calendar 22 Mar 08:54
eye 9
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Diplomatik xizmat aʼlochisi” va “Diplomatik xizmat fidoyisi” koʻkrak nishonlari taʼsis etildi

image


Hukumat qarori bilan tegishli nizomlar tasdiqlandi. Unga koʻra, 'Diplomatik xizmat aʼlochisi' va 'Diplomatik xizmat fidoyisi' koʻkrak nishonlari taʼsis etildi. Bu haqida 'OʻzA' xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, 'Diplomatik xizmat aʼlochisi' koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi milliy manfaatlarini himoya qilish va mamlakat obroʻsini oshirish hamda davlatning tashqi siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini samarali ilgari surish borasidagi vazifalarni vatanparvarlik ruhida, sidqidildan va namunali tarzda bajarayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi hamda boshqa vazirlik va idoralar xodimlari taqdirlanadi.

Shuningdek, 'Diplomatik xizmat fidoyisi' koʻkrak nishoni bilan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va koʻp tomonlama aloqalarining rivojlanishiga sezilarli hissa qoʻshgan chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shu jumladan, xorijda doimiy yashaydigan vatandoshlar taqdirlanishi belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Prezident 'Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan ekolog' faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisidagi qonunni imzolangan edi.

Mazkur unvon tabiatni asrash, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish va tabiiy resurslarni qayta tiklash borasida natijalarga erishgan ekofaollarga beriladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Feb 17:05
 
32
0
xs.uz

Yanvarda qancha benzin ishlab chiqarilgani ochiqlandi

2025-yilning yanvar oyida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:' Avtomobil benzini ' 99 ming tonna' Ko'mir ' 408,8 ming tonna' Neft ' 55,1 ming tonna' Gaz kondensati ' 101 ming tonna' Avtobus ' 17 dona' Yuk avtomobillari ' 152 dona' Avtomobil dvigatellari ' 7 795 dona' Yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) ' 14 968 dona.

20 Mar 12:54
 
5
0
xs.uz

OTB Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznes rivoji uchun 3,4 milliard dollari ajratadi

Unga koʻra, pul yurtimizda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish dasturi doirasida ajratilib, 2025-yil soʻngiga qadar 400 million dollar miqdorida moliyalashtirish koʻzda tutilgan.Xalqaro moliya institutining ustuvor yoʻnalishlari 'yashil' loyihalar va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish boʻladi. Shuningdek, bank kichik va oʻrta biznesni xalqaro savdo zanjirlariga integratsiyalashuviga alohida eʼtibor qaratiladi.Taʼkidlash joiz, strategiyaning rasmiy taqdimoti 2025-yil aprel oyida

20 Mar 12:54
 
9
0
xs.uz

Markaziy bank asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, 14 foiz darajasida belgiladi

Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 20-martdagi yigʻilishida asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, yillik 14 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqida Markaziy bankning rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.Taʼkidlanishicha, bu qaror 'inflyatsion bosimlarning yuqori saqlanib qolishi, talabning barqaror oʻsib borishi va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi fonida' qabul qilingan.Ushbu qaror kelgusi oylarda kutilayotgan inflyatsion xatarlarni inobatga olib, inflyatsion

20 Mar 12:54
 
6
0
xs.uz

Barcha xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan qiymati arzonladi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 20-mart kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 9,17 soʻmga tushib, 12 926,51 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 72,09 soʻmga pasayib, 14 092,48 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 2,80 soʻmga tushdi va 156,00 soʻmni tashkil qildi.