calendar 26 Aug 12:29
eye 73
comments 0
comments Manba: xs.uz

Andijonda 44 nafar amaldor jarimaga tortildi

image
Biznes ombudsman Andijon viloyatida 44 nafar amaldor jarimaga tortilganini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni tomonidan tadbirkorlar murojaatlarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi tahlil qilinganda, ayrim amaldorlar tomonidan qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Vazirlar Mahkamasining 434-son qaroriga asosan, chorvachilik mahsulotlari uchun subsidiya ajratish boʻyicha tuzilgan tuman komissiyasi tomonidan 5 ish kun ichida elektron platforma orqali xulosa berilishi shartligi belgilangan.

Biroq, viloyatning 9 nafar tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, 11 nafar tuman agroinspeksiya boʻlim boshliqlari, 16 nafar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlim boshliqlari va 8 nafar tuman moliya boʻlimi boshliqlari tomonidan tadbirkorlardan kelib tushgan murojaatlarga xulosa berishda muddat buzilishiga yoʻl qoʻyilgan.

Xususan, Asaka tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan 'Zumrad' (nomi oʻzgartirilgan) MCHJning 2023-yil 31-oktyabrdagi subsidiya ajratish haqidagi arizasi 2024-yil 19-yanvarda muddati oʻtkazib xulosa berilgan.

Andijon viloyatidagi 44 nafar mansabdor shu kabi qonunbuzilishi holatiga yoʻl qoʻygani oqibatida tadbirkorlarning murojaati oʻz vaqtida koʻrib chiqilmagan. Shu bois, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 43-moddasiga asosan, qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygan masʼul shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Feb 00:21
 
21
0
xs.uz

Tuproq unumdor bo‘lsa...

Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatimizda keyingi 150-yil davomida o'rtacha yillik harorat 1,6 darajaga (13,2html5-dom-document-internal-entity1-deg-endS dan 14,8html5-dom-document-internal-entity1-deg-endS gacha) yuqorilagan. Bu esa havoning harorati har yili o'rta hisobda 0,01html5-dom-document-internal-entity1-deg-endS ga oshib borayotganligini anglatadi. Yana boshqa bir manbaga ko'ra, 2030 ' 2050-yillar oralig'ida mintaqada havo harorati yana 1,5-3,0h

19 Feb 00:21
 
25
0
xs.uz

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket ikkinchi kun pastladi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 18-fevral kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 11,90 soʻmga tushib, 12 981,25 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 21,56 soʻmga pastlab, 13 597,86 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 1,70 soʻmga tushdi va 142,17 soʻmni tashkil qildi.

27 Jan 00:54
 
62
0
xs.uz

Bu yil uy-joy dasturlarini moliyalashtirishga byudjetdan 15,5 trillion soʻm ajratiladi

Uy-joy qurishda asosiy eʼtiborni eskirgan uylar oʻrnida renovatsiya asosida zamonaviy koʻp qavatli uylarni koʻpaytirishga qaratish zarurligi taʼkidlandi.Renovatsiya hisobiga yerdan foydalanish samaradorligi 4-5 karra oshadi, kommunikatsiya xarajati 2 karra kamayadi.Asosiysi, bu orqali shu hududdagi odamlarning dunyoqarashi oʻzgaradi, turmush tarzi tubdan yaxshilanadi, savdo-servis, ish oʻrni koʻpayib, iqtisodiyot rivojlanadi.Bu borada Jizzax, Margʻilon, Qoʻqon, Shahrisabz, Qarshi shaha

27 Jan 00:54
 
49
0
xs.uz

Markaziy bank asosiy stavkani oʻzgarishsiz qoldirdi

2025-yil 23-yanvarda Markaziy bank boshqaruvi yigʻilishida asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Ushbu qaror inflyatsion kutilmalar va iqtisodiyotdagi barqarorlikni taʼminlash uchun qabul qilingan.2024-yil oktyabridan boshlab umumiy inflyatsiya pasayish davriga oʻtgan boʻlib, dekabr oyida yillik 9,8 foizni tashkil etdi. Bu holat narxlar barqarorlashuvining mustahkamlanayotganligini koʻrsatadi.Shuningdek, 2024-yil yakunida isteʼmol sava