calendar 29 Oct 20:48
eye 29
comments 0
comments Manba: xs.uz

Raqobat qoʻmitasi “Davr bank”ka nisbatan moliyaviy jarima qoʻlladi

image
Qayd etilishicha, Raqobat qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida, 'Davr bank' ATB tomonidan eʼlon qilingan tashqi reklamalarda 'Davr mobile' ilovasida 50 mln soʻmgacha onlayn mikrokredit' mazmunidagi reklama axboroti berilganligi aniqlangan. Bu reklamada mikroqarzning 43 foiz yillik ustamasi, oylik ish haqi talab etilishi kabi talablar koʻrsatib oʻtilmagan.

Shuningdek, Toshkent shahridagi LED monitorli reklama obyektlarida 'Tadbirkorlar uchun 5 milliard soʻmgacha kredit, 24 foizdan' mazmunidagi reklamalar joylashtirilgan boʻlib, aslida foiz stavkasi ' 32,99 foizligi maʼlum boʻlgan. Bundan tashqari kredit boʻyicha qoʻshimcha shartlar va muhim maʼlumotlar tashqi reklamada koʻrsatilmagan.

Yuqoridagilarga koʻra, 'Reklama toʻgʻrisida'gi hamda 'Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida'gi Qonunlar talablari buzilish alomatlari yuzasidan 'Davr bank'ga nisbatan moliyaviy jarima qoʻllandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Nov 03:18
 
13
0
xs.uz

Qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyat tarkibidan chiqarildi

Jinoyat kodeksi 109-moddasi 1-qismi, yaʼni qasddan badanga yengil shikast yetkazish endi jinoyat tarkibini bermaydi. Ushbu oʻzgarishni tasdiqlovchi qonun hujjati OʻRQ-972-son bilan rasmiylashtirilib, Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini nazarda tutadi.Shu tariqa, kodekslarga sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yen

11 Nov 03:17
 
15
0
xs.uz

Kanallarda yiliga beshta viloyat bir yilda ishlatadigan suv yoʻqotilyapti

Noyabr-mart oylari kanallarni betonlash uchun eng qulay vaqtligi taʼkidlandi. Hali 18 ming kilometr magistral va 94 ming kilometr ichki kanallarni betonlash zarur.Kanallarda yiliga 13 milliard kub metr suv yoʻqotilayapti. Bu ' Andijon, Navoiy, Namangan, Samarqand va Sirdaryoning bir yil ishlatadigan suviga teng.Shu sababli kelgusi yilda betonlashga 800 milliard soʻm ajratilishi belgilandi.Masʼul idoralarga 66 ta magistral kanal loyihasi va ekspertizasini yakunlab, qurilish ishlarini tez furs

09 Oct 12:39
 
42
0
xs.uz

Tadbirkorga 500 ming dollarlik shartnoma tuzib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Ma'lum qilinishicha, departamentning Shayxontohur tumani bo'limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub'yektlari huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o'tkazilgan.Tadbirda 'S.S.' MChJ rahbari, muqaddam sudlangan N.Sh. tadbirkor U.I.ga tanishlari yordamida 'L.Y.' korxonasi bilan 500 ming dollarlik qurilish ishlarini bajarish yuzasidan shartnoma tuzib, buyurtma olib berishi evaziga shartnoma qiymatining 10 foizi miqdorida pul berishi kerakligini aytib, 50 ming dollar olga

29 Oct 20:48
 
27
0
xs.uz

Qoraqoʻrgʻonda sel oqiza olmaydigan koʻprik qurildi

Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Namangan viloyati Chust tumanining qoʻshni Qirgʻiz Respublikasi bilan chegaradosh Qoraqoʻrgʻon mahallasida 4,5 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Hududdan oʻtgan Koʻkseraksoy ustiga hashar yoʻli bilan qurilgan koʻprikni tez-tez sel olib ketishi jiddiy muammoga aylangan edi. Aholining tegishli idoralarga murojaati bilan masala yaqinda yechimini topdi ' koʻprik yangilandi. Yangilanibgina qolmay, har qanday selga bardosh bera oladigan qilib butunlay