calendar 09 Oct 12:39
eye 36
comments 0
comments Manba: xs.uz

Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi

image
'Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish toʻgʻrisida'gi Hukumat Qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi muassisligida Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi: ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar asosida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun bazaviy, alohida lavozim yoki lavozimlar guruhi uchun kompetensiyalar modeli hamda indikatorlarini ishlab chiqish; davlat fuqarolik xizmatchilarini shaxsiy-professional diagnostika qilish, kompetensiyalar modeli asosida kompleks baholash; kompetensiyalarni baholash jarayonida foydalanish uchun doimiy ravishda yangi uslublarni ishlab chiqish, oʻzlashtirish va joriy qilish; kompetensiyalarni baholash natijalari asosida rahbar kadrlar uchun shaxsiy-professional rivojlanish trayektoriyasini ishlab chiqish va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish; rahbarlik lavozimiga nomzodlarni umumiy kasbiy bilimi, qadriyatlari va aqliy salohiyatini aniqlash boʻyicha test sinovlarini hamda psixologik soʻrovnomalar oʻtkazish; rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini baholash va monitoring qilish, kadrlarga boʻlgan ehtiyojni prognoz qilish, ularni saralab olish va joy-joyiga qoʻyish jarayonlariga raqamli texnologiyalarini va zamonaviy usullarni keng joriy etish; faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha ekspert-tahliliy faoliyat, ilmiy tadqiqot va izlanishlarni olib borish.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
36
0
xs.uz

Buxorodan Qoʻqonga borishga endi bir soatu 20 daqiqa kifoya

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Endilikda buxoroliklar va koʻhna shaharga tashrif buyurgan xorijiy mehmonlarning Fargʻona vodiysiga, aniqrogʻi, qadimiy Qoʻqon shahriga borishlari uchun 1 soatu 20 daqiqa kifoya qiladi. 'Silk Avia' aviakompaniyasi 'Qoʻqon ' Buxoro ' Qoʻqon' yoʻnalishida dastlabki parvozni amalga oshirdi.'Buxoro' xalqaro aeroportida zamonaviy havo kemasida uchib kelgan vodiylik mehmonlar tantanali kutib olindi. Ular kun davomida qadimiy shaharning diqqatga sazovor joylarini t

11 Nov 03:17
 
12
0
xs.uz

Mukofot jamgʻarmasi 22 million soʻm boʻlgan bellashuv yakuniga yetdi

Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'. Poytaxtimizdagi 'Cyber Arena' binosida 5-7-noyabr kunlari oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida kibersportning 'Dota 2' yoʻnalishi boʻyicha 'Ziyo cup' turniri boʻlib oʻtdi.'ZIYO FORUM' Ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada poytaxtimiz hamda Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan jami 50 ta davlat va nodavlat oliy taʼlim dargohlarinin

18 Nov 04:58
 
4
0
xs.uz

Ayrim fuqarolar daromad solig‘idan ozod qilinadi

Qonunga ko'ra, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar bo'lgan davrda:

25 Sep 13:14
 
34
0
xs.uz

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga oid Hukumat Qarori qabul qilindi

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targʻibotning innovatsion usullaridan foydalaniladi. Bu toʻgʻrisida '2024-2025-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida'gi Hukumat Qarori qabul qilindi.Maʼlum boʻlishicha, quyidagilarni nazarda tutuvchi 2024-2025-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan. Bunda bir nechta ishlar amalga oshiriladi.Birinchidan, sh