calendar 19 Feb 00:21
eye 64
comments 0
comments Manba: xs.uz

Tuproq unumdor bo‘lsa...

image
Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatimizda keyingi 150-yil davomida o'rtacha yillik harorat 1,6 darajaga (13,2html5-dom-document-internal-entity1-deg-endS dan 14,8html5-dom-document-internal-entity1-deg-endS gacha) yuqorilagan. Bu esa havoning harorati har yili o'rta hisobda 0,01html5-dom-document-internal-entity1-deg-endS ga oshib borayotganligini anglatadi. Yana boshqa bir manbaga ko'ra, 2030 ' 2050-yillar oralig'ida mintaqada havo harorati yana 1,5-3,0html5-dom-document-internal-entity1-deg-endS ga ko'tarilishi bashorat qilinmoqda. Bu global miqyosda kuzatilayotgan o'rtacha o'sish sur'atlaridan baland.

O'zbekiston iqlim o'zgarishiga juda tez beriluvchan, keskin kontinental mamlakatlar sirasiga kiradi. Dunyoda iqlim ana shunday global darajada o'zgarib boraversa, kelgusida respublikamiz sharoitida ham havo haroratining ko'tarilishi natijasida qor qoplamlarining qisqarishi, suvning bug'lanish koeffitsiyenti oshishi, yog'ingarchilikning notekis taqsimlanishi, yil davomida umuman yog'ingarchilik bo'lmagan kunlar soni ko'payishi kuzatiladi.

Tuproqda namlikning kamayishi, atmosfera havosida changlanishning ortishi, haroratning haddan tashqari isishi va sovishi kabi anomal holatlar sodir bo'ladi. Hududlarda suv resurslari taqchilligi seziladi. Qurg'oqchilik xavfi ortadi. Degradatsiya jarayonlari kuchayishiga, yashash va xo'jalik yuritish mumkin bo'lgan yerlar qisqarishiga, qishloq xo'jaligida yetishtirish uchun maqbul ekinlar tarkibining butunlay o'zgarishiga olib keladi. Qishloq xo'jaligi ekinlari hosildorlik ko'rsatkichlari tushib ketib, oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy xavf solishi mumkin.

Mamlakatimizda iqlim o'zgarishi salbiy oqibatlarining o'z vaqtida oldini olish hamda bartaraf etish uchun kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ular sirasiga ekinlarni sug'orishda obihayotdan samarali foydalanish maqsadida qishloq xo'jalik ekinlarini suvtejovchi texnologiyalar asosida sug'orishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda.

Bu birinchidan, moddiy va tabiiy manbalar taqchilligini yumshatsa, ikkinchi tomondan mahsulot yetishtirishda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga, mahsulot tannarxini pasaytirishga xizmat qiladi. Ishlab chiqarishda mahsulot miqdori va sifatini oshirish, tannarxni pasaytirishdagi bosh agrotexnologik omillardan biri esa tuproq unumdorligi hisoblanadi.

Ayni kunlarda mamlakatimizda qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirishda resurs tejovchi texnologiyalar keng joriy etilmoqda. Biroq, mazkur texnologiyalar aksariyat hollarda tuproq unumdorligi past bo'lgan maydonlarda qo'llanilayotgani ham hech kimga sir emas. Xuddi shunday holatdagi maydonlarda bunday texnologiyalar to'liq o'z samarasini bermaydi. Tuproq unumdorligi past bo'lishi hisobiga kutilayotgan samaradorlik 40-50 foizgacha kamayishi mumkin. Demak, tuproq unumdorligining past bo'lishi ishlab chiqarish xarajatlarini hamda mahsulot tannarxini oshirib, qo'shimcha sarf-xarajatlarni talab qiladi. Natijada resurs tejovchi texnologiyalar samaradorligi sezilmaydi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, agar tuproq unumdor bo'lsa namlik uzoq vaqt saqlanadi, o'simliklar parvarishida qator oralariga mexanik ishlov berishlar soni kamayadi. Yerda mikrorganizmlarning biologik faolligi jadallashib, tuproqning biologik va ekologik muhiti yaxshilanadi. Oziqa moddalarning o'simliklar tomonidan o'zlashtirilishi jarayoni kuchayadi. Pirovardida o'simliklar parvarishida qo'shimcha sarf-xarajatlar qilishga hojat qolmaydi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, tuproq unumdorligining yuqori bo'lishi resurs tejovchi texnologiyalar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bahodir ХOLIQOV,

Qishloq xo'jaligi vazirligiga qarashli Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish

agrotexnolоgiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri,

qishloq xo'jaligi fanlari doktori, professor.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:19
 
62
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 16 tuman jadal kompleks rivojlantiriladi

Unga koʻra, sanoat ishlab chiqarishi 7'8 foizga, xizmatlar hajmi 15'17 foizga, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi esa 4'5 foizga oshiriladi. Ishsizlik darajasi 4'5 foizga, kambagʻallik esa 5'6 foizga kamaytiriladi. Qoʻngʻirot, Asaka, Gʻallaorol, Denov tumanlari va Margʻilon shahri ishsizlik va kambagʻallikdan holi hududlarga aylantiriladi.Shu yilning 1-iyuliga qadar tumanlarning ishlab chiqilganiga 10-yildan oshgan bosh rejalarni 3 ta toifadagi (renovatsiya, rekonstruksiya va konservats

13 May 14:38
 
28
0
xs.uz

Dollar kursi pastlashda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'29,80 soʻmga'tushib,'12 880,35 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'125,30 soʻmga'pastlab,'14 535,47 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'3,10 soʻmga'tushdi va'156,68 soʻmni'tashkil qildi.

04 Apr 16:19
 
61
0
xs.uz

Dunyoning elektr skuter ishlab chiqaruvchi yetakchi “Yadea” kompaniyasi Toshkentda flagman doʻkonini ochdi

Jahonning mashhur ikki gʻildirakli transport vositalari ishlab chiqaruvchisi sanalgan 'Yadea' brendi endi Oʻzbekistonda ham faoliyat boshladi. Bu ayni brend uchun muhim qadam boʻlib, aholiga zamonaviy va ishonchli elektr skuter va elektron velosipedlarni taqdim etadi. 'Yadea' ushbu yoʻnalishda 8-yildan buyon ketma-ket dunyoda sotuvlar boʻyicha yuqori oʻrinlarni egallamoqda. Endilikda oʻzbek xaridorlari kompaniyaning innovatsion mahsulotlari bilan shaxsan tanishishi mumkin.Doʻkon Toshkent

04 Apr 16:19
 
69
0
xs.uz

Dollar kursi tushishda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'10,20'soʻmga'tushib,'12 915,00'soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'25,24'soʻmga'pastlab,'13'957,24'soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,97 soʻmga'oshdi va'153,55 soʻmni'tashkil qildi.