Davlat mehnat inspeksiyasiga kameral nazorat oʻtkazish vakolati beriladi
Unga koʻra, sanoat kirib bormagan mahallalarda 2025-yil 1-dekabrga qadar 1 000 ta, 2026-yilda 2 000 ta qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda kichik ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi.
'Ishga marhamat' monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlari negizida kasbiy koʻnikmalar markazlari tashkil etiladi hamda quyidagilar yoʻlga qoʻyiladi: 2025-yil 1-yanvardan ish beruvchilar talabiga moslashuvchan oʻqitish muddati va vaqtini nazarda tutuvchi tezkor kurslar; 2025-yil 1-martdan amaliy kasbiy koʻnikmalarni bevosita ish joyida shakllantirish imkonini beruvchi yangi tajribani joriy etish; 2026-yil 1-yanvargacha kasbiy koʻnikmalar markazlarini xalqaro baholash tashkilotlarining akkreditatsiyasidan oʻtkazish orqali ularning bitiruvchilariga xorijda tan olinadigan sertifikatlar (malaka pasportlari) berish; 2026-yil 1-iyulgacha xalqaro standartlar boʻyicha kasbiy malakani baholovchi markazi tashkil qilinadi va xorijiy davlatlarda tan olinadigan malaka sertifikati berish; Shuningdek, 2025-yil 1-martdan: - Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari mansabdor shaxslariga mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish, aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini bajarmaganligi uchun kameral nazorat oʻtkazish vakolati beriladi. - mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha tashkilotlarda mehnat huquqlari va mehnat muhofazasi taʼminlanganlik holati onlayn reyting asosida baholanadi.Prezidentning yangi qarori eʼlon qilindi
Toshkent viloyatida 417,1 mln soʻmlik gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahri, Zangiota tumani boʻlimlari va 'Zangiotatumangaz' xodimlari hamkorligida tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.Unda fuqarolar R.D. va A.Z. tumandagi 'Madaniyat' hamda 'Farobiy' MFY hududidagi binolarda tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 417,1 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.Shu kabi, Departamentning Sherobod tumani bo
Raqobat qoʻmitasi “Davr bank”ka nisbatan moliyaviy jarima qoʻlladi
Qayd etilishicha, Raqobat qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida, 'Davr bank' ATB tomonidan eʼlon qilingan tashqi reklamalarda 'Davr mobile' ilovasida 50 mln soʻmgacha onlayn mikrokredit' mazmunidagi reklama axboroti berilganligi aniqlangan. Bu reklamada mikroqarzning 43 foiz yillik ustamasi, oylik ish haqi talab etilishi kabi talablar koʻrsatib oʻtilmagan.Shuningdek, Toshkent shahridagi LED monitorli reklama obyektlarida 'Tadbirkorlar uchun 5 milliard soʻmgacha kredit, 24
Saylov jarayonlari boshlandi — Fotoreportaj
Toshkent shahri Sergeli tumanidagi tashkil etilgan 170-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari boshlandi. Ma'lumot uchun 170-saylov uchastkasida saylovchilar soni 1453 nafarni tashkil qiladi. 27 nafar saylovchi muddatdan oldin ovoz bergan.Foto: Sirojiddin Vohidov, Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi''
Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi
'Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish toʻgʻrisida'gi Hukumat Qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi muassisligida Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi: ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar asosida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun bazaviy, alohida lavozim yoki lavozimlar guruhi uchun kompetensiyalar modeli hamda indikatorlarini ishlab chiqish; davlat fuqarolik