calendar 26 Jul 20:17
eye 125
comments 0
comments Manba: xs.uz

27-iyul kuni Olimpiadada qatnashadigan oʻzbekistonlik sportchilar maʼlum (roʻyxat)

image
Ushbu bahslar telekanallarda soat 13:00 dan keyin efirga uzatila boshlaydi. Bu vaqtda Doston Roʻziyev va Halimajon Qurbonova dzyudo boʻyicha tatamiga chiqishadi.

13:15 dan boshlab Anna Prakaten ishtirokidagi akademik eshkak eshish boʻyicha musobaqalar boshlanadi. Anastasiya Zelinskaya esa 14:12 da suzish bahslarida kurashga qoʻshilishi, ayni shu sport turida qatnashayotgan yurtdoshimiz Ilya Sibirsev esa 14:45 da bahslarga kirishishi maʼlum boʻlgan.

Velosport sport turi boʻyicha 17:30 dan boshlab Olga Zabelinskayani koʻrishimiz mumkin boʻladi. Oʻzbek boksining yorqin vakilalaridan hisoblangan Nigina Oʻktamova esa kechki dasturlarda ringga koʻtariladi. Dastlabki maʼlumotlarga qaraganda 19:00 da misrlik Yomna Ayadga qarshi jang qiladi.

Birinchi turdagi magʻlubiyatdan soʻng har bir oʻyinni finalga aylantirishga vaʼda berayotgan Oʻzbekiston Olimpia terma jamoasi 20:00 da Misr bilan kuch sinashadi.

Kunni oʻzbek sport gimnastikasi ustalari yakunlab beradi. 23:00 dan boshlanadigan bahslarda Rasuljon Abdurahmonov, Xabibullo Ergashev va Abdullo Azimov ishtirok etishi rejalashtirilgan.

'Xalq soʻzi' sportchilarimizga muvaffaqiyat tilaydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

25 Sep 13:15
 
19
0
xs.uz

Shaxmat Olimpiadasi sovrindorlariga “BYD Chazor” beriladi. Ular yana qancha pul mukofoti oladi?

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan 45-butunjahon shaxmat Olimpiadasida bronza medallarni qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston erkaklar jamoasi aʼzolari 'Prezident sovgʻasi' sifatida 'BYD Chazor' rusumidagi avtomobillar hamda pul mukofoti bilan taqdirlanadi.Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olingan sportchilarimiz Olimpiadada munosib ishtirok etib, faxrli 3-oʻrinni egallashgandi. Kumush medallarga ega chiqqan AQSH Oʻzbekiston termasidan faqatgina qoʻshimcha

20 Sep 00:23
 
28
0
xs.uz

“Budapesht – 2024”: Isroil taslim etildi. Keyingi raqibimiz Ukraina

Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda. Amaldagi chempion Oʻzbekiston terma jamoasi ham turnirdagi navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi.6-tur doirasida Oʻzbekiston erkaklar jamoasi Isroil termasini qabul qildi. Shaxmatchi qizlarimiz esa Niderlandiya shaxmatchilariga qarshi dona surdi.Javohir Sindorov birinchi boʻlib, bitta yurishli katta xatoga yoʻl qoʻydi va bahsda magʻlubiyatga uchradi. Shunga qaramasdan, jamoamiz iroda koʻrsatib, dastlab, Nodirbek Yakubbo

09 Oct 12:40
 
9
0
xs.uz

Rasman: Bektemir Meliqoʻziyev navbatdagi jangi kimga va qachon oʻtishi aniq boʻldi

Oʻzbekistonlik mashhur bokschi Bektemir Meliqoʻziyev navbatdagi jangini 2-noyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi 'Theatre at Virgin Hotels' majmuasida oʻtkazadi.Ushbu jangda hamyurtimizga 'Golden Boy' promouterlik kompaniyasi hamrohlik qiladi. Bu haqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, ushbu oqshomda mazkur kompaniya bilan hamkorlik qiluvchi yagona oʻzbekistonlik bokschi ' Bektemir Meliqoʻziyevdir. Shu tariqa, Bektemirga amerik

25 Sep 13:15
 
22
0
xs.uz

Shaxmat olimpiadasi: Oʻzbekiston erkaklar jamoasi bronza medallarni qoʻlga kiritdi

Budapesht 2024 olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoalarining natijalari maʼlum qilindi.Unga koʻra, 189 ta jamoalar orasida Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi olimpiadani faxrli 3-oʻrin bilan yakunladi.Taxtalar kesimida: 1-taxtada Nodirbek Abdusattorov 2-oʻrin va kumush medalni, 4-taxtada Shamsiddin Vohidov 1-oʻrin va oltin medalni qoʻlga kiritdi.Qizlarimiz esa 170 ta jamoalar orasida 12-oʻrinni egalladi.Taxtalar kesimida: 5-taxtada Nodira Nodirjanova 2-oʻrin va kumush medalni qoʻlga k