calendar 14 May 18:06
eye 65
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Zelenskiy Blinkenga Xarkovni himoya qilish uchun nima kerakligini aytdi

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 14 may kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvda Xarkov va mintaqani himoya qilish uchun havo hujumidan mudofaa tizimlari, xususan Patriot zarurligini aytdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

Zelenskiy havo hujumidan mudofaa Ukraina uchun "eng katta kamomad va eng katta muammo" ekanini ta’kidladi.

"Hozirda bizga Xarkov va mintaqa uchun ikkita Patriot kerak, chunki u yerdagi odamlar hujum ostida va ular bundan juda xavotirda", deydi Zelenskiy.

O‘z navbatida, Blinken Ukraina “og‘ir kunlarni boshidan o‘tkazayotganini”, ammo AQSHdan ajratilgan yordam allaqachon yo‘lda ekanligini va tez orada yetkazilishini aytdi.

“Blinken Zelenskiyga yangi qurol paketi kelayotganini va undan ham ko‘proq yuborilishini, bu esa frontdagi vaziyatni o‘zgartirishini aytdi”, deb xabar berdi “Reuters”. 

Shuningdek, Davlat kotibi Qo‘shma Shtatlar Ukrainaning vaqt o‘tishi bilan "iqtisodiy, harbiy va demokratik jihatdan" mustaqil bo‘lishini istashini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 10 may kuni Rossiya harbiylarining Xarkov viloyati chegarasiga hujumi boshlangandi. Prezident Vladimir Zelenskiy G‘arbdagi hamkorlarini Ukraina himoyachilariga va’da qilingan qurollarni o‘z vaqtida yetkazib berishda qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga chaqirdi. AQSH Prezidenti Jo Bayden esa Kiyevga 400 million dollargacha harbiy yordam ajratish haqidagi farmonni imzoladi. Shuningdek, AQSH Davlat departamenti Ukrainaga uchta HIMARS qurilmasini zudlik bilan sotishga ruxsat berdi. Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi esa Ukrainaga urush boshlanganidan beri eng katta harbiy yordam paketini taqdim etishini e’lon qildi. Yordamning navbatdagi partiyasi to‘rt million o‘q-dori, 1600 dan ortiq zarba beruvchi va zenit-raketalar, shuningdek, 400 ta texnika, jumladan, 162 ta zirhli texnika va 78 ta yerusti texnikasidan iborat bo‘ladi.

12 may kuni Rossiya Xarkov viloyatidagi Gatishe, Krasnoye, Moroxovets va Oleynikovo qishloqlarini nazoratga olganini e’lon qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:55
 
80
0
xs.uz

Istanbul merini hibsga olinishi Turkiyada norozilik namoyishlari boshlanishiga sabab boʻldi

Imomoʻgʻli Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning eng kuchli raqibi va muxolifat Respublika xalq partiyasining mashhur siyosatchisi hisoblanadi. U Turkiya davlati tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan Kurdiston ishchi partiyasini qoʻllashda va korrupsiyada ayblanmoqda.Erdogʻan tanqidchilari bu ayblovlarni uydirma, deb baholamoqda. Imomoʻgʻlining hibsga olinishi esa muxolifatga siyosiy zarba sifatida qabul qilingan. Istanbul merining qoʻlga olinishi Turkiyadagi repres

20 Mar 12:50
 
62
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

12 Apr 21:15
 
37
0
xs.uz

Hindiston va Nepalda kuchli yogʻingarchilik hamda chaqmoq urishi oqibatida 100 dan ortiq odam halok boʻldi

Hindiston va Nepalning baʼzi hududlarida mavsumiy kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida 100 dan ortiq odam halok boʻldi. Bu haqida 'NBC News' nashri xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, 9-aprel, chorshanba kuni boshlangan kuchli yogʻingarchilik ayni vaqtda ham davom etmoqda. Rasmiylarning taʼkidlashicha, yogʻingarchilik oqibatida 100 nafardan ortiq inson halok boʻlgan.Tabiiy ofatlarni boshqarish departamenti Hindistonning 'Bihar' hududida soʻnggi ikki kun ichidagi yogʻingarchilik oqibatida ha

21 Apr 08:34
 
324
0
xs.uz

Isroilning Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida soʻnggi 48 soat ichida 92 nafar falastinlik halok boʻldi

Isroilning soʻnggi 48 soat ichida Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 92 kishi halok boʻldi, deb xabar bermoqda 'Al Jazeera' nashri.Kecha, 18-aprel kuni Isroil harbiy kuchlarining Gʻazo hududlariga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 58 nafar falastinlik halok boʻlgan, oʻnlab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Maʼlumotlarga koʻra, Isroilning Gʻazoni bombardimon qilishi tufayli halok boʻlayotgan falastinliklar soni kundan kunga ortib bo