Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga oid Hukumat Qarori qabul qilindi
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targʻibotning innovatsion usullaridan foydalaniladi. Bu toʻgʻrisida '2024-2025-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida'gi Hukumat Qarori qabul qilindi.
Maʼlum boʻlishicha, quyidagilarni nazarda tutuvchi 2024-2025-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan. Bunda bir nechta ishlar amalga oshiriladi.
Birinchidan, shaxs, davlat va jamiyatning oʻzaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish;
Ikkinchidan, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targʻibotning innovatsion usullarini joriy qilish;
Uchinchidan, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish;
Toʻrtinchidan, huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish.
Bundan tashqari, dasturda belgilangan chora-tadbirlar oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishi hamda natijasi boʻyicha maʼlumotlar har chorak yakunida Adliya vazirligiga taqdim etib borilishi uchun tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Avvalroq, Budapeshtdagi eng muhim kunda Oʻzbekiston Hindistonga qarshi saf tortishi haqida xabar berilgandi.
Qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyat tarkibidan chiqarildi
Jinoyat kodeksi 109-moddasi 1-qismi, yaʼni qasddan badanga yengil shikast yetkazish endi jinoyat tarkibini bermaydi. Ushbu oʻzgarishni tasdiqlovchi qonun hujjati OʻRQ-972-son bilan rasmiylashtirilib, Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini nazarda tutadi.Shu tariqa, kodekslarga sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yen
Tadbirkorga 500 ming dollarlik shartnoma tuzib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi
Ma'lum qilinishicha, departamentning Shayxontohur tumani bo'limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub'yektlari huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o'tkazilgan.Tadbirda 'S.S.' MChJ rahbari, muqaddam sudlangan N.Sh. tadbirkor U.I.ga tanishlari yordamida 'L.Y.' korxonasi bilan 500 ming dollarlik qurilish ishlarini bajarish yuzasidan shartnoma tuzib, buyurtma olib berishi evaziga shartnoma qiymatining 10 foizi miqdorida pul berishi kerakligini aytib, 50 ming dollar olga
Qoraqoʻrgʻonda sel oqiza olmaydigan koʻprik qurildi
Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Namangan viloyati Chust tumanining qoʻshni Qirgʻiz Respublikasi bilan chegaradosh Qoraqoʻrgʻon mahallasida 4,5 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Hududdan oʻtgan Koʻkseraksoy ustiga hashar yoʻli bilan qurilgan koʻprikni tez-tez sel olib ketishi jiddiy muammoga aylangan edi. Aholining tegishli idoralarga murojaati bilan masala yaqinda yechimini topdi ' koʻprik yangilandi. Yangilanibgina qolmay, har qanday selga bardosh bera oladigan qilib butunlay
Prezidentning Qirgʻizistonga amaliy tashrifi yakunlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga amaliy tashrifi yakunlandi.Bugun davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etib, koʻp qirrali hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.Sammit doirasida Oʻzbekiston Prezidenti Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv oʻtkazdi.Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ke