“Barselona”da “aza”, Madridda bayram: YECHLsining birinchi turi yakunlandi (+toʻliq jadval)

Turnirning eng sensatsion natijasi 'Barselona' bilan sodir boʻldi. Kataloniyaliklar safarda 'Monako' mehmoni boʻldi. Uchrashuvning 10-daqiqasida Erik Garsiyaning qizil olishi oʻyinni tubdan oʻzgartirib yubordi.
Bir kishi kam boʻlib qolgan 'Barselona' 16-daqiqada Akliushning super yurishidan soʻng hisobda orqada qola boshladi. 28-daqiqada esa Lamin Yamal ajoyib zarba bilan hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi boʻlimda 'Monako' ikkinchi golni urishga muvaffaq boʻldi. 71-daqiqada Ilenikena oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻydi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishgʻol etilmadi va 'Monako' 2:1 hisobida gʻalabaga erishdi.
Angliyaning eng yaxshi klublaridan biri 'Arsenal' esa 'Atalanta'ga qarshi bahs olib bordi va 0:0 hisobida durang qayd etdi.
'Atletiko' 'Leypsig' ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Madridliklar safida Grizman va Ximenes gol muallifiga aylangan boʻlsa, nemis klubi tarkibida Sheshko yagona golni urdi.
YChL
1-tur
'Monako' ' 'Barselona' 2:1
Gollar: 1:0 ' 16 Akliush, 1:1 ' 28 Yamal, 2:1 ' 71 Ilenikena.
Chetlatish: Erik Garsiya (10).
'Atalanta' ' 'Arsenal' 0:0
Chetlatish: Ederson (12).
'Atletiko' ' 'Leypsig' 2:1
Gollar: 0:1 ' 4 Sheshko, 1:1 ' 28 Grizmann, 2:1 ' 90 Ximenes.
'Brest' ' 'Shturm' 2:1
Gollar: 1:0 ' 23 Manetti, 1:1 ' 45+1 Fernandesh (avtogol), 2:1 ' 56 Sima.
'Srvena Zvezda' ' 'Benfika' 1:2
Gollar: 0:1 ' 9 Aktyurkoglu, 0:2 ' 29 Kekchyu, 1:2 ' 86 Milson.
'Feyenoord' ' 'Bayer' 0:4
Gollar: 0:1 ' 5 Virs, 0:2 ' 30 Grimaldo, 0:3 ' 36 Virs, 0:4 ' 44 Vellenroyter (avtogol).
Safina Sa’dullayeva Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi
Hamyurtimiz musobaqada 1.86 metr natija qayd etishga erishdi. Shuningdek, bugun ishtirokini yakunlagan yurtdoshlarimizdan O'g'iloy Norboyeva yetti kurash dasturida 5461 ochko jamg'arib to'rtinchi, uzunlikka sakrash sektorida esa Anvar Anvarov 7.98 metr bilan beshinchi natijani qayd etdi.
Qilichbozlik: shpagachimiz bronza medali sohibi
Quvonarlisi, unda O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Vadim Anoxin bronza medalini qo'lga kiritdi.Hamyurtimiz saralash bosqichida Isroil, Gonkong, Italiya, Chexiya vakillarini mag'lubiyatga uchratdi. Biroq yarim finalda qozog'istonlik Ruslan Kurbanovga 14:15 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqani uchinchi o'rin bilan yakunladi.
Akbar Jo‘rayev mutlaq Osiyo chempioni!
Olimpiada chempioni va sovrindori Akbar Jo'rayev yana bir bor yuksak mahorat ko'rsatib, barcha yo'nalishda eng yaxshi ko'rsatkichlarni qayd etdi (183, 223 va 406 kg) va 3 ta oltin medalni qo'lga kiritdi. Ushbu dasturda Jo'rayevdan keyingi natijani ko'rsatgan boshqa bir vakilimiz Sharofiddin Amriddinov (181, 214 va 295 kg) esa 3 ta kumush medal bilan taqdirlandi.Ushbu natijadan keyin terma jamoamiz hisobidagi medallar 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronzaga yetib, umumjamoa hisobida uchinchi o'r
Javohir Sindarov Shvetsiyadagi nufuzli turnir chempioniga aylandi
Shvetsiyaning Malmyo shahrida oʻtkazilgan yirik xalqaro shaxmat turniri oʻz yakuniga yetdi. Aylana tizimida boʻlib oʻtgan mazkur musobaqada Oʻzbekiston sharafini grossmeyster Javohir Sindarov muvaffaqiyatli himoya qildi.Mamlakatimizning ikkinchi raqamli shaxmatchisi yetti nafar kuchli raqiblari bilan sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordi.Kecha boʻlib oʻtgan 7-tur bahsida Sindarov qora donalarda ukrainalik shaxmat afsonasi Vasiliy Ivanchukka qarshi bahs olib bordi va oʻyinni durang b