calendar 15 Jul 12:03
eye 44
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkentda 1,6 mlrd soʻmni talon-toroj qilgan boshqaruv servis kompaniyasi aniqlandi

image
Toshkent shahri Uchtepa tumanida boshqaruv servis kompaniyasidagi talon-torojlik fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Uchtepa tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Tekshiruvda tumandagi 'K.Ch.' va 'B.' mahallalari aholisiga xizmat koʻrsatuvchi 'A.K.' MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi masʼul shaxslari 2022-yildan 2024-yil iyulga qadar aholidan yigʻilgan jami 1,6 milliard soʻm mablagʻlar sarflangani haqidagi chek, schyot-faktura, yoʻl varaqasi, qayta hisob-kitob qilish va bajarilgan ishlar haqidagi dalolatnomalarni rasmiylashtirmagani, shuningdek, MCHJ hisob raqamiga kirim qilingan 604,4 million soʻmni naqd koʻrinishda olib, oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Aug 12:29
 
28
0
xs.uz

Andijonda 44 nafar amaldor jarimaga tortildi

Biznes ombudsman Andijon viloyatida 44 nafar amaldor jarimaga tortilganini maʼlum qildi.Qayd etilishicha, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni tomonidan tadbirkorlar murojaatlarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi tahlil qilinganda, ayrim amaldorlar tomonidan qonunbuzilish holatlari aniqlangan.Vazirlar Mahkamasining 434-son qaroriga asosan, chorvachilik mahsulotlari uchun subsidiya ajratish boʻyicha tuzilgan tuman komissiyasi tom

24 Aug 17:27
 
40
0
xs.uz

2024-yilning oʻtgan 7 oyida Oʻzbekistonda qancha elektr energiyasi ishlab chiqarilgani maʼlum qilindi

Energetika vazirligi tomonidan joriy yilning oʻtgan yetti oyida Oʻzbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish va yetkazib berish koʻrsatkichlari eʼlon qilindi.Ushbu davrda respublikamizda jami 47,8 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan boʻlib, bu oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 2,1 mlrd kVt/soat yoki 4,7 foiz koʻp demakdir.Shuningdek, respublika isteʼmolchilariga shu vaqt mobaynida 39,8 mlrd kVt/soat elektr energiyasi yetkazib berildi.Mazkur koʻrsatkich 2023-yiln

11 Aug 03:44
 
37
0
xs.uz

Dollar kursi koʻtarilishda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'24,04'soʻmga oshdi va'12 640,01'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'27,50'soʻmga koʻtarilib,'13 795,31'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'1,62'soʻmga pastlab,'146,96'soʻmni tashkil qildi.

11 Aug 03:44
 
32
0
xs.uz

Dollar kursi koʻtarildi, yevro esa tushdi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'21,12'soʻmga oshdi va'12 615,97'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'26,07'soʻmga tushib,'13 767,81'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,25'soʻmga koʻtarilib,'148,58'soʻmni tashkil qildi.