Javohir Sindarov Shvetsiyadagi nufuzli turnir chempioniga aylandi

Mamlakatimizning ikkinchi raqamli shaxmatchisi yetti nafar kuchli raqiblari bilan sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordi.
Kecha boʻlib oʻtgan 7-tur bahsida Sindarov qora donalarda ukrainalik shaxmat afsonasi Vasiliy Ivanchukka qarshi bahs olib bordi va oʻyinni durang bilan yakunladi.
Ushbu natija bilan Javohirning ochkolar soni 4,5 taga yetdi. Paralel tarzda, ikkinchi oʻrinda borayotgan turkiyalik Yagiz Erdogmus ham oʻz raqibi, niderlandiyalik Ervin LʼAmi bilan durang oʻynadi. Natijada, turnirda Javohir Sindarovni ochkolar boʻyicha quvib yetishga hech bir raqibda imkon qolmadi.
Shunday qilib, Javohir Sindarov Malmyoda oʻtayotgan nufuzli xalqaro turnirda chempionlikni qoʻlga kiritdi. Bu natija yosh grossmeysterimiz uchun navbatdagi muhim yutuq boʻlib, Oʻzbekiston shaxmat maktabining yuksak salohiyatini yana bir bor isbotladi.
“Universiada — 2025” g‘olib va sovrindorlari tantanali tarzda taqdirlandi
Mazkur tadbirda Hukumat vakillari, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, shuningdek, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo'mitalari rahbariyati, oliy ta'lim muassasalari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.Musobaqada g'alaba qozongan va sovrindor bo'lgan jamoalarga faxriy yorliq, medallar va esdalik sovg'alari topshirildi. Taqdirlash marosimida sportchilarning faolligi, ta'lim muassasalarining mehnati va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish borasida
“Sportchi — yurt himoyachisi” shiori ostida sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda
Xususan, 5-may kuni talaba-yigitlar o'rtasida badminton sport turi bo'yicha universitet birinchiligi o'tkazildi. Musobaqada 50 dan ortiq sportchilar g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Mazkur bellashuvlar kelajakda nufuzli sport musobaqalari uchun sportchilar zaxirasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.6-may kuni esa talaba-qizlar o'rtasida basketbol sport turi bo'yicha universitet birinchiligi musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda 60 dan ziyod sportchilar ishtirok etib, yuqori sport mahorat
“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
4 ta shart bo'yicha bahs olib borgan 9 ta fakultet jamoalari orasida quyidagi natijalar qayd etildi:1-o'rin ' Ingliz filologiyasi fakultetining 'Zulfikor' jamoasi;2-o'rin ' Tarjimonlik fakultetining 'To'maris nafasi' jamoasi;3-o'rin ' Ingliz tili 2-fakultetining 'Jasorat elchilari' jamoasi.Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo'yicha ham g'oliblar taqdirlandi:'Eng ijodkor jamoa' ' Rus filologiyasi fakultetining 'Qalqon' jamoasi;'Eng hamjihat jamoa' ' Ingliz tili 1-fakultetining 'Turon zamin qizl
Do‘smatov va Bibosinov Xabarovskda yana to‘qnash kelishlari mumkin
-54 kg. vazn toifasidagi holatga e'tibor qarating.Hasanboy Do'smatov ilk davrada tojikistonlik Hasan Salohiddinov bilan bellashadi. Bokschimiz ushbu raqib to'sig'idan o'tsa, unga ukasi Faryozbek Do'smatov raqiblik qilishi kerak. Ushbu juftlik g'olibi esa yarim finalda qozog'istonlik Saken Bibosinov bilan to'qnash kelishi mumkin.