calendar 09 Oct 12:40
eye 10
comments 0
comments Manba: xs.uz

Rasman: Bektemir Meliqoʻziyev navbatdagi jangi kimga va qachon oʻtishi aniq boʻldi

image
Oʻzbekistonlik mashhur bokschi Bektemir Meliqoʻziyev navbatdagi jangini 2-noyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi 'Theatre at Virgin Hotels' majmuasida oʻtkazadi.

Ushbu jangda hamyurtimizga 'Golden Boy' promouterlik kompaniyasi hamrohlik qiladi. Bu haqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu oqshomda mazkur kompaniya bilan hamkorlik qiluvchi yagona oʻzbekistonlik bokschi ' Bektemir Meliqoʻziyevdir. Shu tariqa, Bektemirga amerikalik Devid Stivens raqiblik qiladigan boʻlgan.

Qayd etilishichya, boks oqshomining markaziy jangi esa Floyd Skofild va Rene Telles oʻrtasida kechadi.

Maʼlumot uchun, ayni paytda Bektemir Meliqoʻziyev hamda uning boʻlajak raqibi Devid Stivensning hisobida 14 tadan gʻalaba va 1 tadan magʻlubiyat bor. Yaʼni, ularning statistikalari bir xil.

Avvalroq, Statistika agentligi chet el kapitali asosida ishlayotgan korxonalar sonini ochiqlagandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
10
0
xs.uz

Rasman: Bektemir Meliqoʻziyev navbatdagi jangi kimga va qachon oʻtishi aniq boʻldi

Oʻzbekistonlik mashhur bokschi Bektemir Meliqoʻziyev navbatdagi jangini 2-noyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi 'Theatre at Virgin Hotels' majmuasida oʻtkazadi.Ushbu jangda hamyurtimizga 'Golden Boy' promouterlik kompaniyasi hamrohlik qiladi. Bu haqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, ushbu oqshomda mazkur kompaniya bilan hamkorlik qiluvchi yagona oʻzbekistonlik bokschi ' Bektemir Meliqoʻziyevdir. Shu tariqa, Bektemirga amerik

25 Sep 13:15
 
22
0
xs.uz

Shaxmat olimpiadasi: Oʻzbekiston erkaklar jamoasi bronza medallarni qoʻlga kiritdi

Budapesht 2024 olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoalarining natijalari maʼlum qilindi.Unga koʻra, 189 ta jamoalar orasida Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi olimpiadani faxrli 3-oʻrin bilan yakunladi.Taxtalar kesimida: 1-taxtada Nodirbek Abdusattorov 2-oʻrin va kumush medalni, 4-taxtada Shamsiddin Vohidov 1-oʻrin va oltin medalni qoʻlga kiritdi.Qizlarimiz esa 170 ta jamoalar orasida 12-oʻrinni egalladi.Taxtalar kesimida: 5-taxtada Nodira Nodirjanova 2-oʻrin va kumush medalni qoʻlga k

25 Sep 13:15
 
24
0
xs.uz

“Barselona”da “aza”, Madridda bayram: YECHLsining birinchi turi yakunlandi (+toʻliq jadval)

Yevropa Chempionlar Ligasining 1-turidan oʻrin olgan soʻnggi oʻyinlar boʻlib oʻtdi. Yangi formatda boʻlib oʻtayotgan YChLning dastlabki oʻyinlari juda qiziqarli kechdi.Turnirning eng sensatsion natijasi 'Barselona' bilan sodir boʻldi. Kataloniyaliklar safarda 'Monako' mehmoni boʻldi. Uchrashuvning 10-daqiqasida Erik Garsiyaning qizil olishi oʻyinni tubdan oʻzgartirib yubordi.Bir kishi kam boʻlib qolgan 'Barselona' 16-daqiqada Akliushning super yurishidan soʻng hisobda orqada qola b

20 Sep 00:23
 
27
0
xs.uz

“Budapeshtdan gapiramiz”: Bugun Oʻzbekiston Isroil va Niderlandiyaga qarshi jang qiladi

Vengriya poytaxti Budapeshtda 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi boʻlib oʻtmoqda. 6-turda erkaklar terma jamoamiz Isroil terma jamoasiga qarshi maydonga tushsa, ayollar terma jamoamiz esa Niderlandiyaga qarshi bahs yuritadi.Qayd etish kerakki, 5-tur doirasida yigitlarimiz Moldova, qizlarimiz esa Gruziya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishdi. Erkaklar terma jamoamiz 3,5 : 0,5 hisobida gʻalaba qozonishdi. Qizlarimiz esa musobaqada ikkinchi raqam ostida saralangan juda kuchli terma jamoa Gruz