calendar 14 May 18:58
eye 33
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mbappe kuchli futbolchi, lekin “Real”da Vinisius bor – Tebas

image

Ispaniya La Ligasi prezidenti Xaver Tebas PSJ va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening “Real”ga o‘tganini tasdiqladi. Bu haqda Tebas “Ole” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Mbappe keyingi yil, kelasi mavsum Madridda bo‘ladi, ha. U dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri, lekin “Real”da Vinisius va Bellingem bor, Madridda super jamoa vujudga keladi. Mbappening “Real”ga kelishi bu klubga chempionatda g‘oliblikni kafolatlamaydi”, deydi Xaver Tebas

Qayd etish joiz, Fransiya futbolchilar va murabbiylar uyushmasi talqiniga ko‘ra Liga 1 da mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Mbappe “Real” bilan 2029 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 25 yoshli futbolchi PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi bilan mojaroga borgani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
4
0
qalampir.uz

Parij-2024: Argentinalik futbolchining qimmatbaho narsalari o‘g‘irlandi

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Tiago Almadaning buyumlari futbol bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarining guruh bosqichining ochilish bosqichi oldidan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Argentina olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Maskerano “TyC Sports”ga bergan intervyusida aytdi. “Tiago Almadaning buyumlari o‘g‘irlangan, uzuklar va soatlar mashg‘ulotdan so‘ng yo‘qolgan, ammo biz bu haqda qayergadir murojaat qilishni istamadik”, deydi Maskerano

05 Jun 17:15
 
33
0
qalampir.uz

Simeone Gvardiolaning “ishongan tog‘i”ni olib kelmoqchi

“Atletiko Madrid” klubi bu yilgi transfer siyosatiga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Klub rahbariyati ushbu yozda “Manchester Siti” forvardi argentinalik Xulian Alvaresga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.  “Atletiko Madrid” garchi moliyaviy jihatdan “Manchester Siti” bilan raqobat qilolmasa ham, “matraschilar” bosh murabbiyi Diyego Simeone futbolchiga “Manchester Siti” jamoasidagi

29 Jun 10:03
 
81
0
qalampir.uz

Yevro-2024'ning favoritlari e’lon qilindi

Yevro-2024 guruh bosqichi natijalariga ko‘ra jamoalar reytingi tuzib chiqildi va Ispaniya terma jamoasi musobaqaning asosiy favoriti deb qayd etildi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi. Bu borada Germaniya 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Avstriya 3-o‘rinda qayd etildi.  Keyingi o‘rinlarda Fransiya, Portugaliya, Shveysariya, Gruziya, Turkiya, Angliya, Belgiya, Italiya, Niderlandiya, Daniya, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Ukraina, Xorvatiya, Albaniya, Vengriya, Chexi

19 Jul 16:16
 
30
0
qalampir.uz

Rossiyalik jangchi aeroportda sayyohni kaltakladi

Rossiyalik MMA jangchisi Aleksandr Larkin Vnukovo aeroportida sayyohni kaltakladi. Bu haqda “Mash” Telegram sahifasi xabar berdi. Manbaga ko‘ra, sportchi erkak sayyohga hujum qilgan. Sayyoh va uning oilasi sportchi va do‘stlariga VIP yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan golf mashinasiga chiqishga xalaqit bergan. Qayd etilishicha, dastlab tomonlar o‘rtasida og‘zaki nizo kelib chiqqan, biroq keyinchalik Larkin mushtlarini ishlatgan. Jangchi bilan birga aeroport xodim