Buxoro viloyatida mahallalarda sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni viloyat hokimi boshchiligida sektor rahbarlari tomonidan keng muhokama qilish bo‘yicha “Buxoro tajribasi” yaratildi. Navbatdagi “mahallabay” muhokama G‘ijduvon tumani hokimligi majlislar zalida o‘tkazildi. Videokonferensaloqa tizimi asosida o‘tkazilgan muhokamada viloyat hokimi B.Zaripov, viloyat prokurori U.Hamdamov, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik I.Tursunov boshchiligida huquq-tartibot organlari mas'ullari, tuman (shahar)larning sektor rahbarlari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha viloyat hamda hududiy idoralararo komissiyasiga a'zo tashkilotlar mutasaddilari, 544 ta mahallalar yettilik vakillari ishtirok etishdi.
Tanqidiy tarzda o‘tgan muhokamada G‘ijduvon tumanining “Paxtaobod” hamda Qorovulbozor tumanining “Tinchlik” mahallalarida sodir etilgan o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularga omil bo‘layotgan shart-sharoitlar birma-bir tahlil qilindi. Bu kabi jinoyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar xususida so‘z yuritildi. “Qizil” toifaga kirgan ushbu ikki mahalla mas'ullarining hududda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash doirasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi. So‘ng mas'ullarning yo‘l qo‘ygan kamchiliklari birma-bir tanqidiy tahlil qilindi.
Jarayonda muhokamaga qo‘yilgan mahallalar mas'ullariga, shuningdek, hududiy sektor rahbarlari va boshqa mutasaddilarga nisbatan intizomiy ta'sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi. Muhokama yakunida viloyat hokimi tomonidan barcha darajadagi rahbarlar, mahalla yettilik vakillariga har bir ko‘cha, qishloq, ovul va aholi punktlaridagi har qanday muammoli oilalarni o‘z vaqtida aniqlash, mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, ishsizlikni kamaytirish, migratsiyada yurib qiynalgan fuqarolarni qaytarish va ularni ish bilan ta'minlash, migratsiyada yurgan fuqarolarning oila a'zolari, sudda nizolashayotgan yoki nizoli oila sifatida profilaktik hisobga olingan, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar, probasiya xizmati nazorati ostida turgan, shuningdek, ruhiy asab hamda narkologiya dispanseri ro‘yxatida turgan, oilaviy zo‘ravonlikka uchragan shaxslar bilan manzilli ishlash borasida hududiy sektor rahbarlari va boshqa mutasaddilar birgalikda manzilli ish olib borishlari yuzasidan topshiriqlarini berdi.
O‘z muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
Xitoylik hamkorimiz Andijon viloyatining gidroenergetika salohiyatini yuksaltirishga ko‘maklashadi
Bu borada viloyatning suv oqimi yuqori bo'lgan ariq va kanallarida 75 megavatt quvvatga ega kichik va mikro GESlar qurish imkoniyati borligi, ushbu jarayonda qatnashadigan tadbirkorlarga 3-yil imtiyozli davr bilan, 7-yilga 12 foiz stavkada kredit berilishi ta'kidlandi.Davlatimiz rahbari Andijon viloyatiga tashrifi davomida hududda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirayotgan xorijiy kompaniyalar vakillari bilan uchrashdi. Xususan, 'O'zbekgidroenergo' AJning asosiy xorijiy hamko
“Diplomatik xizmat aʼlochisi” va “Diplomatik xizmat fidoyisi” koʻkrak nishonlari taʼsis etildi
Hukumat qarori bilan tegishli nizomlar tasdiqlandi. Unga koʻra, 'Diplomatik xizmat aʼlochisi' va 'Diplomatik xizmat fidoyisi' koʻkrak nishonlari taʼsis etildi. Bu haqida 'OʻzA' xabar berdi.Taʼkidlanishicha, 'Diplomatik xizmat aʼlochisi' koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi milliy manfaatlarini himoya qilish va mamlakat obroʻsini oshirish hamda davlatning tashqi siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini samarali ilgari surish borasidagi vazifalarni vatanparvarl
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash
VATANPARVARLIK RUHIDA
Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda