calendar 26 Jul 21:33
eye 151
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Andijonda 11-sinf o‘quvchisi kanalda oqib ketdi

image

Andijon viloyatida 11-sinf o‘quvchisi kanalda oqib ketdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, 24 iyul kuni soat 13:30 larda 2007 yilda tug‘ilgan  S. S. Marhamat tumani “Qovunchi” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Katta Farg‘ona kanaliga cho‘milishga borgan. U cho‘milayotgan vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida suvda oqib ketgan.

“Mazkur holat yuzasidan Marhamat tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Tergovga qadar tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi fermer xo‘jaligi yer maydonida joylashgan sun’iy suv havzasiga cho‘milish uchun tushgan uch nafar voyaga yetmagan bola ehtiyotsizliklari oqibatida cho‘kib, vafot etgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Oct 08:14
 
14
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Buxoro aeroporti qurilishiga oid taqdimot bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-oktyabr kuni Buxoro xalqaro aeroporti qurilishiga oid taqdimot bilan tanishdi.Mamlakatimizda aeroportlarni modernizatsiya qilish boʻyicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Shu yilning oʻzida Shahrisabz, Qoʻqon va Zomin aeroportlari ishga tushirildi, Namangan va Andijonda esa modernizatsiya boshlandi.Aeroportlar boshqaruviga xususiy sektor jalb qilinayotgani ham oʻz samarasini berayapti. Xususan, Samarqand xalqaro aeroporti xususiy boshqaruvga berilib, moderniza

24 Aug 17:26
 
28
0
xs.uz

Ozarbayjon Prezidenti Koʻksaroy qarorgohida tantanali kutib olindi

23-avgust kuni Ko'ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevni tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan maydonda Ozarbayjon Prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. O'zbekiston va Ozarbayjon davlat madhiyalari yangradi.Yetakchilar faxriy qorovul safi oldida

10 Oct 10:27
 
14
0
xs.uz

Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni roʻyxatga olish boshlandi

2025-2026-oʻquv yilida Amir Temur nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat taʼlim yoʻnalishi kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni roʻyxatga olish boshlandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali joriy

09 Oct 12:39
 
15
0
xs.uz

Davlat mehnat inspeksiyasiga kameral nazorat oʻtkazish vakolati beriladi

'Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi.Unga koʻra, sanoat kirib bormagan mahallalarda 2025-yil 1-dekabrga qadar 1 000 ta, 2026-yilda 2 000 ta qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda kichik ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi.'Ishga marhamat' monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlari negizida kasbiy koʻnikmalar markazlari ta