzbekiston prezidentining 'Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida'gi farmoniga [PF-108-son] muvofiq sentyabr oyi pensiyalar miqdori 15 foizga oshirilgan holatda pensionerlarga toʻlanishi taʼminlanadi.

Naqd pul shaklida pensiya oluvchilarga toʻlovlar 4-sentyabr kunidan boshlab Xalq banki sayyor kassalari tomonidan grafikka muvofiq amalga oshiriladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:45
 
11
0
xs.uz

Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi qiymati belgilandi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'7,85'soʻmga tushdi va'12 700,10'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'15,42'soʻmga oshib,'14'114,89'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,30'soʻmga koʻtarilib,'141,25'soʻmni tashkil qildi.

14 Aug 06:37
 
20
0
xs.uz

Oʻzbekiston YAIM hajmi shakllanishida eng yuqori ulush qaysi hududga tegishli ekani maʼlum qilindi

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, poytaxt 19 foiz ulush bilan YAIM hajmining shakllanishiga eng katta hissa qoʻshgan.Undan keyingi oʻrinlarni Toshkent (10,2 foiz) va Navoiy (8,5 foiz) viloyatlari egallab turibdi.Respublika YAIM hajmini shakllantirishda eng kam ulush Sirdaryo (1,9 foiz), Jizzax (2,8 foiz) viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasiga (2,8 foiz) toʻgʻri kelgan.

23 Jul 10:40
 
69
0
postda.uz

“BUXORO TAJRIBASI”NING “MAHALLABAY” MUHOKAMASI

Buxoro viloyatida mahallalarda sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni viloyat hokimi boshchiligida sektor rahbarlari tomonidan keng muhokama qilish bo‘yicha “Buxoro tajribasi” yaratildi. Navbatdagi “mahallabay” muhokama G‘ijduvon tumani hokimligi majlislar zalida o‘tkazildi. Videokonferensaloqa tizimi asosida o‘tkazilgan muhokamada viloyat hokimi B.Zaripov, viloyat prokurori U.Hamdamov, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik I.Tursunov boshchilig

24 Aug 17:27
 
21
0
xs.uz

Dollar kursi pastlashda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 15,72 soʻmga tushdi va 12 625,21 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 33,15 soʻmga oshib, 13 982,42 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 2,72 soʻmga tushib, 138,42 soʻmni tashkil qildi.